Parlament saylovlarida ishtirok etishning sharʼiy hukmi

794
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Parlament saylovlarida ishtirok etishning sharʼiy hukmi

Saylovlar haqida shovqin-suronlar avjiga mindi, har xil fatvolar yuzaga chiqdi. Kimdir saylovni vojib desa, kimdir uni harom dedi, baʼzilar uni qoʻllab-quvvatlasa, baʼzilar unga qarshi chiqdi. Uni vojib deyuvchilar shariatdan uzoq boʻlgan fatvolarni berishdi. Odamlarni saylovga chorlash uchun oyat va hadislarni oʻz xohish-istaklari tomon majburan burishdi.

Biz bu fatvolar ustida toʻxtalmoqchi ham emasmiz, ularni tanqid ham qilmoqchi emasmiz. Biroq odamlarga haq botildan, halol haromdan va yaxshi yomondan ajrab maʼlum boʻlishi uchun qingʻir yoʻlni oldida toʻgʻri yoʻlni bayon qilib bermoqchimiz. Alloh Taolo aytadi:

وَأَنَّ هَذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيمًا فَاتَّبِعُوهُ وَلَا تَتَّبِعُوا السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَنْ سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

-“Albatta, mana shu Mening Toʻgʻri Yoʻlimdir. Bas, shu yoʻlga ergashinglar! (Boshqa) yoʻllarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yoʻlidan uzib qoʻyar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi”. [6:153]

Saylov haqidagi sharʼiy hukmni bilish uchun eng avvalo u bogʻlanadigan oʻrinni aniq bilib olish zarur boʻladi. Uning bogʻlanadigan oʻrni “qonun chiqaruvchi majlis” yoki “vakillar majlisi” aʼzolarini saylash va shu majlisning qiladigan ishlari hamda uning burch-salohiyatlaridir. Shundan keyin unga sharʼiy hukmni keltiriladi. Shunday qilib saylovlarga qatnashish va ovoz berishning sharʼiy hukmi maʼlum boʻladi.

Saylovlar vakillikdir. Vakillik shartnomasi toʻgʻri shartnoma boʻlishi uchun uning asoslari: taklif, qabul, vakolat beruvchi, vakil, vakolati berilgan ish va vakolat uslubi toʻliq boʻlishi zarur.

Parlament majlisi hozirgi konstitutsiyalarga muvofiq quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: qonun chiqarish, davlat rahbarini saylash yoki unga nomzod tayin qilish, hukumatga ishonch bildirish, bitimlarni, shartnomalarni va loyihalarni tasdiqlash, hukumatni nazorat qilish, uni hisob-kitob qilish va uning tashkilotlarini nazorat qilish.

Qonun chiqarish shunday ishki, musulmon odam ijobiy yo salbiy suratda ovoz berib yoki qonun chiqarib u bilan shugʻullanishi – garchi bu qonun sof islomiy shariatga muvofiq kelsa ham – aslo mumkin emas. Negaki qonun chiqarishning toʻgʻriligiga, uning kelib chiqish manbasiga shariatdan dalil boʻlishi lozim, yaʼni u islomiy aqidadan kelib chiqqan boʻlishi, uni vahiy olib kelgan boʻlishi lozim. Musulmon odam uchun avval boshdanoq qonun chiqarish mumkin emas. Bunga qoʻshimcha Alloh nozil qilgan shariatdan oʻzga shariatni, qonunni qabul qilishi uning uchun aslo mumkin emas. Xalq bunga rozi boʻladimi yoki rozi boʻlmaydimi buning hech ahamiyati yoʻq. Chunki qonun chiqarish yolgʻiz Allohning haqqidir. Qonun chiqarishda biror kishining Allohga sherik boʻlishga haqqi yoʻq. Zero Alloh shunday deydi:

إِنْ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ

– “Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir”. [12:40]

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

– “Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻyinsunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar”. [4:65]

وَلَا تَقُولُوا لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمْ الْكَذِبَ هَذَا حَلَالٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِتَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ

– “Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqish uchun (yaʼni Alloh buyurmagan hukmlarni Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolgʻonni gapirib: “Bu halol, bu harom” deyavermanglar! Chunki Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqiydigan kimsalar hech najot topmaslar”. [16:116]

Adiy ibn Hotam Paygʻambar alayhis-salom huzuriga kirgan paytda Paygʻambar (s.a.v):

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ

– “Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining donishmand va rohiblarini Parvardigor deb bildilar”. [9:31]

oyatini oʻqiyotgan edilar. Shunda Adiy ibn Xotam: “Ular roxiblarini Xudo qilib olmaganlar” dedi. Paygʻambar (s.a.v):“Ularga haromni halol qilib, halolni esa harom qilib berishmaganmi axir. Mana shu ularni (yaʼni rohiblarini) Xudo qilib olishlaridir” deb aytganlar.

Parlament majlislarining voqesi Gʻarb demokratiyasiga taqlid qilishdan iboratdir. Gʻarb demokratiyasi mutlaq hokimiyatni xalq uchun beradi. Yaʼni narsalar va ishlar ustidan yaxshi-yomon deb hukm qilish huquqini xalqqa beradi. Xalq nimani yomon desa oʻsha narsa yomon, xalq nimani yaxshi desa oʻsha narsa yaxshi. U xalqni biror kishi cheklamaydigan mutlaq oliy saltanat egasi qiladi. Demokratiya shunday boʻlgach, u Qurʼon va sunnatga ochiqdan-ochiq zid boʻlgani uchun kufr tuzumidir.

Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmaydigan ilmoniy (dinni davlatdan ajratadigan) hukumatga ishonch bildirish, davlat rahbarini saylash, loyihalarni, bitimlarni, shartnomalarni tasdiqlash musulmon uchun mumkin emas. Shuningdek kofirlarni mamlakatlar, xalqlar ustidan hukmron qilib qoʻyadigan shartnomalar u yoqda tursin, kufr qonunlari asosida tuzilgan shartnomalarni tasdiqlash musulmon uchun mumkin emas. Alloh Subhonahu va Taolo shunday deydi:

وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا

– “Va Alloh hargiz kofirlar uchun moʻminlar ustiga yoʻl bermagay”. [4:141]

Hukumatni va hokimlarni hisob-kitob qilish, nazorat qilish sharʼiy burch. Bu ish amri maʼruf va nahiy munkar jumlasidan boʻlib, barcha musulmonlarga vojib. Vakilga esa yanada vojibdir.

Shuning uchun parlament saylovlari nomzodligi uchun bir qancha sharʼiy shartlar bor. Nomzod koʻrsatish shu shartlarga bogʻliq. Bu oʻrinda mutlaq ruxsat yoʻq. Mazkur shartlar quyidagilar:

Nomzod Gʻarbning kapitalistik tuzumini va barcha kufr tuzumlarini tashlashni odamlarga ochiqcha eʼlon qilishi (bu borada niyat qilishi kifoya qilmaydi va oʻz maslagini yashirishi ham toʻgʻri boʻlmaydi).
Kufr tuzumlarini oʻzgartirish, uning oʻrniga Islomni barpo qilish uchun harakat qilishini eʼlon qilishi.
Oʻz programmasini Allohning Kitobidan va Rasulining sunnatidan olishi.
Parlamentni Islomga daʼvat qilish uchun minbar qilib olishini eʼlon qilishi.
Ilmoniy nomzodlar kufr tuzumlarini qoʻllayotganlari uchun ular bilan bir qatorda boʻlmasligi yoki ularga yordam bermasligi.
Nufuzli tomonga, hukmron doiraga yaqinlashishi va uning nomini nomzodlar roʻyxatiga kiritishi uchun ularga tilyogʻlamalik qilishi mumkin emas. Chunki bunday qilish zolimlarga moyil boʻlishdir. Alloh Taolo aytadi:
وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمْ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

– “Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas”. [11:113]

Uning ish programmasi nomzodligi koʻrsatilgan vaqt asnosida mazkur maʼnolarni odamlar ongiga singdirish boʻlishi.
Shunga binoan deputatlarning qilishi kerak boʻlgan koʻp ishlarini ularga harom deb bilamiz: Qurʼon va sunnatdan tashqaridan qonun chiqarish, Alloh nozil qilgan narsadan boshqa narsa bilan, yaʼni kufr bilan hukm qiladigan rahbarni saylash, Alloh nozil qilgan narsadan oʻzga narsa bilan, yaʼni kufr bilan hukm yuritadigan hukumatlarga ishonch bildirish, shariatga bogʻlanmagan, aksincha kufr tuzumlariga muvofiq tuzilgan va aksar hollarda kofirlarni musulmonlar ustidan xoʻjayin qilib qoʻyadigan bitimlarni, shartnomalarni tasdiqlash. Mana shu ishlarni bajarish uchun nomzodligini qoʻyayotgan har bir nomzod gunohkordir. Musulmonlarning ularga yordam berishi, ularni saylashi, agar ular gʻalaba qozonsa ularni tabriklashi mumkin emas.

Musulmon odam mazkur shartlarga bogʻlansagina oʻz nomzodini qoʻyib, saylovlarga qatnashishi mumkin. Deputat uchun faqat birgina ish sharʼan mumkin boʻlgan ishdir. U ish shariatga xilof ravishda chiqqan hukmni va uni chiqargan hukumatni hisob-kitob qilishdan, bunga qoʻshimcha ravishda parlament majlisini kufr asosidagi konstitutsiya va qonunlarni va tuzumni yemirish uchun axborot minbari qilib olishdan, odamlarga bunday hukumatni, hukmni va qonunlarni boʻlishining oʻzi yoʻqotilishi zarur boʻlgan munkar ish, balki munkarning boshi deb tushuntirishi, uning oʻrniga Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiladigan islomiy davlat – toʻgʻri yoʻldagi xalifalik davlatini barpo qilish zarurligini anglatishidan iboratdir.

Biror kishi parlamentni Islom daʼvatiga minbar qilib olish uchun parlament aʼzoligiga yetolmasa, hargiz afsuslanmasin. Negaki hamma joy Islomga daʼvat qilish uchun minbarlikka yaroqlidir. U faqat parlamentgagina cheklanib qolgan emas. Koʻp hollarda parlament aʼzoligiga yetib borish musulmonni sekin-asta mansabga qiziqtiradi va uni Islomga daʼvat qilishda sabr qilishdan va Allohga xolis boʻlishdan burib qoʻyadi.

Ey musulmonlar!

Hokimlar Alloh nozil qilgan narsadan oʻzga narsa bilan hukm qilishsa, ularni hisob-kitob qilishni va Paygʻambar alayhis-salom koʻrsatib bergan yoʻllari orqali, yaʼni fikriy-siyosiy kurash orqali ularni oʻzgartirishni Islom bizlarga farz qildi. Agar ularni oʻzgartirmasak holimiz yanada yomonlashadi va Alloh bizni bu dunyoyu u dunyoda azoblaydi. Bu holatlarni oʻzgartirish nodonlar, qoʻrqoqlar yoki adashtiruvchilar tasvirlashga urinayotgandek amri mahol ish emas. Islomiy ummat Allohga tavakkal qilsa, Uning vojib qilgan narsalarini barpo qilsa, ularni oʻzgartirishga albatta qodirdir. Noumidlik sizlarni kufr tuzumlari oldida sukut saqlashga hargiz undamasin. Faraziy kurashlar ularni oʻzgartirishdan, islomiy hayotni qayta boshlashdan, Islomni olamga risolat sifatida olib chiqishdan sizlarni hargiz burib qoʻymasin. Islomni olamga risolat sifatida olib chiqish inshaalloh musulmonlarni bitta bayroq ostida, bitta qoʻmondonlik ostida birlashtiradigan xalifalik davlati orqali amalga oshadi. U musulmonlar oʻlkalaridagi parchalanib ketgan davlatchalarga barham berib, bizlarni bu buzuq tuzumlarning zulmidan Islomning adolatiga olib chiqadi. Shunda Islomni tatbiq qiladigan, jihodni eng oliy amali qiladigan, Islomni barcha din, tuzumlar ustidan gʻolib qiladigan toʻgʻri yoʻldagi bitta davlatimiz xalifalik davlati boʻladi. Alloh Taolo aytadi:

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ بِنَصْرِ اللَّهِ يَنصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

– “Oʻsha kunda moʻminlar Alloh gʻolib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishini gʻolib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir. (Bu) Allohning vaʼdasidir. Alloh Oʻz vaʼdasiga xilof qilmas. Lekin koʻp odamlar bilmaslar”. [30:4-6]

Hizbut-Tahrir

23 safar 1424h

25 aprel 2003m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.