DEMOKRATIYa kufrning quroli va u mo‘minga HAROM

390
0

بسم الله الرحمن الرحيم

 

DEMOKRATIYa kufrning quroli va u mo‘minga HAROM

 

Demokratiya, fikr erkinligi degan so‘zlar mo‘minlarni aldash uchun ishlatiladi xalos. Aslida ular kufrning bir nayrangi bo‘lib, o‘z foydalariga to‘g‘ri kelsa qo‘llashadi va ular bizni Islomdan chalg‘itish uchun “bezatilgan” qurol.

Demokratiya bo‘lmagan, ya‘ni insonlar erkin va insoniy huquqlari himoyalanmagan hukumat bilan aloqalarimizni to‘htatamiz deb jar solayotgan AQSh va Yevropa O‘zbekistondagi zolimliklarga ko‘z yumdi…

Rossiya esa Ukrainadan ajralgan xalqni himoya qilgan bo‘lsa, xuddi shunday ahvoldagi Suriya xalqiga bombalar yog‘dirdi….

Afrikadagi insonlarni tiriklayin yoqib yuborishlariga birorta davlat lom lum demayapti…

Rosululloh(s.a.v)ni xaqoratlagani uchun butun Islom olami oyoqqa turganda ham “demokratiya”, “so‘z ekinligi” degan shiorlar bilan u mal‘unni ximoya qilishgan. Ammo Islomning talabini aytgan bir mo‘minni jamiyatda shov-shuvga sabab bo‘ldi deb jinoyatchiga chiqarmoqda…

BMT, inson huquqlari tashkilotlari bular faqat kufrning foydasiga ishlaydi…

Ustoz Chubakhojini himoya qiladigan “demokratiya”, “fikr, so‘z erkinliklari” qani?  Chubakhoji Jalilov men demokratiya o‘lkada yashayapman va “fikr erkinligi” degan huquqimdan foydalanib… degan so‘zlar bilan gapini boshlamaganda uni qamoq bilan jazolasharmidi ?!

Mo‘min odam munkarni ko‘rsa, unga o‘z munosabatini bildirishi vojib:  Zotan, Rasululloh(s.a.v)  Abu Mas‘ud(r.a)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: “Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo‘liqqan paytda: “Ey falonchi, Allohdan qo‘rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas”, der edi. So‘ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o‘sha holatda ko‘rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga yeb-ichishdan, birga o‘tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba‘zilarining qalblarini ba‘zilari bilan urdi”. So‘ngra Rasululloh(s.a.v)  ushbu oyatni tilovat qildilar:

لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ  كَانُوا لاَ يَتَنَاهَوْنَ عَنْ مُنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ  تَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَنْ سَخِطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ  وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاءَ وَلَكِنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ فَاسِقُونَ 

„Bani Isroildan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iso binni Maryam tilida la‘natlangandir. Ularning la‘natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani – Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg‘ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni  do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir“.          [5:78-81]

So‘ngra shunday dedilar: “Yo‘q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo‘lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog‘lab qo‘yasizlar. Yoki albatta Alloh ba‘zilaringizni ba‘zilaringiz qalbi bilan uradi, so‘ngra ularni la‘natlaganidek, sizlarni ham la‘natlaydi”.

وهو : أن الحكم بغير ما أنزل الله قد يكون كفرا ينقل عن الملة ، وقد يكون معصية : كبيرة أو صغيرة …

الكتاب : شرح الطحاوية في العقيدة السلفية

إذا مات أو قتل على ردته فإنه لا يغسل ولا يصلى عليه ولا يدفن في مقابر المسلمين ، وإنما يدفن في مقابر الكفار ، أو يوارى في التراب في أي مكان غير مقابر المسلمين

الكتاب : كتاب التوحيد والمؤلف : صالح بن فوزان بن عبد الله الفوزان

Imom Tahoviy(r.) kabi olimlar Alloh Taolo nozil qilgan narsadan boshqa bilan hukm qilishni halol deb bilgan “musulmon” murtad bo‘ladi va tavba qilmasdan o‘lib ketsa yoki “murtadning jazosi” qo‘llanib, qatl qilinsa, unga janoza ham o‘qilmaydi, musulmonlarning qabristoniga ham ko‘milmaydi, balki kofirlar qabristoniga yoki bir chuqur kovlab, unga ko‘mib yuboriladi degan.

Xozirda murtaddan tavba talab qiladigan hokimiyat yo‘q, uni janozasini o‘qimaslik Islom buyrug‘i va bu haqiqatni ommaga yetkazish olimlarni vazifasi bo‘lsa, buni ustoz Chubakhojigina gapirishi, haqni ommaga oshkor qilishi el hurmatlagani uchun ogohlantirish bilan kifoyalanadigan jinoyat bo‘ldimi?! Endi olimlarimizni ham deputatlarga o‘xshab bizni aldashga majburlashmoqchimi?

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.