Oʻzbekiston va Xitoy Afgʻoniston masalasini muhokama qiladi

664
0

Oʻzbekiston va Xitoy Afgʻoniston masalasini muhokama qiladi

 2019 yil 8 aprel kuni Pekin shahrida Afgʻoniston masalasidagi navbatdagi Oʻzbekiston-Xitoy maslahatlashuvlari boʻlib oʻtadi.Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, tadbirda Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Den Siszyun ishtirok etadi.

 Avvalroq, 2019 yil 31 mart kuni prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afgʻonistonga tashrif buyurgani haqida xabar qilingan edi.

 Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻoniston respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani tomonidan qabul qilindi.

 Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afgʻonistondagi holat yuzasidan ham fikr almashildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.