Qirg‘iziston terrorizm (Islom)ga qarshi kurashda Tojikiston bilan hamkorlik qiladi

379
0

 Terrorizmga qarshu kurash nomi ostida yildan-yilga Islom va musulmonlarga qarshi kurashini kuchaytirib kelayotgan Tojikiston hukumati dastlab maktab yoshidagi o‘g‘il bolalarni juma namoziga borishiga to‘siq qo‘yib, o‘quvchi qiz va talabalarning ro‘mollariga qarshi kurashgan bo‘lsa, keyinchalik oq do‘ppi, saqol va hijobga qarshi kurashga kirishdi, ro‘yxatdan o‘tmagan degan bahonalar bilan masjidlar o‘yin-kulgu markazlariga aylantirildi.

 Islom diniga qarshi adovat bilan kurashayotgan Imomali Rahmon o‘tgan yil sentyabr oyida general Abduxalim Nazarzoda boshchiligida davlat to‘ntarishiga sun‘iy harakat uyushtirib, garchi demokratiyaga asoslangan bo‘lsada, biroq nomida Islom so‘zi bo‘lgani sababli “Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi” faoliyatini ham taqiqlab, terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Buning ortidan esa musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashini yanada avj oldirib, hatto tashkilot rahbari Kabiriyning 95 yoshli otasi Tillo Kabirovni ham qamoqqa tashladi.

 Alloh tomonidan o‘ziga berilgan imkoniyatlarni sinov va mas‘uliyat sifatida emas, balki amal va qudrat deb bilgan bugungi zamon Firavnni Imomali Rahmon Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi kurashda shunchalik tug‘yonga ketdikki, xatto go‘daklarga islomiy ism qo‘yishni man qildi. O‘zini esa “millat xaloskori sifatida” tarixiy vazifasi uchun “millat rahnamosi” deya e‘lon qildi.

 Bugungi kunga kelib esa Tojikiston hukumati Islom va musulmonlarga qarshi olib borgan kurashida o‘zi erishgan “muvaffaqiyat”larni Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlashmoqchi.

 Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri Melis Turganbayev tojik hamkasbi Rahimzoda Ramazon Hamro bilan uchrashib, terrorizm (Islom)ga qarshi kurashda hamkorlik qiladigan bo‘ldi.

 Tojikistonning So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qirg‘iziston va Tojikiston xalqaro terrorizm, noqonuniy ekstremistik tashkilotlar safiga yoshlarni qo‘shilib ketishini oldini olish bo‘yicha maxsus choralar ishlab chiqishga kelishib olishdi. Bundan tashqari bu ishlarni amalga oshirish uchun ikki mamlakat ichki ishlar xodimlari vakillaridan iborat muvofiqlashtirish ishchi guruhi tashkil etildi.

Turkiston: 

AQSh boshchilik qilib borayotgan olamiy kufr sistemasi Islom va musulmonlarga qarshi birlashishdi. Ular AQShdagi ulkan siyosiy institutlar faliyatlari vositasida, bir qator strotegik maqsadlarini muayyan uslublar bilan birgalikda amalga oshirib kelishayapti.

Shulardan eng ko‘zga ko‘ringani Brukings muassasasidir. Shu sababli u Amerika va olamdagi eng eski analitik (tahliliy) muassasalardan biri hisoblanadi. “BROOKINGS INSTITUTION” muassasasining ta‘rifi: Brukings muassasasasi – uni Brukings instituti deb ham ataladi – Amerika fikriy muassasi bo‘lib, qarorgohi Qo‘shma Shtatlardagi Vashington Di Si da joylashgan. Uning ismi unga asos solgan Robert Brukings Robert S. Brookings 1850 – 1932 ismidan olingan bo‘lib, bu muassasaga asos solish 1916 yilda boshlangan. U – rasman – turli sohalarda tadqiqot olib borishga va ko‘p sohalarda ta‘lim berishga ixtisoslashgan notijorat maxsus muassasadir. Shuning uchun ba‘zilar bu muassasani Vashingtondagi qaror tayyorlash bo‘yicha ta‘sir o‘tkazuvchi eng muhim tadqiqot markazlaridan biri deb hisoblaydilar. Bu muassasa: xilma-xillik, mustaqillik va ta‘sirchanlikni o‘zi uchun va tadqiqotlari uchun shior qilib olgan.

Oxirgi uch o‘n yillikda bu muassasa tadqiqot va nashrlarida mintaqada siyosiy Islomning yuksalayotganiga hamda Qo‘shma Shtatlarning bu masalaga qanday munosabatda bo‘lishi to‘g‘risida, ya‘ni siyosiy islomga repressiv chora ko‘rish yoki uni siyosiy voqelikda sherik qilish to‘g‘risida tavsiyalar berishga e‘tibor berish ko‘zga tashlandi. Bu haqda qator tadqiqotlar chiqarildi, prognoz-taxminlarni monitoring qilish (kuzatish) olib borildi, mintaqadagi bu yangi va muhim voqega taalluqli strategik tavsiyalar va takliflar berildi.

1999 yildan boshlab faoliyat olib kelayotgan “RAND” korporatsiyasiga 2006 yili “radikal” yo‘nalishdagi musulmonlarga qarshi kurashishning natijali loihalarini ishlab chiqish topshirildi. AQSh Afg‘onistonda va Iroqda harbiy muvoffaqqiyatsizlikka uchraganidan keyin, Islom va musulmonlarga nisbatan muomilalarini o‘zgartirish maqsadini ko‘zlay boshladi. 2014 yili Obama “biz endi islomiy mamlakatlarga askar olib bormaymiz” dedi. U yana “islomiy mamlakatlar, o‘z yurtlaridagi radikal kuchlarni o‘zlari amallashlari kerak. Biz ular bilan hamkorlik qilishga tayyormiz” dedi.

Oxirgi yillarda Amerika Bishkek bilan yaqin muomilada bir qator tadbirlar olib boryapti. Lekin AQShning ilgarigi strotegiyasini o‘zgartirgani ko‘rinib qoldi. U musulmonlarni himoya qilish, ularni inson sifatida haq huquqlari uchun kurashish printsipidan kelib chiqib ish olib borishdan voz kechdi. Bishkekda ta‘sir quvvati oshib borayapti. Lekin Bishkekning o‘zida musulmonlarga nisbatan bo‘layotgan zulmlarga hech qanday munosabat bildirmayapti. Tojikistonda ta‘sir quvvati oshib borayapti. U yerda ham, ba‘zida inson ko‘tara olmaydigan darajadagi zulmlar borayotgani AQShparast kuchlarni qiziqtirmay qo‘ydi. AQSh bu mintaqalardan xuddi O‘zbekiston singari, faqat strotegik hamkor sifatida foydalanib, ularning Islom va musulmonlarga qarshi zulmlariga e‘tibor bermayapti.

Demak, kufr sistemasining Islom va musulmonlarga nisbatan strotegik qarashlari o‘zgardi. Ular musulmonlar mamlakatlarida, musulmon yetakchilari bosh bo‘lgan “RAND” karporatsiyasi “sekulyaris musulmonlar”(demokratiya asosida yashashni yoqlovchi musulmonlar) deb atab olgan musulmonlar toifalarini, har qanday holatda ham qo‘llab yuborish maslahati asosida ish olib borishadi.

Qirg‘iziston, Tojikiston bilan hamkorlik asosida, musulmonlarga qarshi ish olib borish loihasini maslahatlashayotgani yo‘q. Ular oddiy bir chegaralarni aniqlab olishda ham bir birlari bilan kelisha olishmaydi. Qirg‘iziston, xalqaro dunyo sistemasining ketuvidan kelib chiqib, Tojikistonga belgilab berilgan kufr loihasidan nusxa olmoqchi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu ikki davlat, nafaqat Markaziy Osiyoda balki dunyoda eng zaif va tobe‘ davlatlar qatoridan o‘rin olishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.