Qirg’iziston tashabbusi bilan KXShTning navbatdan tashqari yig’ilishi boshlandi

1007
0

O’zbekiston chegarachilari 18 mart kuni Qirg’iizstonning Axsi tumaniga yaqin erdagi qirg’iz-o’zbek chegarasidagi bahsli hududga harbiy texnikalar bilan kirib kelib, chegara posti o’rnatgan va bahsli hudud orqali o’tgan Karvon-Olabuqa yo’lidan qatnagan yo’lovchilarning hujjatlarini tekshira boshlagan edi.

O’zbekiston hukumatining bu harakati ortidan Qirg’iziston chegara xizmati ham bu hududga ayni sondagi texnika va chegarachilarini joylashtirigan, Qirg’iziston tashqi ishlar vazirligi esa rasmiy Toshkentga norozilik notasini jo’natgan edi. Biroq oradan kunlar o’tgan bo’lsa ham o’zbek hukumati bu notaga javob qaytarmadi. Ikki davlat rasmiylari olib borgan muzokaralardan so’ng erishilgan natija, harbiylar sonini 8tagacha qisqartirishga erishish bo’ldi.

Qirg’iz-o’zbek chegarasida vujudga kelgan vaziyat ortidan 22 mart kuni Moskvada Qirg’iziston tashabbusi bilan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining doimiy kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi.

KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinovning xabar qilishicha, KXShT doimiy kengashining yig’ilishi Bishkek vaqti bilan 14:30 boshlandi. Unda tashkilotga a’zo davlatlarning doimiy vakillari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda Qirg’izistonning KXShT doimiy va vakolatli vakili Omon Mambetasanov tashkilotga a’zo davlatlarga qirg’iz-o’zbek chegarasidagi vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Yig’ilish 23 mart kuni ham davom etishi ma’lum qilindi.

O’z navbatida Qirg’izistondagi muxolifat vakillari qirg’iz-o’zbek chegarasida vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib, 22 mart kuni Axsida tinchlik mitingini o’tkazishdi. Mitingda Qamchibek Tashiev, Azimbek Beknazarov, Bektur Asanov, Qubanchbek Qodirovlar qatnashishdi.

Mitingda ayrim muxolifat vakillari chegaradagi vaziyatni izga solish uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va KXShT kabi xalqaro tashkilotlar ishtirokini ta’minlash zarurligini taklif qilib chiqishdi. Shuningdek, Qirg’iziston va O’zbekiston o’rtasidagi chegara yuzasidagi kelishmovchiliklarni xal qilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni vositachi bo’lishga chaqirish taklif qilindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.