AQSh va Humayniy o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar

909
0

BBC axborot agentligi Eron Respublikasining asoschisi Oyatullo Humayniy Shoh Pahlaviyni qulatishidan oldin AQSh ma‘muriyati bilan maxfiy muzokaralar olib borganligi haqida yozib chiqdi.

BBC muxbiri Kambiz Fattohning xabariga ko‘ra, Humayniy 1979 yil 27 yanvar oyida Jimmi Karter ma‘muriyatiga maktub yo‘llab, “Eron harbiy rahbarlari sizni eshitadilar, Eron xalqi esa meni”, degan kelishuvni taklif qilgan.

Da‘vo qilinishicha, Humayniy Karterga Eron armiyasi yordamida iqtidorni qo‘lga kiritishiga yordam berishini taklif qilgan. O‘z navbatida Humayniy Eronni tinchlantirish, barqarorlikni tiklash va Eronda Amerika manfaatlari hamda fuqarolarini himoya qilish kerak bo‘lgan.

“Inqilobning bu davrida talabalar va olimlar harakatiga neftni qayta ishlash korxonalari ishchilarining ishtashlari qo‘shilib, neft aylanishi to‘xtab qolgan va G‘arb manfaatlariga zarar yeta boshlagan edi. Humayniyning Parijdagi surgundan Eronga qaytish uchun tezroq harakat qilishi ham shu davrga to‘g‘ri keladi. Oyatulloh Oq uyga birinchi maktubini yuborib, amerikaliklarga nisbatan hech qanday adovat bo‘lmasligini bildirdi. Biroq hujjatlarga ko‘ra, Humayniy AQShga birinchi maktubni 1979 yilda emas, 1963 yilda, ya‘ni Tehronda, uy qamog‘ida paytida Kennedi ma‘muriyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirib yo‘llagan edi. Humayniy birinchi maktubida ham Eronda AQShning manfaatlariga qarshi emasligini urg‘uladi. Hatto Humayniy Britaniya va SSSR ta‘siriga qarshi Eronda AQShning mavjudligi zarur deb hisoblashini bildirdi. 5 yanvar kuni Frantsiyada uni ziyorat qilish uchun kelgan amerikalikka Humayniy “Neft borasida tashvish bo‘lmasligi kerak. AQShga neft sotmasligimiz to‘g‘ri emas”, dedi va bu so‘zlarini Vashingtonda yetkazib qo‘yishini iltimos qildi. 15 yanvar kuni Humayniy Karter ma‘muriyati bilan ikki haftalik yashirin muzokaralar boshladi. 16 yanvar kuni Shoh mamlakatdan qochdi. 1 Fevral kuni Humayniy g‘olib inqilobchi rahbar sifatida Eronga qaytdi. Humayniy Eronni rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarga, xususan Amerika Qo‘shma Shtatlariga ehtiyoj borligini olg‘a surdi. U Amerikaliklarga “Siz xristiyansiz, Allohga iymon keltirasiz, ular (SSSR) ishonmaydi. sizlar bilan yaqin bo‘lish ruslardan ko‘ra osonroqdir”, deya murojaat yo‘lladi”, deyiladi jumladan VVS maqolasida.

Turkiston:

Xumayniy Eronda “inqilob”ni amalga oshirgach odamlar Islom bilan hukm yuritilishini kutgan edilar. Lekin Xumayniy “Islomiy respublika”ni e‘lon qildi va uning konstitutsiyasini ishlab chiqdi. Bu konstitutsiyaning hech bir moddasi Islom doirasida emas edi. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir Xumayniyga Islomdagi boshqaruv nizomi respublika emas, balki Xalifalik ekanini bayon qilish uchun shayx Ahmad Dour boshchiligida delegatsiya yubordi. Xumayniyga va Erondagi boshqa maxsus jihatlarga shoyad ta‘sir qilsa va Islomga zid bo‘lgan konstitutsiya moddalaridan chetlanilsa degan umidda shunday qilindi. Shuningdek, Shayx Dour boshchiligidagi Hizb delegatsiyasi Eronda Madoriy, Najafiy, Ko‘lbaykoniy, Ruhoniy, Javod Nohunor, (Xumayniyning o‘sha paytdagi o‘rinbosari) Muntaziriy va boshqalar kabi ko‘plab davlat rasmiylari bilan uchrashdi. Lekin ular Hizb ut-Tahrir delegatsiyasini ijobiy qabuo qilmadi. Aksincha tuzum respublika bo‘lib qolaverdi, konstitutsiya ham qanday bo‘lsa o‘shanday o‘zgarishsiz qolaverdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.