Tamim: Yahudiylar bizga dushman emas

689
0

Dubay milliy xavfsizlik xizmati boshlig’ining muovini Dahi Kalfan Tamim yahudiylar rahnamoligida muqaddas tuproqda “yahudiy-arab” davlati barpo etish lozimligini ta’kidladi. Tamimning da’vo qilishicha, shu vaqtgacha arablar rahnamoligida Falastin davlatini barpo etish harakatlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan.

Shuningdek, Kalfan Tamim o’zining “Twitter” ijtimoiy tarmog’idagi shaxsiy sahifasida Isroil davlati o’zlari uchun dushman emasligini bildirdi. Uning qayd etishicha, Isroil faqatgina mustaqil Falastin davlati tiklanishini qo’llab quvvatlamaydi xolos.

Kalfan Tamim Eron hukumati Falastin masalasidan tijorat sifatida foydalanib kelayotganligiga alohida urg’u berib, Falastin davlatini barpo etish imkonsiz ekanligini olg’a surdi. Tamimga ko’ra, yahudiylar rahnamoligida quriladigan “yahudiy-arab” davlati bir tarafdan tinchlikni yuzaga keltirsa, ikkinchi tarafdan esa boshqaruvda muvaffaqiyat qozonadi.

Yaqin Sharq muammolari haqida ham to’xtalib o’tgan Tamim dushmanga qarshi Isroil bilan hamkorlik qilishga chaqirdi. Ammo u dushman kim ekanligi haqida og’iz ochmadi. “AQSh ham Isroilga yaqinroq bo’lishga harakat qilmoqda. Butun dunyo bir-biriga yaqin bo’lish uchun harakat qilayotgan bir paytda nega biz dushmanlarimizga qarshi Isroil bilan hamkorlik qilmasligimiz kerak?”, dedi Tamim.

Biroq Tamimning so’zlariga izoh bergan izdoshlari uning og’zidan chiqqan “dushman” so’zi Eronga ishora ekanligini bildirishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.