Xalqni vahimaga solishdan kimga foyda?

380
0

 Chuy viloyatida bo‘lgan uchrashuvlarning birida Qirg‘iziston maxsus xizmati xodimlaridan biri mahalliy aholini mamlakatda terrorchilik amaliyotlari sodir bo‘lish ehtimoli borligi, xususan Qantdagi Rossiya harbiy bazasi birinchi nishonga aylanishi mumkinligidan ogohlantirib o‘tdi.

 Bundan tashqari bir qator ekspertlarning fikricha, “Islomiy davlat” tashkilotining so‘ngi vaqtlarda Markaziy Osiyoga e‘tiborini kuchaytirib, safiga odam yollash va da‘vat usullarini o‘zgartira boshladi.

 Kuch organlari hisobicha, ayni vaqtda Chuy viloyatidan Suriyaga ketgan fuqarolar soni 60dan oshib ketdi. Ularning orasida oila, bola-chaqasini birga olib ketganlar bor.

 Chuy viloyati qozisi Maqsat Ukuyev shu munosabat bilan viloyatda radikalizmni oldini olish, tushintirish ishlari tinimsiz olib borilayotganini aytib o‘tdi.

 “Chuy viloyatida 370 imom bor. Barcha yerga ilmli imomlarni qo‘yganmiz. Ularning bilim darajasini oshirish uchun bir oylik, ikki haftalik qisqa muddatli kurslarni uyushtirib, ekstremizm- terrorizm oqibatlari haqida lektsiyalar o‘qib beryapmiz. Bundan tashqari da‘vatchilarimizni ham o‘qitib, bilim darajasini oshirib kelyapmiz”,- dedi Ukuyev.

 Maxsus xizmat xodimlari Chuyda mahalliy aholi bilan bo‘lgan uchrashuvlarning birida rasmiy Moskvani Suriyada olib borayotgan harbiy harakatlari sababli “IShID” tashkiloti Qantdagi Rossiya harbiy bazasiga hujum qilish ehtimoli borligidan ogohlantirib, odamlarni ogoh bo‘lishga chaqirdi.

 Xafsizlik masalalari bo‘yicha bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Abdurahmon Mamataliyevning fikricha, bunday tahdid mavjud ekanligi kuch organlariga ma‘lum.

 “Avvalroq ular (IShID) Afg‘oniston singari davlatlarga e‘tibor qaratishgan bo‘lsa, so‘ngi vaqtlarda KXShTga ko‘proq e‘tibor bera boshlashdi. Bundan tashqari mintaqadan borgan odamlarni bir-biriga qarshi qo‘yib, mafkurasini o‘zgartira boshlashdi. Suriyada “Islom davlati” tashkiloti Rossiyaning havo hujumlaridan talofat ko‘rib kelmoqda, shu sababli faqat bizda emas, Rossiyaning barcha yerdagi harbiy bazalariga, bevosita o‘ziga e‘tibori kuchayib bormoqda. Buni biz ham, Moskva ham biladi”,- dedi Mamataliyev.

Tahlilchi Iskandar O‘rmon o‘g‘lining fikricha, “Islom davlati” terrorchi tashkiloti har tarafdan qisuvga olinishi ortidan kirimi ham, odam resurslari ham ozaya boshladi. Shu sababli safiga odamlarni jalb qilish usullari o‘zgardi.

 “Bir tarafdan qattiq qisuvga olindi, hujumlar ko‘payib tarqalib keta boshladi. Ikkinchi tarafdan moliyaviy kirim yo‘llari berkilib qolmoqda. Shu sababli odam resurslari ham kamayib ketmoqda. Odam resurslarini to‘ldirish uchun shu vaqtga qadar qo‘llagana usullarini o‘zgartirib, kuchaytirib kelishmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mamlakatlari ham chetda qolmaydi”,- dedi Iskandar O‘rmon o‘g‘li.

Turkiston: 

Bu kabi fikriy yetaklash uslubi faqat shu maqsadni amalga oshirishni re‘jalashtirayotgan taraflar tomonidan ishlab chiqiladi. Ya‘ni ular fuqorolarni kutilayotgan qo‘poruv amaliyotlaridan ogohlantira boshlashadi. Maqsadlari, o‘zlari tomonidan tayorlanib borayotgan shu kabi amaliyotlarida boshqa tomonni ayblash uchun atayin matbuot hujumlarini kuchaytirishdir.

Bu AQShning, butun olamda olib boradigan matbuot hujum strotegiyasi bo‘lib, uni Qirg‘iziston ham qo‘llamoqchi yoki AQSh maxsus xizmatlarining ma‘lumotlariga tayanib vahimaga tushib borayapti. Xuddi shu kabi vahimalar ortidan, 1990 yillar Putinning komandasi Rossiyada bir qator qo‘poruv amaliyotlarini uyushtirishib, Rossiyada o‘z rejimini paydo qilib olishgan edi. Qirg‘iz yetakchi qatlami ham, xuddi Putin singari AQSh maslahat berayotgan bu iflos uslubdan foydalanishga harakat qilmokchi shekilli. Musulmonlarni nomidan bir qator qo‘poruv amaliyotlar uyushtirish orqali bir qancha qurbonlar berib, xalqni nafratini musulmon jamoalarga qarshi yo‘naltirmoqchi bo‘lishadi. 2015 yildagi, № 50 sizodan 9 nafar mahbusning qochishi bilan boshlangan amaliyot, 14 nafar insonning o‘limi bilan yakunlandi. Bu amaliyot Qirg‘iz kuch organ xodimlari tomonidan uyushtirilgani aniq bo‘lib qolganiga qaramay birorta inson jazoga tortilgani yo‘q.

Endi yana yangi va iflos amaliyotlarga tayorgarlik boshlanayotganga o‘xshaydi. Ogoh bo‘laylik, ular musulmonlarni nomidan yana ig‘vo va bo‘hton ishlarini uyushtirish uchun xalqni tayorlay boshlashdi. Balki AQSh Qirg‘iz yetakchi kuchlari bilan hamkorlik qilib, Rossiyaning Qantdagi aviobazasini chiqarib yuborish uchun bir harakat boshlayotgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin ular har bir harakat va maqsadlarini amalga oshirayotganida, faqat musulmonlarni nomidan iflos ishlar uyushtirishlari ularning odatlariga aylanib qoldi.

Ishonmasligimiz kerak! ular faqat bizlar ularning bu bo‘htonlariga ishonib bo‘lganimizdan qanoat hosil qiliganlaridan keyin ish boshlashadi. Majlislar, anjumanlar, matbuot tashviqot ishlari, bularning hammasi faqat bizlarni shu bo‘hton va ig‘vo fikrlarga ishontirish uchun olib borilayapti. Ishonganimizdan xotirjam bo‘lishganlaridan keyin, ular bizlarni portlata boshlashadi. (Turkiyadagi oxirgi qo‘poruv amaliyotlari singari) keyin yana bu ishlarni haqiqatdan ham musulmonlar qilganiga ishontirish maqsadida tashviqot ishlari davom ettiriladi. Unda kech bo‘ladi, ishonsak ham yoki “№50 sizo” voqe‘asi singari ishonmasak ham, hech narsa o‘zgarmaydi.

AQSh, balki Atambayevni Rossiya bilan o‘rtasi yomon bo‘lib turganidan foydalanib, xuddi “gansi”ni Manas ayeroportidan quviganidek, Qantdagi Rus aviobazasini ham chiqarib yubormoqchidir. Lekin uning bu maqsadi biz musulmonlarni qurbon berish va bir birimizga qarshi yo‘naltirish kabi iflos ishlarni ustimizda olib borish bilan ro‘yobga chiqishi to‘g‘ri emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.