Rossiyada Hizb ut-Tahrir a‘zolari ustidan chiqarilgan hukmlar terrorchilikda nohaq ayblash orqali musulmonlarni repressiya qilishdir

410
0

Sankt-Peterburg sudi ikki musulmon ustidan Hizb ut-Tahrirga a‘zolik ayblovi bilan hukm o‘qidi. 2016 yil 31 mart kuni Moskva viloyat harbiy sudi yakuniy sud majlisida 1980 yilda tug‘ilgan Roman Ivanovni Rossiya Federatsiyasi jinoyat qodeksining 205.5 moddasi (terroristik tashkilot tuzish va unda ishtirok etish) bo‘yicha ayblab, 13 yilu 4 oyga qattiq rejimli qamoq jazosiga hukm qildi. Undan bir kun oldin 30 mart kuni 1982 yilda tug‘ilgan Sergey Yablokovni ham Rossiya Federatsiyasi jinoyat qodeksining 205.5 moddasi hamda 282.2 modda (ekstremistik tashkilot tuzish va unda ishtirok etish) bo‘yicha 12 yilu 6 oyga qattiq tartibli qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

Huquqni muhofaza qilish va sud organlari Rossiyada Islomga da‘vat qilish terrorchilik deya baholanib taqiqlanishini yana bir karra namoyon etishdi. Sud keltirgan bor-yo‘q ayblov “bitta dindagi shaxslar o‘rtasida yig‘in tashkil qilib, diniy va siyosiy masalalarni muhokama qilish”, degan narsa bo‘ldi, xolos. Aslida esa rus millatiga mansub bu ikki musulmon Hizb ut-Tahrirga a‘zo bo‘lgani sababli, ya‘ni faqat Rossiya tomonidan terroristik tashkilot o‘laroq ko‘rilgan Hizbga a‘zo bo‘lgani sababli qamoq jazosiga hukm qilindi!!!

Islomga qarshi kurashish rus rejimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Rossiya qo‘shinlari Suriyada Bashar Asad bilan birgalikda qo‘zg‘olonchilarni shafqatsizlarcha qirg‘in qilayotgan ekan, Rossiya mamlakatning o‘zida “an‘anaviy islom” doirasiga kirmagan musulmonlar va islomiy jamoalarni repressiya qilish uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘ydi.

Islomga qarshi olib borilayotgan bu kengqamrovli kampaniya Rossiya rejimining islomiy hayotni qayta boshlanishidan qo‘rqayotganiga dalolat qiladi. Zero, Islomning xalqaro maydonga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatining tiklanishi bilan qaytishi muqarrardir. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Rosululloh 

“… ثُمَّ تَكُونُ خَلاَفَةً عَلَى مَنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”

“… Keyin payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi”, deya marhamat qilganlar.

Xullas kalom, Hizb ut-Tahrir a‘zolari Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikning barpo bo‘lishiga aniq ishonadilar. Ya‘ni Islomga – Alloh Taolo butun bashariyat uchun nozil qilgan – hayotiy programma sifatida da‘vat qilish Hizb ut-Tahrir a‘zolarining repressiya qilinishiga sabab bo‘lmoqda. Biroq ular bu yigitlarni terroristik amaliyotlarda nohaq ayblashmoqda.

قُلْ هَذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ

“Ayting – mana shu Mening yo‘limdir, Men Allohga da‘vat qilaman, Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga – ishonchga egamiz, Allohni poklayman, (Zero) men mushriklardan emasman”   [Yusuf 108]0hizb

Hizb ut-Tahrirning

Rossiyadagi matbuot bo‘limi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.