Vatikan dinlararo dialog loyihasini jadallashtirmoqda

538
0

Vatikan dinlararo dialog loyihasini jadallashtirmoqda

“Robita” nomli jahon islomiy ittifoqi bilan Vatikanning “dinlararo dialog” kengashi oʻrtasida protokol imzolandi. Protokolga koʻra, Islom va xristianlik oʻrtasida umumiy maqsadlar borasida doimiy majlis tashkil etish nazarda tutilgan. Mazkur protokol “Robita” bosh kotibining Vatikanga tashrifi va uning ortidan Vatikanning “dinlararo dialog” kengashi raisining Saudiya Arabistoniga tashrifidan soʻng imzolanishi eʼtiborga molikdir.

Tomonlar oʻrtasida imzolangan protokolda qayd etilishicha, Musulmonlar bilan nasroniylar oʻrtasidagi munosabatlar yanada samarali boʻlishi lozim. Buning uchun “Robita” va Papa kengashi oʻrtasida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Xristian dunyosida muhim rol oʻynash papa kengashiga, Islom dunyosida muhim rol oʻynash esa “Robita” zimmasiga yuklatilgan. Ikki din vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan majlislar Italiya poytaxti Rimda va “Robita” tarafidan belgilangan biror shaharda boʻlib oʻtadi.

Shuningdek protokolda keltirilishicha, muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladigan birinchi uchrashuv matbuotga ochiq boʻladi va uchrashuv oxirida qoʻshma deklaratsiya eʼlon qilinadi.

Bundan avval Vatikanning dinlararo dialog boʻyicha rahbari Jan-Lui Tauran Saudiya qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan uchrashgan edi. Ayni zamonda Saudiya Arabistoni rasmiylari va xristian dini vakillari oʻrtasida bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Saudiya Arabistoni jamiyatini oʻzgartirish uchun “moʻʼtadil Islom” versiyasini targʻib qilayotgan Shahzoda Muhammad bin Salmon ham oʻtgan oyda Londonda Anglikan cherkovining raisi bilan uchrashib, mahalliy islohotlarning bir qismi sifatida dinlararo diologni ragʻbatlantirishga vaʼda bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.