Eron-Turkiya munosabatlarida to’siqlar olib tashlandi

425
0

Shanba kuni Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo’g’li Tehronda so’zlashuvlar o’tkazdi. So’zlashuvlarda asosiy e’tibor ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga hamda neft, gaz, energetika, transport, turizm, bojxona va bank masalalariga oid hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Ayniqsa, savdo ayrboshlash hajmini yiliga 30 milliard dollarga ko’tarish uchun barcha to’siqlarni olib tashlash mexanizmi muhokama qilindi.

«O’rta Sharqdagi qardoshlarimiz o’rtasidagi jangga barham berish hamda irqiy va mazhabparastlik nizolarini to’xtatish uchun birgalikda harakat qilmog’imiz lozim», dedi Dovudo’g’li Eron prezidenti o’rinbosari Ishoq Jahongiriy bilan birga o’tkazgan matbuot konferentsiyasida. Keyin «dunyoqarashlarimiz ba’zan ziddiyatli ham bo’lmoqda, biroq biz o’tmishdagi tariximizni yoki jug’rofiyamizni o’zgartira olmaymiz», deya qo’shimcha qildi.

Turkiya bosh vaziri bevosita mushtarak sarmoyadorlikning oshirilishiga umid qilar ekan, «chunki bizning maqsadlarimizga etishimizga to’siq bo’lib kelgan xalqaro sanktsiyalar olib tashlandi, bu esa o’tmishda ko’zlaganimiz ikkitomonlama savdo hajmini yiliga 30 milliard dollarga etkazishimizga qulaylik yaratadi», dedi. Ma’lumki, Turkiya statistika instituti ikki davlat o’rtasidagi savdo ayrboshlash hajmini 2015 yilda 9.7 milliard dollar qilib belgilagan edi.

Turkiya Eronga asbob-uskunalar, avtomobillar, temir va po’lat mahsulotlari eksport qiladi. Eronning Turkiyaga qiladigan eksportining 90 %ini neft va gaz tashkil qiladi. Eronning Yevropagacha cho’zilib boruvchi gaz quvuri liniyasi Turkiyadan o’tadi.

 Jahongiriy ham Dovudo’g’li bayonotini qo’llab-quvvatlab, «Regional masalalarda oramizda ziddiyat bor, lekin biz Eronga ham, Turkiyaga ham foydali bo’lgan mintaqa barqarorligini ro’yobga chiqarish uchun o’zaro yaqinlashuv omillarini yaratishga qaror qildik», dedi. «Terroristik tashkilotlarning mavjudligi mintaqa xavfsizligi va tinchligini izdan chiqarmoqda», deya qo’shimcha qildi. Dovudo’g’lining bosh vazir lavozimini egallagandan beri uning Tehronga qilgan ilk safari «alohida ahamiyat kasb etishini hamda Eron bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarda asosiy burilish yasashini, bu ikki davlat Turkiyadagi Adolat va Taraqqiyot partiyasining hokimiyatga chiqqanidan beri doimo yaxshi qo’shnichilik aloqalarida bo’lib kelganini»ni bildirdi. (Hayot gazetasi).

Roya gazetasi sharhi:

Adolat va Taraqqiyot partiyasi hukumati davrida bayonotlarga zid ishlarning amalga oshirilishi Turkiya hukmdorlarining eng muhim sifatlaridandir. Ular qarshilik ko’rsatuvchi va kurashga chorlovchi pozitsiyani e’lon qila turib birdan bu pozitsiyaga zid ishlarni amalga oshiradilar. Eron bilan bo’lgan munosabatlarga doir bayonotlari ham shular jumlasidandir. Anchadan beri Turkiya hukmdorlari Eronga qarshi tilda hujumi qilib, Eronning mintaqadagi, xususan, Suriyadagi siyosatini, o’z jangarilari bilan birga Suriyada musulmonlarni qirg’in qilayotganini tanqid qilib keldi. Keyin hech qancha vaqt o’tmayoq, kutilmaganda Turkiya bosh vaziri Eronga safar qildi… Turkiya bosh vazirining bu safari amalga oshirilishidan bir necha kun oldingina e’lon qilindi. Dovudo’g’li safari chog’ida «Eron bilan Turkiya o’rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar mavjudligi hamda ikki davlat o’rtasidagi savdo aloqalari saviyasini ko’tarish zarurligi, Suriya bilan bog’liq ziddiyat ikkala tomon o’rtasidagi munosabatlarni buzishi mumkin emas»ligi haqida gapirdi. Shubhasiz, Turkiya rahbarlari bilan Eron rahbarlari o’rtasida farq yo’q. Chunki ular Islomni tatbiq etmaydilar, G’arbning islomiy yurtlardagi siyosatini amalga oshiradilar. Ularning bir-biridan uzoqlashishi ham, yaqinlashishi ham musulmonlarga yaxshilik keltirmaydi, balki bu faqat Islom va musulmonlar dushmanlari foydasiga xizmat qiladi. Eron bilan Saudiya o’rtasidagi munosabat ham xuddi shunday.

Roya gazetasining 2016 yil 9 mart chorshanba kungi 68-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.