Xitoy harbiy delegatsiyasi Moskvaga keladi.

317
0

00

Xitoy xalq armiyasi Bosh shtabi boshlig’i general-polkovnik Fae Fenxuey etakchiligidagi harbiy delegatsiya ish tashrifi bilan bugun Moskvaga keladi. Bu haqda Rossiya mudofa’a vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vakillarning Rossiya mudofa’a ministri Sergey Shoygu bilan uchrashuvi va Rossiya harbiy kuchlari Bosh shtabi boshlig’i armiya generali Valeriy Gerasimov bilan so’zlashuvlari 1 iyulga rejalashtirilgan. Rossiya mudofa’a vazirligi rahbariyati bilan Xitoy xalq armiyasi Bosh shtabi boshlig’i ikki mudofa’a muassasasi harbiy hamkorligining holatini va kelajakdagi imkoniyatlarini ko’rib chiqadilar. Shuningdek ular mushtarak harbiy-dengiz mashqlariga hamda antiterror shtab-boshqaruv mashqlariga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar. Ikkitomonlama manfa’at kasb etuvchi mintaqaviy hamda global xavfsizlikka oid qator masalalar xususida fikr almashuvi ham kutilmoqda.

Turkiston:

Xitoyning harbiy yurishi, yoki mustamlaka qilish sari qo’yishi mumkin bo’lgan har qanaqangi qadami, dunyoda xalqaro siyosatni o’zgarishiga olib kelishi, yoki allaqachon o’zgara boshlaganidan darak beradi.

Chunki etakchi davlatlar aro yashirin kelishuvlar mavjud bo’lib, unga ko’ra xitoy iqtisodiy o’nikishiga ochib berilgan sharoitlar evaziga boshqa davlatlarni mustamlaka qilishdan voz kechgan. Yuqoridagi xarakatlari esa, Rossiya tomonidan uni tortayotgan provokatsiyasi bo’lib, bunga xalqaro sistemaning zaiflashib borayotgani va dunyo taqsimoti yangidan shakllanishi mumkinligi turtki bo’ladi. Xalqaro tizimdagi o’zgarishlar ham ana shu xozirda mavjud kelishimlarning buzulishi bilan bo’ladi.

AQSh Xitoyning dunyoda eng katta iqtisodiy hamkori va umuman Xitoy iqtisodining tashqi aloqalariga ta’sir ko’rsata oladigan davlat qatori, uning iqtisodiga hujum qiladi. U bosim qilib Xitoy mollariga birin ketin baykot e’lon qilishni boshlaganida, ba’zi bir AQShga tobe’ bo’lmagan davlatlar, yoki bu mollarga alternativ boshqa mollar topilmasligi oqibatidan, davlatlar birin ketin bu xalqaro embargo qiluvchi qonunlardan voz kecha boshlashadi.

Xitoyning xalqaro siyosatga harbiy yoki siyosiy mutamlakachi bo’lib borishi, Rossiya tomonidan uyushtirilayotgan va ko’proq uning xayotiy manfa’atlariga bog’liq. Shuning uchun yaqin kelajakda Rossiyaning parchalanishi yoki oxirgi mustamlakasi bo’lgan Markaziy Osiyodagi ta’sirining bar’am topishi, bu ittifoqqa yakun yasaydi. Lekin Xitoyni O’rta Osiyoga bo’lgan qiziqishiga emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.