Bremer: toifachilik asosida bo‘lib tashlash Iroq uchun zaruriy tanlov bo‘lgan

528
0
US top civil administrator in Iraq Paul Bremer speaks to reporters during his tour of Iraq's largest oil refinery in the northern town of Baiji, Iraq, Tuesday, Aug. 5 2003. (AP Photo/Stan Honda, Pool)

Iroq parlamenti o‘tgan shanba kuni Anbar viloyatini “halokat yoqasida”, deya hisoblash taklifini bir ovozdan qabul qilishi ortidan, Iroqqa xalqaro yordamlarning kirishiga ruxsat berdi. Bu yordamlar IShID tashkiloti changalidan ozod etilgan shaharlar infrastrukturasini qayta tiklashga qaratilgan.

Amerikaning Iroqdagi sobiq administratori Pol Bremer Iroqni toifachilik asosida bo‘lib tashlash zaruriy-majburiy tanlov bo‘lganini ta‘kidlar ekan, 2003 yildagi AQSh istilosi ortidan Iroq ko‘plab yutuqlarga guvoh bo‘lganini aytdi.

Bremer o‘tgan juma oqshomida al-Jaziraga bergan intervьyusida Iroqni toifachilik asosida bo‘lib tashlash afsusli hol bo‘lganini bildirib, biroq bu – ijtimoiy strukturani vayron qilib, hokimiyat markazlarida sunniylik asosidagi boshqaruvni o‘rnatgan – sobiq prezident Saddam Husayn rejimi qoldirgan asoratlar sababli zaruriy tanlov bo‘lganini ta‘kidladi.

U AQShning Iroqni bosib olishi ortidan hosil bo‘lgan natijani himoya qilar ekan, mamlakatning oltita saylov va referendumlarga guvoh bo‘lganini, to‘rt karra tinch yo‘l bilan hokimiyat almashishiga butun tarixi mobaynida birinchi marta duch kelganini va yangi konstitutsiya qabul qilinganini, ta‘kidladi.

Bremer demokratiya uzoq vaqt talab qilishini aytib, uni mustahkamlash yo‘lida Iroq xalqining qiyinchiliklarga yuz tutishi tabiiy ekanini ta‘kidladi.

Bremer Iroq armiyasini tarqatib yuborish qarori haqida gapirar ekan, bu 2003 yil 13 may kuni bo‘lib o‘tgan milliy xavfsizlik kengashi yig‘inida sobiq prezident Jorj Dabl-yu Bush tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshganini, Bush ayni qarorni bir muddatga kechiktirish mumkin, deb hisoblaganini aytdi.

Bremer bu gapni Amerikaning Iroqdagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzodning “al-Jaziraga” – Iroq armiyasining tarqatib yuborilishi Bag‘dod tomonidan bo‘lgan, bu masala Vashington tomonidan jiddiy muhokama qilinmagan, degan gapiga raddiya sifatida aytdi.

Boshqa jihatdan esa, Bremer Iroqdagi davlat muassasalarini himoya qilganini ta‘kidlar ekan, barcha vazirliklarning to‘la shaklda faoliyat qilganini aytib o‘tdi.

Ma‘lumki, Bremer 2003 yil 6 maydan 2004 yil 28 iyun oyi oralig‘ida Amerikaning Iroqdagi sobiq administratori vazifasida ishlagan. Iroqdagi ko‘plab qarorlar, shu jumladan, Baas partiyasini, armiya va boshqa muassasalarni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlar unga bog‘liq bo‘lgan. Bu esa yurtning qator zo‘ravonliklarga nishon bo‘lishiga, yuz minglab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan. (Al-Jazira net).

Roya gazetasi sharhi:

Bremer Amerikaning Iroqda olib borgan siyosati haqida go‘yo bu ishlar yuzlab yillar muqaddam bo‘lib o‘tgan hodisadek, haqiqati o‘chib ketgandek, gapirmoqda! U o‘zini hech qanday guvoh qolmagandek, tutyapti. Holbuki, Iroq voqei aniq his etiladigan darajada ayondir. Iroq voqei Amerikaning qilmishlarini, uning bu qilmishlaridan dov-daraxt va toshlar ham omon qolmaganini ko‘rsatib turibdi. Amerika Iroqda tayangan toifachilik siyosati Iroq ahli o‘rtasida – o‘zaro qirpichoq bo‘lishlari hamda Qo‘shma Shtatlar chizib bergandek, yurtda bo‘linish muhiti yuzaga kelishi uchun – fitna olovini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, Bremer “bu narsa zaruriy bo‘lgan” deya Amerikaning Iroqda tayangan toifachilik siyosatini himoya qilmoqda.

Keyin Bremer saylovlar va hokimiyatning tinch yo‘l bilan almashishi bilan bog‘liq yutuqlar to‘g‘risida gapirdi. Bularni qanday yutuq deb bo‘ladi? Axir “tinch yo‘l bilan” hokimiyat almashishi-yu barcha saylovlar Iroq ahliga zarracha to‘g‘ri boshqaruvni olib kelmagan, aksincha buning natijasida Amerika bosqinchiligiga bo‘lgan qaramlik yanada ortgan, uning yurt boyliklarini tashib ketishiga yordam bergan bo‘lsa? Shuningdek, bu “yutuqlar” shuncha qatli om, vayronagarchilikni keltirib chiqarib, millionlab insonlarning qochqinga aylanishiga hamda xavfsizlik, ichimlik suvi, elektr energiya kabi kundalik hayot elementlarining yetishmasligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-yu, buni qanday yutuq deb bo‘ladi?

Amerika rahbarlari butun dunyoga Iroqning ommaviy qirg‘in qurollariga ega bo‘lgani sababli bosib olganliklarini iddio qilishdi. Biroq ko‘p o‘tmay bu da‘volari yolg‘on ekani ma‘lum bo‘ldi. Ular Iroqda sodir etgan qator jinoyatlari borasida hamon yolg‘on gapirishda davom etmoqdalar. Ularning jinoyatlaridan Fors Ko‘rfazi hukmdorlari jinoyatlari ham kam emas. Chunki bu malaylar Amerika armiyasi uchun o‘z darvozalarini lang ochib berishdi. Amerikaning Iroqdagi siyosatini va boshqa qilmishlarini amalga oshirishiga yordam bergan Eron hukmdorlari ham jinoyatkorlikda ulardan qolishmaydi. Amerika Iroqda va boshqa yurtlarimizda shuncha terroristik amaliyotlarni sodir etib, yana uning rahbarlari terrorizm va unga qarshi urush haqida uyalmay gap sotishyapti!!!

Roya gazetasining 2016 yil 13 aprel chorshanba kungi 73-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.