Suriya va Liviya maydonidagi siyosiy o’zgarishlar

993
0

Savolga javob

 Suriya va Liviya maydonidagi siyosiy o’zgarishlar

Savol:

Suriyadagi oxirgi sulhga doir ishlarning shu kungacha borayotgan jarayonlarini kuzatishdan Amerika Suriyada oppozitsiya va rejimdan tashkil topgan ilmoniy hukumatni o’rnatish uchun bu safar sulh ishida va muzokaralar o’tkazishda jiddiyga o’xshab ko’rinmoqda. Bu to’g’rimi? Bu Amerikaning hozirgi malay Bashar o’rniga yangi malayni paydo qilish fikridan qaytganini va Basharning hokimiyatda qolaverishiga tayanayotganini anglatadimi?

Ruxsat bersangiz yana bir savol bermoqchiman. U quyidagichadir: Liviyadagi vaziyat echimga yaqinlashishi bilanoq yana yangidan chigallashmoqda. Masalan ular Suxayrot (Sxirat)da kelishib olishgan edi va bu kelishuv Tobruq parlamentini qonuniy deb tan oldi, bu esa Tobruq uchun bir yutuq bo’ldi… Shunga qaramay u (parlament) hukumatga ishonch bildirishni ortga cho’zyapti. Holbuki Sarroj vazirlar sonini 32 dan 18 ga kamaytirish bilan ularning talabini qabul qildi. Shunday ekan bu ortga cho’zishni qanday tushunish mumkin? Alloh sizga yaxshilikni mukofot aylasin.

 Javob:

Biz 2016 yil 19 yanvarda «Liviya krizisidagi oxirgi voqealar» nomli «savol-javob»ni chiqarib unda Liviya muammosi mavzusini yoritib bergan edik… Suriya haqida ham 2015 yil 11 dekabrda «Bir-biriga bog’liq ikki muqarrar yomonlik…» nomli varaqani chiqargan edik, u Riyoz konferentsiyasi va muzokara hay’atini tuzish haqidagi varaqa edi. 2016 yil 24 fevralda esa «Rejimni saqlab qolish uchun Amerika, so’ngra Rossiya Myunxenda qonli iplar bilan to’qigan sulh…» nomli yana bir varaqani chiqarib unda hozirgi sulh va muzokaralar mavzusini yoritib berdik. Bu nashralarda mavzu mufassal yoritilgani uchun undan javobni tushunib olish mumkin. Chunki hodisalar xaritasi biz o’sha chiqarilgan varaqalarda bayon qilgan asosiy yo’nalish doirasida qoldi. Shunday bo’lsa-da quyida qo’shimcha bayon va izohni havola qilaman. Lekin undan oldin bu kurashdagi Suriya bilan Liviya o’rtasidagi farqni tushuntirib o’taman:

Liviya mavzusi Suriya mavzusidan albatta farq qiladi. Chunki Suriyadagi kurash Amerika, uning ittifoqchilari va tarafdorlari bilan Suriya ahli o’rtasidagi kurashdir. U Amerika bilan boshqa yirik davlat o’rtasidagi kurash emas. Chunki Rossiya bir iflos bitim bo’yicha Amerika rejasini bajarmoqda. Putin o’zining Amerikaga Suriyada ko’rsatgan bu xizmati sababli Amerika uni Rossiyaning janubiy chegaralaridagi Ukraina borasidagi muammolardan tinch qo’yadi deb o’ylamoqda… Yevropa esa Amerika atrofida girdikapalak bo’lib, Amerika nimani aytsa shuni to’tiqushdek takrorlamoqda. Yevropaning maqsadi Amerikadan o’ljadan biron narsani yoki narsaning biron bo’lagini olishga erishishdir! Chunki Rossiya va Yevropa nufuz Amerikaniki ekanligini yaxshi tushunadi. Shuning uchun bu ikki mustamlakachi Amerikaning Suriyadagi nufuzini siqib chiqarishni umid qilmaydi… Ya’ni bu kurash Amerika bilan Suriya ahli va suriyaliklar ortida turgan barcha sodiq musulmonlar o’rtasidagi kurashdir.

Liviyaga kelsak, kurash Amerika bilan Yevropa o’rtasidagi, xususan Britaniya va qaysidir darajada Frantsiya o’rtasidagi so’ngra bir oz Italiya o’rtasidagi nufuz talashish kurashidir… Shuning uchun Amerika Suriya ahlining Suriya qo’zg’olonining besh yili davomida Amerika rejalariga qarshi qoyadek mustahkam turganini ko’rib hayratdan es-hushini yo’qotib telbalanish darajasigacha etdi. Lekin Amerika Liviya borasida Yevropaga qarshi o’zining kuchli ekanligidan xotirjamdir. Shuning uchun u mana shu quvvat sababli Yevropaga qarshi bir muncha xotirjamlik bilan kurashmoqda…

Bu farqni bayon qilganimizdan keyin savolda kelgan narsalar bo’yicha yanada ko’proq bayon va izoh berib o’tamiz:

Avvalo: Suriya mavzusi:

1 – Amerikaning sulh va muzokaralar mavzusida jiddiy ekanligiga kelsak, bu to’g’ri. Ammo hozirgi malayi Bashar o’rniga keyingi malayni qidirib topishdan voz kechdi deyish noto’g’ridir. Chunki Amerika bu malayi o’rniga boshqa malayni topgan vaqtda Basharning vazifasi tugaydi. Amerika bu malaylar tarafdorlariga nisbatan ham ilgari xuddi shunday qildi. Buning bayoni quyidagicha:

Amerika sulh, o’t ochishni to’xtatish, janglarni to’xtatish, dushmanlik amaliyotlarini to’xtatish degan nomlar ostida bu qo’zg’olonni to’xtatish va uni yo’q qilish uchun butun bosimini ishga soldi. Shu maqsadda Jeneva, Vena va Riyozda konferentsiyalar o’tkazdi, Xavfsizlik Kengashida qarorlarni chiqartirdi. Bunga qo’shimcha ravishda Amerika qo’zg’olonni o’zining malayi Bashar, Eron va uning Livandagi Hizbi, Rossiya tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar bilan bo’g’ib tashlashga ham urindi. Amerikaning o’zi ham bevosita aralashdi va «Davlat tashkiloti va terrorizmga qarshi kurash» degan bahona bilan xalqaro koalitsiya niqobi ostida boshqa davlatlarni ham o’zi bilan sherik bo’lishi uchun urushga tortdi. Oxiri 2016 yil 12 fevralda Myunxen uchrashuvida o’zi uchun chiqish yo’lini topdi. Bu uchrashuvda Amerika qo’zg’olonni o’t ochishni to’xtatish bilan bir hafta to’xtatishga urindi. Bu amalga oshmagach Amerika tashqi ishlar vaziri Kerri o’zining rus hamkasbi Lavrov bilan 2016 yil 22 fevralda uchrashdi. Ikkalasi mushtarak bayonotda janglarni to’xtatish 2016 yil 27 fevral juma-shanba tunining yarimida kuchga kirajagini e’lon qilishdi. Bularning barchasi Amerikaning ilmoniy loyihasini muzokaralarda ma’qullatish uchun bir muqaddima bo’ldi. Amerika bu muzokaralarni Jenevada kelgusi kunlar orasida jiddiylik bilan tayyorladi… Amerikaning jiddiy ekanligiga dalil uning mana shu yo’nalishga xizmat qiladigan tadbir-choralarni ko’rganligidir. Amerika ayniqsa 2015 yil 9-10 dekabrdan boshlab shunday choralarni ko’rdi. Chunki Riyoz konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferentsiya rejim bilan muzokaralar olib borish uchun muzokara hay’atini tuzishni tayyorlash uchun o’tkazildi. Ana shu choralardan ba’zilari quyidagilardir:

  1. Amerikaning Suriya ichkarisida o’zining yugurdak tobelari Turkiya va Saudiya ta’siri bilan bir homiy «enaga»ni tayyorlashi, buni muzokaralarga hech bir e’tirozsiz majburlaydigan muhit-vaziyatni paydo qilish bilan amalga oshirdi. Buni quyidagilar ko’rsatib turibdi:
  2. a) Amerika Saudiyaga tobelar va tarafdorlarni, ayniqsa qurolli otryadlardan shunday kimsalarni Riyozda to’plab muzokara hay’atini tuzish vazifasini yukladi, buni «shirinlik va tayoq» uslubi bilan, ya’ni pul va qurol-aslaha berib amalga oshirishni buyurdi. Amerika bunga muvaffaq bo’ldi va oxiratlarini boshqalarning dunyosi evaziga sotgan kimsalardan ana shu hay’atni tuzdi. Shunday qilib Amerika Suriya qo’zg’oloni alanga olganidan beri ilk marta bitta boshqaruvda rejim bilan sherik bo’lish uchun muzokara olib borishni qabul qiladigan qurolli otryadlarni muzokara komissiyalari tarkibiga kiritishga muvaffaq bo’ldi: «payshanba oqshomida o’tkazgan matbuot konferentsiyasida Ko’rfaz tadqiqotlar markazi boshlig’i Abdulaziz Soqar oppozitsiyadan bir delegatsiya yanvar oyining birinchi o’n kunligida rejim delegatsiyasi bilan uchrashishini aytdi. Kelishuvda 32 a’zodan iborat oliy kengash tuzilishi ko’rsatildi, ulardan o’ntasi otryadlar a’zolari, to’qqiztasi koalitsiya a’zolari, beshtasi koordinatsion kengash a’zolari, sakkiztasi mustaqil kishilardir». (Al-Jazira net 2015 yil 11 dekabr). Muzokarachilar bundan oldin xorijda yashaydigan va ichkarida boshpanasi yo’q kimsalardan iborat edi… Shuning uchun demak kengash tarkibiga kirgan ana shu otryadlar odamlarni, ayniqsa ularni qo’llab-quvvatlab kelgan odamlarni yordamsiz tashlab qo’ydi. Bu odamlar o’zlarini bu otryadlar tog’utdan xalos qiladi deb o’ylaganlari uchun ularni qo’llab-quvvatlab kelishgan edi!
  3. b) Erdoganning Suriyada Amerika loyihasini amalga oshirish uchun va Suriyadagi otryadlarni sulhga va muzokarada ishtirok etadigan oppozitsiyadan bir kengash tuzishga rozilik berishga ko’ndirish uchun Saudiyaga borib sulh va muzokaralar mavzusini muhokama qilgani: «Turkiya prezidenti Erdogan seshanba kuni Saudiyaga keldi, bu ziyorat chog’ida u mas’ullar bilan mintaqadagi masalalarni, xususan Suriya va Yaman masalasini muhokama qiladi. Erdogan Riyozdagi podshoh Xolid xalqaro aeroportiga kelishidan bir oz keyinoq Yamoma qasriga bordi. U erda uni Saudiya podshohi Salmon ibn Abdulaziz qarshi oldi. Buni Saudiya rasmiy axborot agentligi bildirdi». (Quds 2015 yil 29 dekabr).
  4. v) Amerika muzokarachilar uchun – ularni o’zi amalga oshirmoqchi bo’layotgan echimlarga ko’ndirib «qo’lga o’rgatib olish uchun» – tayyorgarlik yig’inlarini o’tkazdi. Ishlar o’zi istaganidek borayotganini ko’rgach halqani Turkiya bilan Eron o’rtasidagi shosha-pisha, beo’xshov tarzda o’zaro yaqinlashish bilan yakunlab yopdi. Shuning uchun Turkiya bilan Eron bir-biriga qizishib bildirayotgan bayonotlarga qaramay Dovudo’g’li Eronga bordi. Uning bu safaridan maqsad Turkiya bilan Eron Suriyadagi otryadlariga va tobelariga bo’lgan ta’siridan Amerikaning Suriya borasidagi loyihasini amalga oshirish uchun foydalanish to’g’risida o’zaro kelishib olish edi… «Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo’g’li 4 mart juma tunida Eron poytaxti Tehronga keldi. U bir necha vazirlardan iborat delegatsiyaga boshchilik qilmoqda. Bu turk bosh vazirining Eronga ikki yildan beri qilayotgan ilk tashrifidir… Eron «fors» agentligining bildirishicha, turk bosh vaziri eronlik yirik mas’ullar bilan uchrashib rivojlanish va ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy va tijoriy hamkorlikni mustahkamlash yo’llarini muhokama qiladi…». (Rossiya Segodnya 2016 yil 4 mart). Bu malaylarning bu ziyoratni siyqasi chiqqan ifoda bilan niqoblashgani shundoq ko’rinib turibdi. Chunki ular bu uchrashuv tijorat maqsadlarida o’tkazildi, deb ko’rsatishdi. Bunga hatto eng go’l odamlar ham ishonmaydi!!
  5. Amerika muzokaralarga regiondagi va Suriya ichkarisidagi muhitni tayyorlash uchun o’zining malaylari tomonidan amalga oshirilgan ana shu iflos siyosiy ishlar chog’ida o’zining loyihasini amalga oshirish uchun bosim o’tkazuvchi muhitni paydo qilishga harakat qildi. Buni turli ishlar orqali amalga oshirdi. Bu ishlar Amerika taklif qilayotgan muzokara echimi Suriya uchun eng yaxshi echimdir, deb ko’rsatish uchun haqiqatlarni soxtalashtirishdan tortib, Amerikaning o’zi tomonidan yoki u bilan iflos bitim bo’yicha birgalikda harakat qilayotgan Rossiya tomonidan yoki Amerikaning regional va mahalliy tobelari va yugurdaklari tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyotlargacha bo’lgan ishlardan iborat bo’ldi. Ana shu ishlardan ba’zilari quyidagilardir:
  6. a) Amerika Suriya ahli ikki variantdan birini tanlashi kerak: yo muzokaralar olib borish orqali Amerikaning Suriyaga oid ilmoniy loyihasiga rozi bo’lishi kerak yoki Suriyaning bo’linib ketishini tanlashi kerak, degan fikrni singdirishga zo’r berib harakat qildi… Chunki Amerika Suriya ahlining bo’linib ketishni xohlamasliklarini yaxshi biladi. Shuning uchun Amerika suriyaliklar uning rejim bilan oppozitsiya o’rtasidagi mushtarak boshqaruvni tashkil qilish haqidagi ilmoniy loyihasini ma’qullash uchun muzokaraga kirishishadi degan o’yga keldi. Amerika ana shu fikrga ishontirish uchun quyidagini amalga oshirdi: Amerika va Rossiya birgalikda bo’lib tashlash haqida muzokaralarga borishga majburlovchi bayonotlarni berdi. Bu bayonotlar muzokarachilarni xavotirga solib, Suriya ahliga qarshi qattiq kuydiruvchi muhitni paydo qilar edi. U «Suriya ahli agar Amerikaning rejim va oppozitsiyadan iborat ilmoniy davlatni paydo qilish haqidagi loyihasiga rozi bo’lmasa Suriya yaxlit holda saqlanib qolmaydi, aksincha bo’lib tashlanadi» degan muhit edi… Shu maqsadda Kerri bunday deb bayonot berdi: «Agar uzoq kutadigan bo’lsak vaqt o’tib, Suriyaning yaxlit holda qolishi boy berilishi mumkin». (Reyter 2016 yil 23 fevral)… Rossiya esa Suriyada federativlik haqida vaysaydigan bo’ldi. Masalan rus tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Sergey Ryabkov quyidagilarni aytdi: «Moskva Suriya muzokaralarida ishtirok etayotganlar federal jumhuriyatni barpo qilish fikriga kelishadi, deb umid qiladi. Chunki u kurdlar talab qilayotgan matlabdir». (Hadas kanali 2016 yil 29 fevral)… Bularning barchasidan maqsad oppozitsiya nomidan muzokara olib borayotganlarga bosim o’tkazib, Amerika o’rnatadigan siyosiy rejimga rozilik berishga majbur qilish edi. Aks holda Suriya bo’lib tashlanadi… Amerika va uning ittifoqchilari Suriya ahli bo’lib tashlanishni rad qilayotganlaridek Amerikaning ilmoniy loyihasini ham rad qilayotganlarini unutib qo’ydi yoki o’zini unutganga solmoqda. Zero Suriya ahli bu ikki loyihani ham Amerika ishlab chiqayotgan ikki muqarrar yovuzlik deb hisoblaydilar. Shuning uchun bu ikki loyiha faqat Ummatga xiyonat qilayotgan xoinlargagina o’tadi, xolos. Bu xoinlar esa Alloh izni bilan albatta zavol-yo’q bo’lib ketishga mahkumdir…
  7. b) Muzokaralar chog’ida rus bosqinchilik hujumlarining yanada kuchayganligi. Bu muzokarachilarga – ular Amerika loyihasini ma’qullash uchun muzokara olib borishni qabul qilishga majbur ekanliklari, aks holda bu hujumlar yanada kuchayishi to’g’risida – yo’llangan bir «noma» edi. Shuning uchun ham ruslarning bosqinchilik hujumlari 2016 yil 1 fevralda boshlangan Jeneva-3 so’zlashuvlari chog’ida e’tiborni tortadigan tarzda kuchaydi. Bu hujumlar Halabni qamal qilishda yanada shiddatli bo’ldi. Bu muzokarachilarga bosim o’tkazishning bir vositasi edi…
  8. v) Muzokaralarni rad etayotgan barcha kishilarga yashirib o’tirmay ochiq-oshkor tahdid qilish bilan imo-ishora qilish. Shu mazmunda Kerri 2016 yil 24 fevralda bunday dedi: «Bu erda alternativ reja haqida – agar u muzokara stolida muvaffaqiyat qozonmaydigan bo’lsa – hozirda borayotgan bir muhim muhokama bor». (Reyter 2016 yil 24 fevral). Jubayr ham o’zining bu «ustozi»ning gapini to’tiqushdek takrorladi: «… Agar sulhni davom ettirishga muvaffaq bo’lolmasak bu erda – Amerika tashqi ishlar vaziri aytganidek – boshqa variantlar bor. Bu erda «b» rejasi bor. Agar Suriya rejimi tomonidan yoki ittifoqchilarda jiddiylik yo’qligi aniq bo’lib qolsa u holda ana shu boshqa variant yuzaga keladi va unga zo’r beriladigan bo’ladi». (CNN arabcha sayti, 2016 yil 28 fevral).

 Yuqorida aytilganlardan ayon bo’lyaptiki, Amerika o’zining Suriyaga oid ilmoniy loyihasini amalga oshirish uchun sulh va muzokaralar mavzusida haqiqatdan ham jiddiydir.

 Bu vositalarning rejim bilan muzokara olib borishni davom ettirish uchun oppozitsiyadan muzokaralar hay’atini tuzishni oqlovchi bahona bo’lishda muvaffaqiyatli chiqqani ko’rinib turibdi. Chunki: «BMTning Suriyadagi maxsus vakili Stefan de Mistura kecha Suriyadagi nizoni to’xtatish maqsadidagi so’zlashuvlarning yangi bosqichi Jenevada 14 martdan 24 martgacha shu xalqaro tashkilot homiyligida o’tkazilishini e’lon qildi…». (Riyoz 2016 yil 10 mart, payshanba). Shundan keyin oppozitsiyaning muzokaralar hay’ati bu muzokaralarga rozilik berilishi uchun muhitni tayyorlashga kirishdi. «Suriya oppozitsion otryadlari vakili bo’lgan muzokaralar oliy hay’ati (kengashi) 2016 yil 9 mart chorshanba kuni bildirishicha, bu hay’at BMT tomonidan tinchlik so’zlashuvlariga oid taklif qilingan ishlar jadvalini ijobiy deb biladi va hukumat kuchlarining sulhni oldingi kundagi buzishlari kamayganini kuzatganini bildiradi. Muzokaralar oliy hay’ati rasmiy vakili Solim Musallitning aytishicha, hay’at yaqinda Jenevada o’tkazishga qaror qilingan muzokaralarda ishtirok etish haqida uzil-kesil qarorni qabul qiladi». (AFP, DW 2016 yil 9 mart). Shundan keyin «Rossiya Segodnya» sayti 2016 yil 11 martda quyidagi xabarni tarqatdi: «Suriya oppozitsiyasining muzokaralar oliy hay’ati kelgusi dushanba kuni Jenevada o’tkazilishi kutilayotgan muzokaralar raundida ishtirok etishini e’lon qildi». (Rossiya Segodnya sayti 2016 yil 11 mart).

2 – Ammo Amerikaning alternativ malayni qidirishdan voz kechganligiga kelsak, bu noto’g’ri… Chunki Bashar Suriyada barqaror boshqaruvni – u orqali Amerika manfaatlariga xizmat qila oladigan tarzda – kafolatlashga bo’lgan qudratni yo’qotdi. Shuning uchun Amerika uning faqat o’tish davri bosqichida qolishini istayapti, xolos. Chunki Amerika o’tish davrida Bashar basharasidan ko’ra kamroq badbashara bo’lgan, odamlarni alday oladigan, odamlarga tabassum qilib Amerika manfaatlarini amalga oshiradigan yangi malayni qidira oladi! Chunki Amerikaning butun g’ami Suriyada yana bir malay ilmoniy boshqaruvni paydo qilishdir. Bu boshqaruv Amerika manfaatlariga xuddi Bashar va undan oldin uning otasi qilganidek xizmat qiladigan bo’ladi. Hatto Amerika mish-mish qilib tarqatayotgan bo’lib tashlashning babdo’y hidiga ham Amerikaning Suriyada tayanishi ehtimoldan uzoqdir. Faqat agar Amerika hozirgi malayi Bashar o’rniga keyingi alternativ malayni o’rnata olmasa o’shanda Amerika bu badbo’y rejaga tayanishi mumkin… Shuning uchun hozir Amerika uchun muhimi o’t ochishni to’xtatishdir. Chunki o’shanda Amerika to Bashar o’rnini egallaydigan yangi malayni topguniga qadar o’zining rejim va oppozitsiyadan iborat loyihasini amalga oshirishga bemalol harakat qiladigan bo’ladi… Amerika bu o’t ochishni to’xtatishni va oppozitsiyaning unga amal qilishini – o’zining nufuziga va Shomdagi malaylariga qarshi ko’tarilgan bu qo’zg’olonga qarshi kurashishda – besh yildan beri o’zi erishgan eng katta yutuq deb hisoblamoqda. Ayniqsa Amerika islomiy deb atalayotgan ba’zi otryadlarni bu sulhni va muzokaralarni qabul qilishda sherik qilishga muvaffaq bo’lgani uchun buni shunday yutuq deb hisoblamoqda… Rossiya ham buni katta muvaffaqiyat va rejimni mustahkamlash uchun bir imkoniyat deb hisobladi. Shuning uchun Rossiyaning BMTdagi vakili Vitaliy Churkin «Kommersant» gazetasiga bergan intervyusida Myunxen kelishuvini sharhlar ekan quyidagilarni aytdi: «Umid qilamanki, Damashq buning Suriya uchun davomli shuncha vayronlikdan iborat besh yildan keyin bir yagona fursat ekanini tushunadi». (Frans Press 2016 yil 19 fevral). Shundan keyin Bashar Asad o’zining o’t ochishni to’xtatishni qabul qilishga tayyor ekanini e’lon qildi.

3 – Bular Amerika, Rossiya va ularning tobelari, yugurdaklarining hisob-kitoblaridir… Ammo Suriya ahlining hisob-kitoblari boshqacha bo’lib, kofir mustamlakachilarning va ularning malaylarining, ular chizgan chiziq bo’yicha yurayotganlarning rejalarini chaqmoqdek yanchib tashlaydi va bu mustamlakachilarning makru hiylalarini Alloh izni bilan o’zlarining bo’g’ziga qaytarib uradi.

 وَمَا كَيْدُ الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ

«(Lekin) kofirlarning makr-hiylalari albatta zalolatdir (ya’ni zoe bo’lguvchidir)» [G’ofir 25]

Zero Shom er kishilari Riyozdagi «interkontinental»da pul va zalolat tevaragida yalpayib o’tirgan so’ngra muzokaralar hay’atini tuzgan anavi kimsalar emas… Bu er kishilar iflos pul oqadigan joyga egiladigan anavi Ummat xoinlari emas… Bu er kishilar rejim bilan muzokara olib borish kerak deb aytayotgan va ayni vaqtda rejim boshlig’i uchun hech qanday o’rin yo’q, deb aldayotgan anavi aldamchi kimsalar emas. Chunki bu tog’ut uchun biron o’rin bo’lishini qabul qilmaydigan kishi bu tog’utning rejimi bilan muzokara olib bormaydi! Bu er kishilar Amerika ilmoniy fuqarolik davlati bo’lishini buyurayotgan va bunga rozilikni bildirib boshlarini egayotgan, ayni vaqtda o’zlarini islomchi ekanini da’vo qilayotgan anavi kimsalar emas! Bu er kishilar bashar Robbisi hukmi o’rniga bashar hukmi bilan halol va harom qiladigan demokratiya tarafdori ekanini aytayotgan anavi kimsalar emas. Holbuki Ahkamul hokimin Alloh bunday deydi:

إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ

«Hukm qilish faqat Allohning O’ziga xosdir» [An’om 57]

Ha, shunday, bu er kishilar ana shu kimsalar emas… Aksincha ular Shom arslonlaridir. Ummat bu arslonlarning haqiqiy sodiq er kishi ekanliklarini va ixloslarini yaxshi biladi. Ular ham Ummatda yaxshilik qiyomat kunigacha yo’q bo’lmasligini yaxshi biladilar… Ular qalblari va og’izlari bilan «u (qo’zg’olon) Alloh uchundir, u Alloh uchundir» deb baralla hayqirgan va baralla hayqirayotgan haqiqiy er kishilardir… Ular Shomning Alloh Subhanahu va Rosuli A xohlagandek:

«عُقْرُ دَارِ الْإِسْلاَمِ بِالشَّامِ»

«Islom diyorining markazi Shomda» bo’lishini istayotgan haqiqiy er kishilardir. (Bu hadisni Tabaroniy Kabirda Salama ibn Nufayldan chiqardi)… Bu er kishilar Amerikaning ilmoniy loyihasini va kofirlar bilan munofiqlarning barcha loyihalarini qanday rad etayotgan bo’lsalar bo’lib tashlanishni ham xudda shunday kuchli rad etayotgan haqiqiy er kishilardir… Ular Shom eridagi xolis, sodiq kishilardir. Ular o’zlari turgan haq ustida sobit turibdilar. Ular botil uchun bitta hukm surish bo’lsa, haq uchun hukm surishlar borligini yaxshi biladigan, shuning uchun o’z dinlari va Ummatlari ustida savdolashmaydigan er kishilardir… Ular o’zlarining qo’zg’olonlari haqiqatdan ham fosh qilib, ochib tashlovchi ekanini o’z ko’zlari bilan ko’rib turgan kishilardir. Chunki bu qo’zg’olon fitnaga til biriktirganlarni fosh qildi va munofiqlar basharasini ochib tashladi. Natijada bu fitnachilar va munofiqlarning hammasining basharasi bab-baravar ochilib qoldi. Shuning uchun bu fitnachi va munofiqlarga faqat g’ofilgina aldanadi, ularning makri tuzog’iga faqat johilgina ishonib tushadi, xolos… Albatta ana shu er kishilar kofirlarning loyihalari ular hisobga olmagan tomondan barbod bo’lishiga aniq ishonadilar.

 وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ

«Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar» [Shuaro 227]

Ikkinchisi: Liviya mavzusi:

Hozirgina aytib o’tganimizdek Liviya mavzusi Suriya mavzusidan farq qiladi. Chunki Suriyadagi kurash Amerika, uning ittifoqchilari va yugurdak to’dalari bilan Suriya ahli o’rtasida ketyapti. Shuning uchun Suriyadagi kurash Liviyada bo’layotganidek Amerika bilan boshqa yirik davlat o’rtasida ketayotgan kurash emas. Chunki Liviyada kurash Amerika bilan Yevropa o’rtasida, xususan Amerika bilan Britaniya va qaysidir darajada Frantsiya hamda ozroq darajada Italiya o’rtasida bormoqda. Demak u – garchi unda mahalliy yugurdaklar ishga solinayotgan bo’lsa-da – asosan davlatlar o’rtasidagi xalqaro kurashdir…

Farqni bayon qilgandan keyin Liviya haqida savolda kelgan narsalar bo’yicha qo’shimcha bayon va izohni aytib o’tamiz:

1 – Amerikaning Liviyada – Suriyada qilayotganiga teskari o’laroq – siyosiy echimga va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga zo’r bermayotganligi kuzatilmoqda. Aksincha Amerika Liviya borasida harbiy aralashuvga imo-ishora qildi va buni Xavfsizlik Kengashida talab qildi ham. Amerika siyosiy echimga erishishga to’siq qo’yishga harakat qilibgina qolmay balki o’tgan yili noyabrdan boshlab turli bosqinchilik hujumlarini amalga oshira boshladi. Chunki Amerika o’zi tomonidan qidirilayotgan shaxslardan birini o’ldirganini bildirdi. Ana shundan keyin Amerikaning 20 askari Liviyadagi bir bazaga kirdi va keyin undan chiqib ketishdi. Shundan keyin Amerika samolyotlari 2016 yil 19 fevralda amalga oshirgan ana shu oxirgi amaliyot yuzaga keldi. Bu amaliyot chog’ida Amerika «Islomiy Davlat tashkiloti» a’zolari deb da’vo qilgan 49 kishini o’ldirdi. Ularning ko’pchiligi Tunisdandir. U Amerika eng ko’p sonda o’ldirgan eng katta amaliyot hisoblanadi… Amerikaning bunday zarbalarni davom ettirishi ko’rinib turibdi: «Obama 2016 yil 28 yanvar payshanba kuni milliy Xavfsizlik Kengashining Liviyadagi vaziyatga bag’ishlangan yig’iniga raislik qildi. Chunki G’arbning yirik davlatlari Liviyadagi konstitutsion bo’shliq terrorchi tashkilotning o’sib rivojlanishi uchun «hosildor» er bo’lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda… Shuning uchun Oq uy bir bayonotda quyidagilarni bildirdi: «Prezident milliy xavfsizlik guruhiga Liviyada terrorizmga qarshi kurashish uchun hozirda bo’layotgan harakatlarni qo’llab-quvvatlash va hukumatni kuchaytirishga harakat qilishni davom ettirish to’g’risida ko’rsatmalar berdi…». (Midl Ist Onlayn 2016 yil 29 yanvar). Shunday qilib Amerika hech bir xalqaro qaror chiqmay turib «Davlat tashkiloti va terrorizmga qarshi kurash» degan bahona bilan harbiy bosqinchilik hujumlarini yoki harbiy aralashuvni amalga oshirish siyosatini yuritishga qaror qildi…

2 – Bu qaror Liviyadagi vaziyat Amerikaga nisbatan nechog’li xatarli ekanini ko’rsatib turibdi. Bunga sabab zo’r berib ko’rsatilayotganidek Davlat tashkilotining tahdidlari emas, aksincha bu tahdidlar Amerika aralashish uchun ro’kach qilayotgan bir bahonadir, xolos. Aksincha ba’zi bir yirik davlatlar Amerikaning Liviyada o’z nufuzini yoyishiga to’siq qo’ymoqda. Shuning uchun ham Amerikaning 2015 yil 17 dekabrda Mag’ribdagi Suxayrotda imzolangan yakuniy kelishuvga parvo qilmay ish tutayotganini va bu kelishuvni amalga oshirishga zo’r bermayotganini ko’rib turibmiz. Chunki Amerikaning butun safsata sotishi o’zi «terrorizm» deb jar solayotgan narsaga qarshi Liviyada harbiy aralashuv haqida bo’lmoqda. Agar ana shu kelishuv Amerika manfaatiga bo’lganida edi Amerika uni tatbiq qilishga bor kuchi bilan zo’r berib uringan bo’lardi… Bularning barchasi Amerika 2014 yildan boshlab o’zining malayi Haftar vositasida Liviyada hukmron bo’lib olishga va o’z nufuzini yoyib, rejimni o’z changaliga olishga muvaffaq bo’lolmaganidan keyin yuzaga keldi. Shuning uchun Amerika Xavfsizlik Kengashidan bir xalqaro qarorni chiqartirib o’tirmay bevosita aralasha boshladi. Chunki Xavfsizlik Kengashida Britaniya Liviyada harbiy aralashuvga ijozat beradigan qaror chiqarilishiga to’siq qo’ydi. Shuning uchun demak siyosiy echimni tatbiq etish qiyin bo’lib qolaveradi.

3 – Amerika o’zini soxtakorlik bilan Suxayrotdagi siyosiy kelishuvni qabul qilgandek qilib ko’rsatmoqda va ayni vaqtda bu kelishuvni amalga oshirishni ortga surishga harakat qilmoqda. Bizning bu so’zlarimizni Amerika markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Bernanning 2016 yil 25 fevralda aytgan quyidagi so’zlari tasdiqlashi mumkin: «Qo’shma Shtatlar Liviyada ikki asosdagi siyosatni amalga oshirmoqda, ulardan birida Qo’shma Shtatlar o’zaro raqoblashayotgan ikki hukumatni birlashtirish uchun hamda xatari kuchayib borayotgan Davlat tashkilotiga qarshi terrorizmga qarshi kurash amaliyotlarini uyushtirish uchun diplomatik harakatlarni sarflaydi». (AFP 2016 yil 25 fevral). Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri esa quyidagilarni aytdi: «Biz o’tgan haftalarda Tripoli hukumatini tuzish xususida juda jiddiylik bilan harakat qildik. Ular o’zaro kelishuvga erisha olishmasa Liviya barbod bo’lgan davlatga aylanib qoladi». (Reyter 2016 yil 24 fevral). Demak Kerri hukumat tashkil qilishga jiddiy harakat qilganini da’vo qilmoqda! Ya’ni Amerika andozalariga tushadigan hukumatni tuzishga harakat qilgan. Aks holda Amerika bu hukumatni barbod qiladi. Chunki Suxayrot hukumati bunday bo’lmagani uchun (ya’ni Amerika andozasiga tushmagani uchun) Amerika o’zining Tobruq parlamentidagi malaylari orqali bo’lmag’ur bahona bilan bu hukumatning tashkil etilishiga to’siq qo’yishga harakat qildi. Amerika malaylari bu hukumatning 32 vazirdan tuzilishini rad etishlarini aytishdi. Shuning uchun hukumat boshlig’i Foiz Sarroj 2016 yil 22 yanvarda Misrga borib uning hokimi Abdulfattoh Sisiy bilan uchrashdi. Uning bu safari 6 kun davom etdi. Sarroj Amerika malaylarini rozi qilishga urindi. Chunki u o’z safarining yakunida vazirlar sonini qisqartirishga tayyor ekanini bildirdi. Sarroj Qohirani tark etishi bilanoq u erga Haftar natijalardan xabardor bo’lish uchun, o’zining nimalar qilishi kerakligi haqida ko’rsatmalar olish uchun va o’zini qo’shimcha qo’llab-quvvatlov bilan ta’minlash uchun uchib keldi. Demak bu Amerikaning hukumat tashkil etilishiga rozi emasligini bildiradi. Chunki hukumatning tashkil etilishi Amerika istagan yo’sinda bo’lmaydi… Chunki Sarroj hukumat a’zolari sonini qisqartirib, uni 18 vazirdan tuzadigan bo’lib uni Tobruq parlamentiga 2016 yil 23 fevralda taklif qilsa ham bu parlament uni rad etdi. Hatto bir noma’lum qurolli to’da ovoz berish uchun kelayotgan parlament a’zolariga hujum qilib ularning parlamentga kirishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qildi. Oqibatda kvorum (ovoz beruvchilar soni) to’liq bo’lmay qoldi, chunki parlamentning to’liq 200 a’zolaridan faqat 89 tasigina hozir bo’ldi. Natijada parlament raisi majlisni tarqatishga majbur bo’ldi. Demak Amerika o’zining to’dalari va yugurdak tobelari orqali to’siq qo’yishga harakat qilmoqda…

4 – Bu to’siq qo’yishning sababiga kelsak u quyidagidir: Liviyadagi siyosiy doiraning ko’pchiligi Qazzofiydan qolgan sarqitlardir, ya’ni Yevropa malaylaridir. Shuning uchun vazirliklarning har qanday tashkil etilishi mana shu andozadan olingan bo’ladi. Buni yangi vazirlikda kuzatish mumkin. Amerika esa Haftarga va uning atrofidagi bir nafar harbiylarga tayanmoqda. Amerika Haftardan u hukumatda ko’proq ulushga ega bo’ladigan va hukumat ustidan hukmronlik qiladigan bir yangi siyosiy doirani paydo qilib o’zi uchun tayanch bazalarni paydo qilishini umid qilgan edi. Lekin Haftar hozirgacha buning uddasidan chiqolmadi. Uning barcha harbiy amaliyotlari ham muvaffaqiyatli chiqmadi, aksincha bir joyda depsinib qoldi. Shuning uchun Amerika siyosiy echimga o’zi tomonidan, Haftar tomonidan va boshqa yugurdak tobelari tomonidan bo’layotgan harbiy aralashuv bilan imkoni boricha kattaroq to’siq qo’yishga harakat qilmoqda. Amerika bu to’siq qo’yishni hukumatda «arslon ulushi»ga ega bo’lishga muvaffaq bo’lguniga qadar davom ettiraveradi… Demak harbiy aralashuv Amerikaning Liviyada o’z siyosiy nufuzini o’rnatish uchun ishga solayotgan vositasidir. Amerika to o’zining bu istagiga erishmaguncha bundan aslo to’xtamasligi ko’rinib turibdi.

5 – Yevropaning pozitsiyasi esa bunga tamoman teskaridir. Chunki Yevropa kelishuvni muvaffaqiyatli amalga oshirib hukumatni tashkil qilishga va bu hukumatni tan oldirishga harakat qilmoqda. Chunki Yevropa Liviyadagi siyosiy doira ustidan hamon hukmron bo’lib qolmoqda. Buni ko’rsatib turgan dalillar ko’p. Masalan frantsuz prezidenti Olland Britaniya malayi Mag’rib podshohi Muhammad oltinchi bilan 2016 yil 17 fevralda Frantsiyada uchrashdi. Ikkalasi Liviyadagi vaziyatni muhokama qilishdi va Liviya parlamentini Sarroj boshchiligidagi milliy birlik hukumatiga ishonch bildirishga chaqirishlarini bildirishdi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xemmond esa 2016 yil 19 fevralda Jazoirga borib bu mamlakat tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra bilan uchrashdi. Jazoirda Xemmond: «Liviyada harbiy aralashuv bu mamlakat boshdan kechirayotgan krizis uchun munosib echim hisoblanmaydi» deb ta’kidladi va bir siyosiy echimni topishga chaqirdi. Jazoir vaziri britaniyalik hamkasbining gapini qo’llab-quvvatlab quyidagilarni aytdi: «Biz harbiy aralashuv Liviyadagi krizis uchun munosib echim deb bilmaymiz. Sarflanayotgan barcha harakatlardan maqsad Liviyaga bitta milliy birlik hukumatini o’rnatish imkonini berishdir, bu hukumat terrorizmga qarshi kurashishda faol bo’ladi…». (Algerian News (Jazoir xabarlari) 2016 yil 19 fevral). Demak Britaniya Frantsiya qo’llovi bilan o’zining regiondagi kuchlarini ham siyosiy amaliyotni muvaffaqiyat qozontirishda va Amerika zo’r berib jar solayotgan harbiy aralashuvga to’siq qo’yishda ishga solmoqda…

Ammo harbiy amaliyotlar bo’lishi kerakligi haqida ba’zi Yevropa davlatlari tomonidan bayonotlar berilayotgani eshitilayotganiga kelsak, ular ehtiyot yuzasidan berilayotgan bayonotlardir, bundan maqsad agar aralashuvdan boshqa iloj qolmasa maydon faqat Amerikaning bir o’zigagina qolib ketmasligidir. Masalan axborot vositalarining yozishicha Britaniya Liviyaga bir harbiy kuchni yubordi. «Afrika portali (Africa Portal)» 2016 yil 12 yanvarda britaniyaning Socialiat Worker saytidan olingan quyidagi xabarni tarqatdi: «Konservatorlar hukumati Liviyaga 1000 britan askarini yubordi. Bu askarlar Davlat tashkiloti kuchlarining oldinga siljishi sababli tahdid ostida qolgan neft maydonlarini mudofaa qilish uchun yuborildi. Britan qirolichasi dengiz kuchlarining bir eskadra minonosetsi ham shimoliy Afrika sohillari tomon yo’l oldi. Ayni vaqtda havo kuchlaridan Liviyadagi nishonlarga qarshi havo zarbalari berish uchun tayyorgarlik talab qilindi». Frantsiyaning «Le Monde» gazetasi esa 2016 yil 24 fevralda quyidagi xabarni tarqatdi: «Maxsus kuchlar bo’linmalari Liviyada Islomiy Davlat ekstremistlariga qarshi yashirin urushda ishirok etadi». Ya’ni Frantsiya zarur bo’lgan taqdirda aralashuvga tayyorgarlik ko’rmoqda. Lekin yashirin ravishda. Frantsiya Amerikaning bir o’zining Liviyaga harbiy aralashuviga yo’l qo’ymaslik uchun Britaniya bilan birgalikda maxsus kuchlarni yuboradi. Frantsiya buni oshkora ravishda qilishni istamadi, balki yashirin ravishda qilmoqchi. Chunki Frantsiya harbiy aralashuvni hozirda Liviyada bir tabiiy va qonuniy narsaga aylantirishni istamaydi. Chunki Frantsiya Britaniya bilan birgalikda siyosiy kelishuvni amalga oshirib hukumat tashkil etilishiga erishishga va bu hukumatni quvvatlashga harakat qilmoqda. Hatto Amerika Yevropani harbiy aralashuv bilan qiyin ahvolga solib qo’yishga urinib, hali u erda, hali bu erda Yevropa tomonidan aralashuvlar bo’lmoqda deb jar solib bayonotlar bergan paytda ham Yevropa ana shu bayonotlarni rad etishga shoshildi: «Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi yakshanba kuni Italiyaning Liviyaga 5 mingga yaqin askarni yuborish niyatida ekanini rad etib, hozirgi shart-sharoitlar Italiyaning bu sobiq mustamlakasida harbiy aralashuv uchun qulay emasligini aytdi. Rentsi tele dialog ko’rsatuvida quyidagilarni aytdi: men bosh vazir bo’lib turar ekanman Italiya Liviyaga bostirib kirish uchun o’sha besh ming askar bilan hech qachon bormaydi». U quyidagilarni qo’shimcha qildi: «Agar aralashuv zarur bo’lib qolsa Italiya aslo ortga chekinmaydi. Lekin bu bugungi vaziyat emas. Besh ming askarni yuborish g’oyasi muhokamaga qo’yilgani yo’q». Rentsi bu bilan Amerikaning Italiyadagi elchisi Jon Filipga rad javobi bergan bo’ldi. Chunki Amerika elchisi «Korrere della Sera» gazetasiga juma kuni intervyu berib «Rim besh mingcha askarni yuborishi mumkin» degan edi». (Manba: News Agencies, Rossiya Segodnya 2016 yil 7 mart)… «Italiya ana shu askarlarni joylashtirishdan oldin Liviya hukumati tomonidan – bu hukumatga parlament ishonch bildirganidan keyin – bo’lgan bir rasmiy talab olinishi zarurligini bildirdi». (Arabiyya 2016 yil 8 mart). Italiya bu bilan Amerikaning Xavfsizlik Kengashi tomonidan va Liviyadagi qonuniy hukumat tomonidan chiqadigan bir qarorni kutib o’tirmay aralashayotganiga ishora qilmoqda.

Bu esa Liviyada ishlar yaqin orada barqarorlashmasligini anglatadi. Shuning uchun Liviyada tinchlikni ta’minlay oladigan yoki barqarorlikni paydo qila oladigan bir obro’li hukumatning paydo bo’lishi kutilmaydi. Juda nari borsa u hech qanday kuch va qudratga ega bo’lmagan uchinchi hukumat bo’lishi mumkin, xolos. Ayniqsa Amerika paydo bo’ladigan har qanday yangi hukumatni kamsitayotgan ekan, shunday bo’lishi tabiiydir: «… Ba’zi bir ekspertlar Tripoli va Tobruq parlamenti a’zolarining milliy birlik hukumatini tashkil etish haqidagi kelishuvni imzolashi mamlakatda uchinchi hukumatdan boshqa natijani bermasligidan, bu esa bo’linish va bosh-boshdoqlik (tartibsizlik) holatini yanada chigallashtirishidan ogohlantirishdi… Qarorgohi Nyu-yorkda joylashgan Amerika tadqiqot markazi «The Soufan Group»ning bir hisobotida quyidagilar bildirildi: «Milliy birlik hukumati tashkil etiladigan bo’lsa bu hukumat o’zaro kurashayotgan ikki hukumatga tobe otryadlar tomonidan bu hukumatning qonuniyligini qabul qilishni rad etilishiga duchor bo’lishi ehtimoldan xoli emas». Hisobot «tug’ilajak hukumat – kuchli ehtimolga ko’ra – uni tashkil qilish kelishuvini imzolashdagi siyoh hali qurimay turib jangga sho’ng’ishi mumkin»ligidan ogohlantirdi. Buni kecha Britaniyaning «Gardian» gazetasi bildirdi…». (Shuruq: 2015 yil 19 dekabr). Shunday qilib demak hukumat hatto tashkil qilingan taqdirda ham u jangchining bir oz dam olishidek narsa bo’ladi, xolos. Shundan keyin kurash yana yangidan boshlanadi. Ko’rinib turgan holat shuki, Amerika bu safar to Liviyada asosiy rol o’ziniki bo’lmaguncha harakat qilishdan aslo to’xtamaydi. Chunki Amerika ilk marta mana shu shaklda o’z malaylariga ega bo’lib olmoqda va uning uchun «Davlat tashkilotiga qarshi kurashish» degan bahona bilan aralashish fursati tug’ildi.

Shunga ko’ra demak Liviyada – to mana shu mustamlakachi davlatlarning changali aralashuvdan qirqib tashlanmaguncha – hech qachon barqarorlik bo’lmaydi. Eng muhim narsa bu yoki u davlatga malaylik qilayotgan mahalliy pastkash yugurdaklarni ag’darib tashlashdir. Bu yugurdaklar sotilib va sotib olinib, ana shu mustamlakachilarga aralashuv bahonasini tayyorlab berishmoqda. Balki bu aralashuvda mustamlakachilarga xizmat ham qilishmoqda va ularning nomidan jang ham qilishmoqda! Shuning uchun xolis, ongli kishilar ajnabiylar aralashuvining har qanday turini barbod qilishga va mustamlakachilarni yurtdan haydab chiqarishga – bu mustamlakachilar evropaliklar bo’ladimi yoki amerikaliklarmi buning farqi yo’q – jiddiy harakat qilmoqlari lozim. Xolis, ongli kishilar mustamlakachilarning barcha echimlarini va loyihalarini rad etishlari, bu echim va loyihalarni uloqtirib tashlashlari, mustamlakachilarning malaylarini ham ag’darib uloqtirib tashlashlari va ishlar tizginini qo’lga olib Alloh hukmini Uning erida o’rnatishga harakat qilmoqlari lozim… Biz Qur’oni Karim hofizlari yurti bo’lmish Liviya ahlida yaxshilik qolmagan deb hisoblamaymiz. Chunki bu yurtda shunday sodiq, xolis er kishilar borki, ular Islom va uning ahliga kek-adovatli ana shu dushmanlarning loyihalarini Alloh izni bilan barbod qilishga qodirdirlar. Zero Kuchli, Aziz Alloh O’z diniga yordam berganlarga albatta yordam beradi.

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ * وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْسًا لَهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُم

«Ey mo’minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo’lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida kadamlaringizni sobit-barqaror qilur. Kofir bo’lgan kimsalar uchun esa halokat bo’lur va (Alloh) ularning amallarini zoe ketkazur» [Muhammad 7-8]

3 jumodus-soniy 1437h

12 mart 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.