Deputatlar Salyanovaning qonun loyihasini tasdiqlashdi

437
0

 Jogorku Kenesh deputatlari Aida Salyanova (Ata Meken) tomonidan ishlab chiqilgan balog‘at yoshiga yetmaganlarga nikoh o‘qigan imomlarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlashdi.

 Ikki hafta avval ortga qaytarilgan qonun loyihasi Aida Salyanovaning so‘roviga binoan yana qayta ovozga qo‘yildi.9 iyun kuni bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida to‘rtinchi urinishdan so‘ng, 69 deputat qonun loyihasini ma‘qullab ovoz bergan bo‘lsa, 30 deputat qarshi bo‘ldi.

 Ikki hafta avval mazkur qonun loyihasi “ayrim kamchiliklar” sabab ortga qaytarilgan edi. Loyiha tashabbuschisi Salyanova “Jinoyat kodeksi”ga nikohga rozilik bergan ota-onalar, nikoh o‘qigan imom va turmush qurishga rozi bo‘lgan yoshlar, agar balog‘at yoshiga yetmagan bo‘lsa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari to‘g‘risida o‘zgartirish kiritish taklifi bilan chiqqan edi. Qirg‘iziston “Oila kodeksi”ga muvofiq nikoh yoshi 18 yosh qilib belgilab qo‘yilgan.

Turkiston:

Bu qonun muslima qizlarimizga zulm qilish asosidan kelib chiqqan kufr gumashtalarining loihasi asosida ishlab chiqildi. Deyarli  butun Qirg‘iziston musulmonlari qarshi chiqqanlarida ham, bu qonun deputatlar tomonidan qo‘llav topdi. Chunki qirg‘iz deputatlari G‘arb dunyoqarashini ta‘siri ostidagi demokrat kuchlarning bosimlaridan qo‘rqishayapti.

Bu qonun birinchi safar deputatlar tomonidan qo‘llov topmagan paytda butun nodavlat tashkilotlar sarosimaga tushib qolishganiga guvoh bo‘ldik. Ular “bunday bo‘lishi mumkin emas, bu qonun albatta parlamentdan o‘tishi shart” degan ma‘nodagi fikrlari bilan TV orqali ko‘p chiqishlar qilishdi.

Bu qonunga prizident qo‘l qo‘ygudek bo‘lsa, ya‘ni qonun kuchga kiradigan bo‘lsa, buzuqchilikka keng yo‘l ochiq bo‘yicha qolaveradi. Lekin Iymon bilan nikoh orqali bo‘ladigan aloqalarga cheklov qo‘yiladi.

Salomatlik vazirligining berayotgan statistik ma‘lumotiga tayanadigan bo‘lsak, 17 yoshgacha bo‘lgan qizlarning mingtadan 5 tasi benikoh tug‘yapti. Bu har yili 200 ta 13 dan 17 yoshga to‘lmagan qizlarimiz haromdan ko‘zi yoriyapti degani.

“Statistikaga ko‘ra, Qirg‘izistondagi abort orqali qorinlaridan bola oldirish bo‘yicha ham, 17 yoshga yetmagan qizlar 0.7 % ni tashkil qiladi. Bu taqriban bir yida 180 ta abort qilinishini bildiradi”, dedi sog‘likni saqlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis Aygul Boobekova.

Bu rasmiy statistik ma‘lumot. Lekin bizlarning mintalitetimizdan kelib chiqib, qo‘rqqanlaridan yoki nomus qilganlaridan, bundan bir necha barobar ko‘proq qizlarimiz chet ellarda abort qildirishadi yoki tug‘ib berib yuborishadi. Ba‘zilari rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan holda, yashirincha yoki uylarida abort qildirishadi. Bu holatlarni qo‘shadigan bo‘lsak raqamlar bir necha barobar ortib ketadi.

Salyanovani bu jirkanch maqsaddagi loihasini qo‘llayotgan deputat yoki shaxslar bilib qo‘yishsin, ular allaqachon balog‘atga yetib bo‘lgan qizlarimizni yo‘llarini to‘sishayapti. Ularning  o‘zlarining qizlari ko‘chalarda yurib nomahramlar bilan be‘malol nafslarini to‘yg‘azib olishadi. Lekin musulmonlarning muslima qizlarimizchi. Endi u bechoralarni halol kiyovga berib yuborish imkoniyatlarimizni ham to‘sib cheklab qo‘yishmoqchi. Maqsadlari, kechagi Bishkekda uyushtirgan yopishib raqsga tushish marosimlari singari o‘yinlar rivojlanishi uchun, buzuq hirsli odamlarni ko‘paytirishdir.

Muslima qizlarimiz insha Alloh sabrda mahkam turishadi. Lekin ularga bir necha yillar zulm qilishimizga to‘g‘ri keladi. Yo‘qsa endi organ hodimlari to‘ylar va tug‘uruqxonalar oldida poyloqchilik qilishadi. Bu qonun ular uchun tirikchilik manbalaridan yana biriga aylanadi. Ilgariroq, yana shu o‘spirim bolalarni qisib boradigan, 14 yoshdan boshlab jinoiy javobgarchilikka tortish haqidagi qonun ham Jogoru keneshdan o‘tib prizident stoliga olib kirib berilgan edi. Bu ikkala qonun ham, o‘spirin farzanlarimiz uchun juda katta zulmlar olib keladi. Ular orasida o‘z jonlariga qasd qilish kuchayadi.

Siyosiy tomonini oladigan bo‘lsak: qandaydik kuchlar bu qonunni prizident va uning komandasini obruysizlantirish uchun atayin shu holatga olib keldi. Hozir, bu qonunni qabul qilish bilan uning oqibatlariga javobgar shaxs prizident bo‘lib qoldi. Prizidentning musulmonlar bilan aloqalari uzoqlashib borayapti. Bu qonunning imzolashi bilan o‘rtada jarliklar paydo bo‘ladi. Kimdir shu loiha asosida o‘ta ayyorlik bilan prizidentni va uning atrofidagilarni saylov oldida qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Imzolamasa, G‘arb olami gumashtalari bosim berishadi yoki ular bilan aloqalari yomonlashadi.

Shuning uchun prizident muftiyotni o‘z qo‘liga olib, vaziyatga ta‘sir ko‘rsatishga harakat boshladi. Bu esa, diniy qatlam yetakchilarini ham saylov oldida bir necha bo‘laklarga bo‘linib ketishiga sabab bo‘ladi. Chunki jamiyatimiz juda shiddat bilan islomiylashib borayapti. prizident saylovida islomiy muhitning ta‘siri juda kuchli bo‘ladi. Siyosiy mafiyaviy bo‘laklar esa, hozirdan diniy ulamolar va jamoalarni o‘z tomonlariga torta boshlashayapti. Bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin ekanligi ularni hatto qiziqtirmaydi ham.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.