Sudanni kim boshqarmoqda Evropami yoki Burhon?!

128
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudanni kim boshqarmoqda Evropami yoki Burhon?!

«Sudaniy» veb-saytida (hijriy 1443 yil 24 muharram, milodiy 2021 yil 1 sentyabr chorshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Evropa Ittifoqining Sudandagi elchisi Robert Van Den Dul matbuot konferentsiyasida Sudan suveren kengashi raisi bilan yurtdagi siyosiy va muhim voqealar haqida hamda bosh vazirning siyosiy tashabbusini davom ettirish to‘g‘risida suhbatlashganini bildirdi. Shuningdek, konstitutsiyaviy saylov komissiyasini tuzish bo‘yicha dialog o‘tkazishga bo‘lgan chaqiruvlar, konstitutsiyaviy hujjatning to‘liq bajarilishining ahamiyati hamda o‘tish davri qonunchilik kengashini tashkil qilish zarurati to‘g‘risida ham muhokama qilishgan.

Robertning ta’kidlashicha, Sudanning strategik joylashuvi mintaqa barqarorligining garovi bo‘lganini e’tiborga olgan holda, ular sharqiy chegaralardagi va Efiopiyadagi vaziyat, Janubiy Sudandagi voqealar, Afrika muguzi barqarorligi va Qizil dengiz xavfsizligi haqida suhbatlashishgan».

Roya:

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi radiosiga quyidagilarni izohladi:

«Agar Burhon hurmatli bir davlatning haqiqiy rahbari bo‘lganda edi, Sudanning davlatlararo ishlariga Evropa Ittifoqi elchisining yoki boshqasining burun suqishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lur edi. Biroq biz qo‘g‘irchoq ruvaybiza hukmdorlar zamonida yashayapmiz, kofir G‘arb ularning zimmasiga vazifalar yuklab, nima qilish kerak-nima qilish kerakmasligini ko‘rsatib bermoqda.

Hatto bu elchi shu darajada yuzsizlik qildiki, Burhonga falon-piston ishlarni qilishni buyurish bilangina kifoyalanmadi. Balki matbuot yig‘inida chiqib olib, butun ommaviy axborot vositalariga Burhon bilan Sudan davlatining ikir-chikir hamma ishlarini muhokama qilganini aytishdan ham uyalmadi! Shunchalik ham xorlik bo‘ladimi, biz shunchalik rasvo malay rejimlar zamonida yashayapmizmi?!».

Abu Xalil «Sudanning Evropa Ittifoqi davlatlaridan biridagi elchisi o‘sha davlatning kattami-kichikmi ichki ishlarining birortasiga aralashishga yoki ularni muhokama qilishga haqqi bormi?», deya savol tashlab, bunday dedi: «Buning javobi aniq, kundek ravshan: Sudan elchilaridan birortasiga o‘zi elchilik qilayotgan davlatning ichki ishlari haqida hatto gapirishga ham ruxsat berishmaydi. Xo‘sh, shunday ekan, bizning hukmdorlarimiz G‘arb davlatlari elchilariga hukumatning eng nozik ishlariga aralashishiga nega ruxsat berishyapti?! Bu xorlik, tobelik va pastkashlikdan boshqa narsa emasmi?!

Ey hukmdorlar!

Bizga etakchilik qilish va boshqarishga aslo haqli emassiz. Chunki biz insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatmiz, ma’rufga buyuramiz, munkardan qaytaramiz. Ya’ni kuch-qudratga ega Ummatmiz.

وَلِلَّهِ الْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَلَكِنَّ الْمُنَافِقِينَ لاَ يَعْلَمُونَ

«Kuch-qudrat Allohniki, Rosuliniki va mo‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaydilar» [Munafiqun 8]

Bir zamonlar Islomga asoslangan Xalifalik mavjud bo‘lgan paytda davlatimiz dunyoning birinchi davlati edi… Dunyoni ezgulik va adolatga etaklagan, nur va hidoyat ulashgan. Ammo bugun siz hukmdorlar zamoniga kelib, biz boshqa ummatlarga ergashadigan bo‘lib qoldik. Bizga maymun va to‘ng‘izlar, tog‘utga sig‘inuvchilar haqorat nazari bilan qaraydigan, qonlarimizni to‘kadigan, nomuslarimizni toptaydigan, yurtlarimizni bosib oladigan, muqaddas dargohlarimizni iflos qiladigan, Payg‘ambarimiz ni tahqirlaydigan bo‘lishdi. Siz hukmdorlar esa, bularga miq etmayapsiz, aksincha, xo‘jayinlaringizni olqishlab, bizni ularning diniga, halokatga etaklayapsiz».

Abu Xalil so‘zining nihoyasida Burhonga bunday xitob qildi: Siz kofir G‘arbni rozi qilish o‘rniga, Robbingizga tavba qiling, Uning rizosi uchun harakat qiling. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat berish bilan o‘tgan gunohlaringizni yuving. Ana shunda zafar quchganlardan bo‘lasiz va nomingiz Sa’d ibn Muozning nomi bilan birga bitiladi. Vafot etganda Rahmonning arshi larzaga kelgan ushbu ulug‘ sahobiy Sa’d ibn Muoz Islomga nusrat bergan va uning nusrat berishi sababli Madinada ilk Islom davlati barpo bo‘lgan. Bugun ham Islom nusratga muhtoj. Unga nusrat berilsa, Alloh Subhanahu va Taoloning va’dasi va Rosulimiz ning bashoratlari ro‘yobga chiqajak.

Roya gazetasining 2021 yil 8 sentyabr chorshanba kungi 355-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.