Rossiya Halabda ogʻir artelleriyasini ishga solmoqchi

1027
0

Rossiya Halabda ogʻir artelleriyasini ishga solmoqchi

Rossiya armiyasining zaxiradagi General-leytenanti Yuriy Kovalenko yangi harbiy texnikaning afzalliklari xususida soʻzlab berdi. Unga koʻra, zamonaviy ogʻir oʻq otish moslamasini yaqin kunlarda Suriya armiyasi tarafidan Halab janglarida qoʻllaniladi.

Suriya armiyasi yangi rus oʻq otar texnikasini tahsinga sazovor deb bildirgan va bu TOS-1A rusumidagi qurol muvaffaqiyati uchun ibodat qilishgan. Bu haqida Mudofaa vazirligidagi harbiy- zirxli texnikalar boshqarmasi rahbarining muovini, zaxiradagi general-leytenant (GABTU) Yuriy Kovalenko maʼlum qildi.

“TOS-1A ogʻir oʻq otar sistemasi tarkibiga kiradi. 24 raketa 12 sekundda oʻq otishga qodir va bir vaqtning oʻzida bu hujum 40 ming kvadrat metrni qamrab oladi”, “Bunday portlashdan soʻng biror jonzot, hatto dala sichqoni ham tirik qolmaydi. Bunday texnikadan oʻtmishda Afgʻoniston qir- adirlarida foydalanganmiz. Ayniqsa togʻ sharoitida uning taʼsir kuchi ikki barobarga ortadi. Suriya askarlarining xursandchiligi cheksiz. Ular uning ustida ibodat qilishmoqda”, dedi u.

Kovalenkoning gaplariga koʻra, TOS-1A quroli tajribadan oʻtib, muvaffaqiyat qozongandan soʻng, Suriya va boshqa Sharq mamlakatlari ham ushbu kuchli harbiy texnikaga egalik qilish ilinjida ekanliklarini bildirishib, RF murojaat qilishgan.

— Bugungi kunda bu bizning brendimiz, bizlarning rusumimiz. Bu narsa Omsk qurolsozlik korxonasi ishchilari vazifalarini aʼlo darajada bajarayotganliklariga, yana bir dalildir — deya qoʻshimcha qildi Yuriy Kovalenko.

Rejaga muvofiq Rossiyaning TOS-1A ogʻir oʻq otar sistemasidan Suriya armiyasi foydalanishadi. Shu jumladan Halab shahridagi janglarida ham aynan ushbu eng kuchli hisoblangan harbiy texnika ishga solinadi.

Turkiston:

AKSh tuzgan koalitsiya, Rossiya, Eron va Asad armiyasi birgalikda, Suriyada bir necha yuz minglagan musulmonni qirib yubordi. Lekin ular AQSh mulozimlarining taʼkidlashlaricha, Suriyada bir qadam ham ilgarila olmay, yaʼni muvaffaqqiyat qozonisha olmay, qoziq atrofida aylanayotgan hoʻkizdek, yana boshlangʻich nuqtalariga qaytib kelib qolishmoqda.

Shomdagi kufr olamining muammosi ulardagi harbiy kuvvatning zaifligida emas. Kufr olamining harbiy quvvati keragidan bir necha yuz barobar ortiqdir. Ularning muammolari mafkuraviy kurashdagi magʻlubiyatlariga borib taqaladi. Shom ahlining hammasini qirib yuborsa ham, kufr muvaffaqqiyat qozona olmaydi. Chunki Shomdagi kurashda kufr gʻalaba qozonishi uchun, avval musulmonlarni ruhan chekinishlariga erisha olishlari kerak. Jismonan emas! Yaʼni, musulmonlar oʻlimni chiroyli surʼatda kutib olish va undan keyingi hayotni bu oʻtkinchi hayotlaridan afzal deb bilish tushunchalaridan voz kechishmas ekan, kufr olami ularni hargiz yenga olmaydi! Bu gʻolib qiluvchi va yengilmas tushunchalar islomiy mafkuramizning asosi boʻlgan Aqidamizdan balqib chiqqan markaziy fikrlardan kelib chiqadi.

Shundan kelib chiqib ayta olamizki, yuqoridagi rus mulozimining gaplari va mulohazalari mantiqsiz va siyosiy chalgʻitish maqsadidagi populistik koʻrinishdan oʻzga manfaat keltirmaydi. Bu dunyoda faqat harbiy quvvatidan oʻzga hech qanday taʼsiri qolmagan Rossiyaning navbatdagi populistik, tahdid solishga urinayotgan va harbiy sohadan iqtisodiy manfaat koʻzlayotgan bayonotidan oʻzga narsa emas

Endi, Shomdagi qirgʻinlar, farzandlarimizning oʻlimlari, vayronagarchiliklar, xalqaro siyosatning makrga toʻla adolatsiz muomilalari va boshqa barcha adolatsizliklarga qarata muomala qanday boʻlishi kerak?! Muammoning barchasi mana shu sohada!

Shom hozirda biz undan najot kutib turadigan ahvolda emas! Aksincha, u butun olam musulmonlaridan najot kutmoqda! Unga qarshi Asad rejimi emas, AQSh boshchiligidagi butun boshli kufr olamiy koalitsiyasi urush olib boryapti! Yaʼni bu kufr koalitsiyasiga bizlar istiqomat qilib turgan mamlakatlar ham aʼzodir yoki hech boʻlmaganda hukumatlarimiz sukut saqlash bilan ularga rozilik bildirib kelmoqda. Ularning taʼsiri va tasarrufotlari ostidagi musulmon farzandlarimizdan iborat armiyalarimiz bor. Biz ularni harakatga keltirish va mavjud ommaviy qirgʻinlarga qarshi harbiy va siyosiy munosabatga undash ishlarini olib borishimiz vojib.

Xalqaro siyosatdagi yetakchi kufr davlatlari bir tomonda bir tan boʻlib, ish yuritib kelishayapti. Lekin biz musulmonlar Shom ahlidan oʻrnak olib, biz ham islomiy mafkura atrofida birlashishimiz lozim. Kofirlar dunyoning narigi bir chekkasida musulmonlarni qirib borayotgan boʻlsa, dunyoning bu chetidagi va umuman har tarafidagi musulmonlar nima qilishlari kerakligi va ularga qarshi qanday sharʼiy pozitsiyadan turib ish koʻrishlari vojibligini bilib, topib olishimiz vojib! Soʻng, “Shomda boʻlayotgan qirgʻinlarda mening ishtirokim, muomilam va harakatim Olloh talab qilganidek va u rozi boʻladigan tarzda borayaptimi”, deb har birimiz oʻzimizga savol berishimiz kerak! Butun dunyo musulmonlari shu pozitsiyani topib olishlari bilan, kufr magʻlub boʻladi! Chunki kichik bir Suriya mamlakatining bir toifasi shu pozitsiyani egallaganlari bois AQSh bosh boʻlgan butun kufr olamini boshini qotirib qoʻydi.

Musulmon birodarlar!

Nafaqat Shom, balki butun Islom olami, nafaqat musulmonlar, balki butun insoniyat bizlarning xaloskorlik harakatlarimizga muhtoj boʻlib qoldi! Olloh bizni faqat shu qoʻldan boy berib qoʻygan xalaskorlik vazifamizni davom ettirishimiz uchun yaratdi. Bu xuddi vrach bemorning maslahati va ixtiyorisiz uni davolashi kabidir. Bizlar ularni zulmatdan xalos qilish sari kelayotganimizni baʼzi musulmonlar va kufr ahli tushuna olishmaydi. Ular hatto Paygʻambarlar olib kelgan hidoyatga ham xuddi shunday muomala qilishgan. Lekin biz Paygʻambarimiz Muhammad (sav) erishgan va bizlarga sunnat va tariqat qilib qoldirib ketgan mabdaiy gʻalaba sari harakatlanishimizni davom ettirib boraverishimiz vojib. Buning uchun bizga ruslar aytayotganidek, ommaviy qirgʻin quroli kerak emas! Hamda uning zarari va toʻsqinchiligi ham yoʻq, insha Olloh! Biz bu ishda Ollohga va uning nusratiga suyanamiz! Bizlar shu nusratga loyiq boʻlishimiz bilanoq, Olloh uni joʻnatadi, deb iymon keltirganmiz!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.