Suriya masalasi boʻyicha yana bir uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi

810
0

Suriya masalasi boʻyicha yana bir uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Salkam bir asr muqaddam Shveytsariyaning Lozanna shahridagi “Beau-Rivage Palace” mehmonxonasida Xalifalik davlatini batamom yoʻq qilish uchun “Lozanna shartnomasi” imzolangan edi. Bugunga kelib yana xuddi oʻsha mexmonxonada Suriya masalasini hal qilish borasida kelishib olish uchun AQSh boshchiligida yigʻilish tashkil qilindi. Biroq Gʻarb davlatlari uchun oʻtgan Lozanna yigʻilishi muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, bugungi Lozanna yigʻilishidan esa hech qanday natija chiqmadi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Lozanna yigʻilishidan soʻng bayonot berib, yigʻilishda hech qanday bitim tuzilmaganligini, faqat yangi-yangi fikrlar oʻrtaga tashlanganligini maʼlum qildi. Kerriga koʻra, Suriya masalasida turli yondashuvlar oʻrtaga tashlangan va ayrim gʻoyalar ilgari surilgan boʻlsada, biroq mintaqadagi tanglikni yumshatish uchun aniq bir harakatlar ustida kelishuvga erishilmagan. Kerri dushanba kunidan boshlab yana kelgusi qadamlar talanishini ham taʼkidlab oʻtdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham mazkur uchrashuv haqida bayonot berib, yaqin kunlarda aloqalar yana davom etishini maʼlum qildi.

Ommaviy axborot vositalari ham AQSh, Rossiya,Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar, Iordaniya, Iroq, Misr davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari hamda BMTning maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirok etgan Lozanna uchrashuvida Suriya masalasi boʻyicha maʼlum bir qaror qabul qilinmaganligi haqida xabarlar tarqatishdi.

Xabarlarga koʻra, mazkur yigʻilishda otashkesimni joriy qilish va Halab shahriga insonparvarlik yordami yetkazib berish masalasi muhokama qilingan. Turkiya gumanitar yordam masalasida xalqaro konvoy tashkil qilishni taklif qilgan boʻlsada, biroq bu borada ham yakdil bir qaror qabul qilishga erishilmagan.

Lozanna uchrashuvidan biror natija chiqmagach, ertasi kuniyoq, Arab va Yevropa davlatlarining rasmiylari Suriya masalasiga yechim topish uchun Britaniya poytaxti Londonda yana qayta toʻplanishdi. Bu yigʻilishda Saudiya tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr, AQSh davlat kotibi Jon Kerri hamda Frantsiya, Germaniya, Italiya, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan mansabdor shaxslar ishtirok etdi. Biroq hali ham natijadan darak yoʻq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.