Danford: AQSh harbiylari Liviyaga kirishga tayyor

500
0

AQSh harbiylari har qanday vaqtda Liviyaga kirishi mumkin. Bu haqida AQSh bosh shtab boshqarmasining rahbari Jozef Danford Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSh senati harbiy hizmatlar qo‘mitasining yig‘ilishida ma‘lum qildi. Danfordning ta‘kidlashicha, Liviyadagi holat tobora keskinlashib bormoqda. Shu bois AQSh maxsus kuchlari vaziyat talab qilgan har qanday vaqtda Liviyaga kirishga tayyor turishipti.

“Vashington Post” gazetasiga intervyu bergan general Danford AQSh hukumatining milliy Liviya birlik hukumati bilan tinimsiz diplomatik aloqa olib borayotganligini  bildirdi. Danfordga ko‘ra, AQSh Liviyani IShID tahdididan qutqarish istagida shunday qilmoqda.

IShIDning Liviyada ham faoliyat olib borayotganligi haqidagi gap-so‘zlar ancha paytdan buyon davom etib keladi. Aslida esa neftga boy Liviyani qo‘ldan boy berishni istamagan AQSh va Yevropa ittifoqi davlatlari IShIDning mazkur mintaqada tobora kuchayib borayotganini bahona qilib, harbiy aralashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘tgan hafta Rimda tashkil qilingan “IShIDga qarshi kurash” sammitida ishtirok etgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri IShIDni soxta Xalifalik deb atab, Liviyaning milliardlab dollarga teng neftga boy davlat ekanligiga ishora qilib o‘tgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.