Tamim Alloh va Ummatiga xiyonat qilmaganda edi anavi Tramp ham uni xor qilolmasdi

478
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tamim Alloh va Ummatiga xiyonat qilmaganda edi anavi Tramp ham uni xor qilolmasdi

Trampning qatarlik ruvaybizaga gapirgan soʻzlari takabburlik bilan toʻlib toshdi, unda na diplomatik etika boʻldi va na insoniy odob. Tramp Qatarning Tamim ibn Hamd oli soniydek amiriga bepisandlik qilib, uni siyosiy urf-odatga xilof ravishda hech yarashmagan shubhali yerda, AQSh Moliya vazirligida kutib oldi.

Qatar amerikalik askarlarga mezbonlik koʻrsatib, “Udayda” aeroportidan keng koʻlamda foydalanishlari uchun oʻz hisobidan ajratib bergani uchun Tramp Tamimga tashakkur bildirdi. Dushanba kuni oqshomda AQSh moliya vaziri Stiven Minuchin Qatar amiri sharafiga bergan ziyofat chogʻida Tramp “Sen buyuk ittifoqchisan. “Udayda” aeroporti va harbiy baza bilan sen bizga koʻrsatganchalik yordamni anchadan buyon hech kim koʻrmagan”, dedi. Keyin Tramp Tamimga qarata: “Tushunishimcha, shu vaqt mobaynida 8 milliard dollar sarmoya yotqizildi, alhamdu lillah, sarmoyaning aksari bizning molimiz emas, sizning molingiz. Aslida esa, sarmoyaning hammasi sizning molingiz boʻlgani juda yaxshi boʻlgan boʻlar edi”.

Mana, Tramp musulmonlarning hukmdorlariga qanchalar dimogʻdorlik bilan gapiryapti, ularni qanchalar xorlab, mol borasida provokatsiya qilyapti… Tramp ulardan “terrorizm”ga qarshi, degan niqob bilan Islomga qarshi kurashda foydalanyapti va bu shunday davom etaveradi. Negaki, musulmonlarning hukmdorlari na izzat-nafsni bilishadi, na hurmatni. Ularning eng asosiy tashvishi qulashga yaqin qolgan taxtlarini saqlab qolish uchun Trampga pora berishdir. Trampning bunday takabburligini sindirish va iflos siyosatini yanchib tashlash faqat bitta davlatning er kishilarining qoʻlida keladi. U ham boʻlsa, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatidir. Ertaga ushbu er kishilarimiz xuddi ulugʻ sahobiy Robiʼ ibn Omir fors qiroli Kisroning shavkatini sindirganidek, Trampning ham takabbur dimogʻini sindirib tashlaydilar.

Roya gazetasining 2019 yil 17 iyul chorshanba kungi 243-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.