Xitoy hukumati yosh bolalarga islomiy tarbiya berishni taqiqladi

1480
0

Xitoy hukumati yosh bolalarga islomiy tarbiya berishni taqiqladi

Islom va musulmonlarga qarshi uzoq yillardan beri ayovsiz kurashib kelayotgan Xitoy hukumati uygʻur musulmonlari hayotidan Islomni tamoman oʻchirib tashlash uchun olib borayotgan harakatidagi navbatdagi jirkanch qadamini tashladi.

Bunga qadar uygʻur musulmonlariga Ramazon oyida roʻza tutish, yosh bolalarni masjidga borishi, madrasalarda Qurʼon va Hadisdan saboq berish taqiqlagan boʻlsa, endilikda yosh bolalarga islomiy tarbiya berish taqiqlandi. 1 noyabrdan kuchga kiradigan yangi qonunda yosh bolalarni diniy marosimlarda ishtirok etishiga toʻsiq qoʻyildi.

Shu bilan bir qatorda ota-onalarga farzandlariga “ekstremistik eʼtiqodni singdirish” va “ularni ekstremistik kiyim-bosh kiyishga majburlash” taqiqlab qoʻyildi. Endilikda farzandini Islom dini buyruqlari asosida tarbiyalashga harakat qilgan ona yoki nomus sifatida saqlanishi vojib boʻlgan qizlarini hijoblanib yurishini istagan ota jinoiy javobgarlikka tortiladigan boʻldi. Mushrik hukumat “ekstremistik kiyim-bosh” deganda hijobni nazarda tutgani esa kundek ravshan.

Xitoy hukumati uygʻur musulmonlarini oʻz eʼtiqodlaridan qaytarish, diniy ibodatlardan toʻsish maqsadida ularga nisbatan zulmlarini dunyo hamjamiyati, xususan islomiy yurtlar rahbarlari sukuti ostida amalga oshirib kelmoqda. Musulmon yurtlar rahbarlari oʻz zimmalaridagi vojib vazifani unitib qoʻyganlari uchun ham Xitoy va dunyodagi boshqa koʻplab davlatlar Islom dini va musulmonlarga qarshi borishga jurʼat qilishmoqda.

Shunday ekan musulmonlar AQSh yoʻrigʻi boʻyicha harakatlanadigan dunyo hamjamiyati va uning koʻrsatmalaridan qilcha ham chetga chiqishga qodir boʻlmagan islomiy yurtlar hokimlaridan umid qilmay nafaqat musulmonlarni, balki butun insoniyatni kapitalistik tuzumning xorlik va iskanjasidan haqiqiy tinchlik va xotirjamlikka olib chiquvchi islomiy Xalifalik davlatini qayta barpo etish yoʻlida birlashmoqlari zarur. Faqat Xalifalik davlatigina nafaqat Sharqiy Turkistondagi balki barcha islomiy yurtlardagi musulmonlarning xavfsizligi va haq-huquqlari toʻla taʼminlay oladi. Faqat ana shundagina musulmonlar hech kimdan hayiqmagan holda butun olamlarni Yaratuvchisi boʻlgan Alloh Taoloning barcha buyruqlarini emin-erkin bajarish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.