Qirg’iziston iqtisodiyoti reytingi past deb baholandi

900
0

Standard & Poor’s (S&P) xalqaro reyting agentligi Qirg’iziston iqtisodiyoti Rossiyaga qaramlikning yuqoriligini ko’rsatgan holda, bu mamlakat reytingini B/B darajasida ekanini tasdiqladi. Bu haqda “Finmarket” xabar beradi.

Agentlik ekspertlarining ma’lumotlariga ko’ra, Qirg’iziston byudjeti tanqisligi 2016-2017 yillarda 4,5 foiz YaIMgacha o’sishi mumkin, davlat qarzi esa yaqin yillarda YaIMning 70 foiziga etish ehtimoli mavjud.

Mamlakat tashqi savdosining uchdan biri Rossiyaga to’g’ri keladi. Xorijdan o’tkaziladigan pullarning aksariyati ham Rossiyadan kirib keladi.

“Qirg’iziston umumiy davlat qarzi bir yilda 1,3 foizga oshib, 2016 yil avvali holati bo’yicha 3,695 milliard dollarni miqdorida bo’lgan”, deb ma’lum qilgan edi Qirg’iziston moliya vaziri Odilbek Qosimaliev.

Turkiston:

Qirg’iziston singari agrar mamlakatlar mavjud kapitalistik tuzumga asoslangan xalqaro global olamiy sistemaning qonun qoidalariga rioya qilgan holida borar ekan, hech qachon iqtisodiy rivojlana olishmaydi.

Qirg’iziston mamlakati hududining ¾ qismi tog’lardan iborat bo’lganlini va qolgan tekislik qismining yarmidan ko’pi ekin uchun yaroqsiz ekanligini hisobga olinsa, Qirg’iziston agrar davlat bo’lishga ham yaroqsiz hisoblanadi. Xuddi shu sababga ko’ra hozir Qirg’iziston YevroAzes tashkilotiga qo’shilishi bilan, avvalo uni chorvachilik mexanizmi o’lib borayapti. Chunki go’sht mahsulotining tannarxi chorvachilik hayvonlari uchun tekislikka ekiladigan ozuqalarning miqdoriga va tannarxiga bog’liqdir. Qozog’iston yoki Rossiyani olganimizda ham, chorva emishlari uchun ekin maydonlari va sharoitlari juda keng bo’lgani uchun, go’sht mahsulotlarining tannarxi arzonlab borayapti. Shundan kelib chiqib, Yevro Osiyo ittifoqiga qo’shilayotib, biz umid qilgan go’sht eksporti haqidagi orzularimiz puchga chiqdi. Natijada Qirg’iziston fuqorolari hatto chorvachilik sohasida ham inqirozga uchramoqda.

Endi, olamiy global boshqaruv sistemasining shu kundagi holatimizdagi roli haqida.

Og’ir sanoatni o’zlarida ishlab chiqarmaydigan davlatlar og’ir sanoati taraqqiy etgan katta davlatlarga iqtisodiy tobe’ bo’lib qolaveradi. Chunki og’ir sanoat stanoksozlikka asoslangan bo’lib, barcha ishlab chiqarish tarmog’i uchun sharoit yaratib beradi. Natijada o’zidagi barcha hom ashyoni qayta ishlash uchun davlatning o’zida imkoniyat paydo bo’ladi. U olam bo’ylab investitsiya izlab yurmaydi. Byudjetini to’ldira olmay, tilamchi singari yirik davlatdarga bosh egavermaydi.

Shuni yaxshi anglagan olamiy sistema etakchilari butun olamni iqtisodiy global (markazlashtirilgan) sharoitlarda ushlab turish mexanizmini ishlab chiqishdi. Ular olamiy tashkilotlarning deyarli hammasini shu qoida asosida tashkil etishadi. BMT tashkiloti shularning eng kattasi hisoblanib, u olamdagi agrar davlatlarini sanoatlashmasliklari uchun rezolyutsiyalar qabul qilib, ularni shu qonunlariga itoat qilishlarini nazorat qilib keladi.

Qirg’iziston elitasi esa, butun iqtisodiy krizis holatimizda ichki sistemani yoki etakchilikdagi mexanizmni noto’g’ri tuzulganidan izlayverishadi. Ular xarqaro iqtisodiy sistemaning shu krizisdagi roli haqida gapirishdan qo’rqishadi. Yuqoridagi xalqaro stotistik tashkilotlar esa, Qirg’iziston kabi davlatlarni iqtisodiy muammolarini va dunyodagi tutgan o’rinlarini e’lon qilishib, bu mamlakatdagi elita vakillarini bir birlariga bo’lgan raqobatlarini kuchaytirishmoqchi bo’lishadi.

Qirg’izistonning iqtisodiy holati va uning kelib chiqish oqibatlari, mahalliy muammolardan emas, balki aynan shu fikrning ularda ustivor ekanligidandir. Ya’ni, etakchi siyosatchilarimiz iqtisodiy muammolarning kelib chiqishi va ularni bartaraf qilish mamlakatimizning ichki boshqaruv mexanizmlarini o’zgartirish bilangina amalga oshadi, degan noto’g’ri tasavvurlarida. Hatto o’quv programmalarimiz ham xuddi shu buzuq fikr asosidagi ilim programmalari asasiga qurilgan.

Shundan kelib chiqib, iqtisodiy muammolarimizni ro’ykach qilishib, kufr sistemasi egalari bizlarni bir birlarimiz bilan hukm talashib urishaveradigan siyosiy zaif shaxsiyalarga aylantirib olishdi. Har safar hokimiyatni ag’darib, uning etakchilarini almashtiraveramiz, natijasida esa mamlakatning iqtisodiy va siyosiy holati toboro tubanlashib borayapti. Asosiy muammo aniqlanib, siyosatchilarimiz buni anglab etishmas ekanlar, biz xuddi boylangan buzoq singari qoziq atrofida yugurib, holdan toyib boraveramiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.