Yevropa Ittifoqi Rossiyani “strategik muammo” deb hisoblaydi

413
0

Yevropa diplomatiyasi rahbari Federiko Mogerini ma‘muriyati tomonidan tayyorlangan, YeI tashqi siyosatining o‘rtamuddatli istiqboliga oid strategiyasida, YeIning Rossiya bilan munosabatlari “strategik muammo” deb baholangan.

 “Hamkor ham, dushman ham emas, balki strategik muammo, bu fikrimcha eng yaxshi diplomatik iboradir”, — dedi Federiko Mogerini.

 Bundan tashqari, hujjat loyihasida, YeIning Rossiya bilan xalqaro maydondagi o‘zaro aloqasi   “cheklangan hamkorlik”,- deb ta‘riflangan.

 Mogerinining tan olishicha, Ittifoqning ayrim mamlakatlari bunday talqin qilish o‘ta keskin kayfiyatni bildiradi, deb hisoblaydi va ularni yumshatishni xohlashadi. Ammo, YeIning boshqa a‘zolari Rossiya “Ukrainadagi agressor davlat” sifatida baholashadi.

 Shu yilning 28-29 iyun kunlari YeIga a‘zo 28 davlat va hukumat rahbarlari mazkur loyihani muhokama etib, uni qabul qilishi kutilmoqda.

Turkiston:

Rossiya xalqaro siyosiy maydondan siqib chiqarilib borilayapti. U avval “katta sakkizlik” davlatlari safidan chiqarib yuborildi. Endi esa BMTning xavfsizlik qo‘mitasidan chiqarib yuborishmoqchi.

G‘arb davlatlari Rossiyadan qutulish vaqtida, olamiy sistemada keskin o‘zgarishlar bo‘lib ketish ehtimolini oldini olib qolishmoqchi. Chunki har safar xalqaro siyosatdagi o‘zgarishlar, katta olamiy silkinishlar ro‘y berishi bilan amalga oshgan. 1- jahon urushi, 2 – jahon urushi vaqtlarida shu kabi olamiy yetakchi davlatlar orasida o‘zgarishlar ro‘y bergan.

Bu safar ham, olamiy sistemada islohotlar kutilmoqda. Olamiy sistema izdan chiqib borayapti. Buni, ulardagi mafkuraviy chekinishlaridan anglash mumkin. Har qandan (mabda) sistema, o‘zining asoslari (aqida va mafkura) dan chetlab, ularni olamni boshqarishdagi asos qilishdan bosh tortayotganida, ular yemirila boshlagan bo‘lishadi. Demokratiya, Kapitalizm sistemasining asosi bo‘lishga rozi bo‘ldi. Lekin insonlarning erkinliklarini muqaddas deb bilgan demokratiya mafkurasi, moddiy manfaatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan kapitalistik sistema bilan qorishib ketti. Natijada, inson huquqlarini himoya qilish va moddiy manfaatlarni qo‘lga kiritish uchun xizmat qiladigan bir qurolga aylanib qoldi.

Saddam Husaynni, Muammar Kazzofiyni, Miloshevichni, yana o‘nlagan davlat yetakchilarini o‘ldirishdi. Yana shunchasi hali o‘ldirilgani yo‘q, lekin ular ham insonlar ustilarida zulm qilib turishipti. Asad singari, yuz minlagan odamlarni o‘ldirilishiga sabab bo‘lib turganlari ham bor. Inson huquqlari esa, AQShning manfaatlaridan kelib chiqib ish olib borayapti. Suriyadagi inson dosh bera olmaydigan darajadagi bolalar o‘ldirilishi, butun dunyo hamjamiyatining nazaridan chetda qolib borayapti. Ular, Qirg‘izistonda (gey) lut qovmini ishini qilib borayotgan iflos qatlamni insoniy erkinliklarini himoya qilish bilan ovora.

Islomiy mabda musulmonlar qalbini egallay boshlagani bois kufr olamiy sistemasi birlashib, musulmonlarga qarshi bir front bo‘ylab ish olib borishadi. Lekin ikkinchi frontlarida, bir birlariga qarshi moddiy manfaatlar talashish asosida ish olib borishadi. Shuning uchun ular Suriyadagi zulmlarga ko‘z yumib, Rossiya rejimini qulatish uchun butun kuch quvvatini ishga soladi. Bu ikki frontdagi ish bo‘lib, birinchi frontda kufr olami musulmonlarga qarshi bir tomonlama ish olib borishayapti. Bu zulmlarga qarshi ulardan yordam kutish axmoqlik. Chunki, zolimlar ularning o‘zlari.

Ikkinchi frontta esa, Rossiya xalqaro siyosatdan chetlatilinayapti. Yaqin kelajakda uning veto huquqi tortib olinadi. Kufr olami bu ishni asta sekinlik bilan amalga oshirmoqchi. Ya‘ni, Rossiyani yetakchi olamiy mamlakatlar safidan surib chiqarib, o‘rniga bir necha AQShparast davlatlarni olib kirmoqchi. Bu o‘ta xavfli vaziyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda bu kabi sistema o‘zgarishlari, boshqa bir sistema suqilib kirishi va eskisini maydondan surib chiqarishi bilan amalga oshar edi. Shuni oldini olish maqsadida, Rossiya bir necha o‘n yillar mobaynida avval iqtisodiy holdan toydirildi. Endi unga siyosiy bosimlar berilayapti. Ular Rossiyani asta sekin o‘ldirishmoqchi. Chunki u o‘limi oldidan barcha olamiy qonun qoidalarni buzib yuborishi mumkin. Shunda boshqa davlatlar ham undan o‘rnak olib, hammasi o‘z manfaatlari uchun tartibsiz harakatlar boshlab yuborishadi. Shu harakatlar, olamiy kufr sistemasining parchalanishi bo‘ladi. Insha Olloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.