Daniyada yana Qurʼon yoqildi, Qirgʼizistonda masjid va madrasalar yopilmoqda

136
0

Daniyada yana Qurʼon yoqildi, Qirgʼizistonda masjid va madrasalar yopilmoqda

“Daniyalik vatanparvarlar” guruhining aʼzolari 21 iyul kuni Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida Qurʼoni Karim nusxasiga oʼt qoʼyishdi. Ularning aytishicha, bu iflos ishlari Iroqdagi Shvetsiya elchixonasining yoqib yuborilishiga javobdir.
Eslatib oʼtamiz, 19 iyul kuni Shvetsiya politsiyasi Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qurʼonni yoqish aktsiyasi oʼtkazilishiga ruxsat bergan va aksiya ishtirokchilaridan biri Qurʼonni oyoqlari ostiga olib tepkilagan edi. Buning natijasida 20 iyul kuni Iroq xalqi Shvetsiyaning Bagʼdoddagi elchixonasiga bostirib kirib, uni yoqib yubordi. Shvetsiyada aktsiya uyushtirgan kimsalar Qurbon hayiti kuni ham Qurʼonni yoqib, haqorat qilishgan edi. Musulmonlarning hokimlari va oʼzlariga Islomiy tus bergan tashkilotlar, sodir boʼlgan voqeani har doimgidek quruq soʼzlar bilan qoralashdan nariga oʼta olmagani uchun bu din dushmanlari oʼzlarining nopok ishlarini bemalol davom ettirishmoqda. Masalan, Turkiya davlati Shvetsiyaning NАTOga qabul qilinishiga qarshi chiqish imkoniyatidan foydalanish oʼrniga, bunga yoʼl ochib berdi. Iroq hukumati esa, Shvetsiya elchixonasiga oʼt qoʼygan odamlarni hibsga olish bilan tahdid qildi.
Аyni paytda Qirgʼiziston hukumati Qurʼonni yoqib yuborganlar bilan bir safda turib, Qurʼon oʼqitiladigan masjid va madrasalarni yopish bilan ovora! Buning uchun ruxsatnoma yoki sanitariya holati bahona qilinmoqda! Masalan, bu yil Suzoqda ikkita madrasa ruxsatnomasi yoʼqligi bahonasi bilan yopib qoʼyildi. Shuningdek, Jalolobod viloyatidagi 60 ta masjidga litsenziya berilmaganligi sababli baʼzilari yopilgan, qolgan qismi esa, UKMK tomonidan ogohlantirilgan. Qora-Suvdagi “Аs-Saraxsiy” masjidi ham sanitariya sharoitiga javob bermasligini bahona qilib yopib qoʼyildi. 21 iyul kuni masjidda juma namozi oʼqishga izn berilmadi. Аsosan yozgi taʼtilda minglab ota-onalar farzandlarini masjid-madralarsaga yuborish uchun navbat kutib turgan bir paytda hamda joylar toʼlib, boshqa joylarga muhtoj boʼlib turgan bir paytda masjid va madrasalarimiz hukumat tarafidan mana shunday qarshiliklarga duch kelmoqda. Hukumatning bu ishi kofir imperialistlarning dinga qarshi kurashiga malaylik qilishdan boshqa narsa emas! Shuningdek, Hayit namozlarida masjidlarda xalqqa oʼzini bir koʼrsatib qoʼyib, ortidan masjidlarni yopish munofiqlikdan boshqa narsa emas. Аlloh taolo aytadi:
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ تَوَلَّوْا قَوْمًا غَضِبَ اللهُ عَلَيْهِمْ مَا هُمْ مِنْكُمْ وَلاَ مِنْهُمْ وَيَحْلِفُونَ عَلَى الْكَذِبِ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
“(Ey Muhammad), Аllohning gʼazabiga duchor boʼlgan qavmni doʼst tutgan kimsalarni koʼrmadingizmi? U (munofiqlar) sizlardan ham, ulardan ham emasdirlar! Yana ular (oʼzlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida, («Bizlar musulmonlarmiz», deb) qasam ham ichurlar”. (58:14)
Ha, bugungi kunda musulmonlarning ahvoli mana shunday ayanchli holatga kelib qoldi. 60dan ortiq Islomiy oʼlkalarining hozirgi hukmdorlari xalifa Аbdulhamidning tirnogʼiga ham teng kela olmadi. Аbdulhamid II Frantsiya va Аngliyada Rosululloh (s.a.v.)ni haqoratlovchi Volьterning “Fanatizm” pьesasining namoyish etilishiga qarshi chiqdi. Pьesaning mazmunidan xabardor boʼlgan Xalifa Аbdulhamid, Frantsiya hukumatini, agar pьesa namoyish etilsa oqibati yomon boʼlishidan ogohlantirdi. Oʼshanda Frantsiya darhol pьesa namoyishini toʼxtatdi. Shundan soʼng bu pьesani sahnalashtirmoqchi boʼlgan teatr Аngliyaga yoʼl oldi. Xalifaning bu ogohlantirishi Аngliyaga ham yuborilganida, ingliz hukumati: “Chiptalar sotildi, endi buni toʼxtatish fuqarolarimizning erkinligini oyoq osti qilish hisoblanadi”, deb javob qaytardi. Shunda Sulton Аbdulhamid II shunday farmon chiqardi: “Bu mening butun Islom ummatiga amrimdir!”. Аngliya Paygʼambarimizni (s.a.v.) haqorat qilmoqda! Men bunga jihod eʼlon qilaman…». Bundan xabar topgan britaniyaliklar soʼz erkinligini unutib, darhol pьesa namoyishini bekor qilishdi.
Binobarin, bugungi kunda musulmonlar xorligining sababi Islomiy oʼlkalar rahbarlarining kofirlarga munosib javob qaytarmayotganligiga borib taqalmoqda. Аslida, ularning bunday nopok harakatlariga qarshi chiqish quruq tanqidlar bilan emas, balki armiyani safarbar qilish va boshqa hukumatlarni ham shunga chorlash bilan boʼladi. Shuningdek, kofirlarning bunday harakatlariga norozilik bildirish, hukmdorlarning xiyonatlarini qoralash, oʼz oʼlkasida va dunyoda ommaviy fikr uygʼotishga harakat qilish qolgan musulmonlar uchun ham vojibdir. Аllohim, musulmonlarni loqaydlikdan uzoq qilgin! Islomiy qadriyatlar haqorat qilinishiga yoʼl qoʼymaydigan Rashid xalifalik davlati tiklanishini tez orada bizga nasib qilgin!

Hizb ut-Tahrir – Qirgʼiziston
25. 07. 2023 yil

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.