Qozog’iston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kuchaytiradi

441
0

Qozog’iston parlamenti yuqori palatasi Yevropa Ittifoqi bilan keng hamkorlik aloqalari haqidagi kelishuvni tasdiqlash to’g’risida qaror qabul qildi.

Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisovning so’zlariga ko’ra, kelishuv siyosiy muloqotni mustahkamlash, tashqi siyosat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, xavfsizlik, kosmik xavfsizlik, ommaviy qirg’in qurollari tarqalishiga qarshi kurashish, nizolarning oldini olish va aksilterrorni nazarda tutadi.

Vazirning qayd etishicha, yangi kelishuv hujjatida “evropalik hamkorlarimiz uchun barqarorlikning qo’shimcha kafolatlarini taqdim etuvchi savdo bo’limi Qozog’istonga xorij sarmoyadorlarini yanada ko’proq jalb etishga zamin yaratadi”.

Turkiston:

G’arb Rossiyaga nisbatan yoki umuman olganda davlatlar bir birlariga nisbatan ikki frontta, ikki xil muomilada ish olib borishadi.

Birinchisi, olamiy islomiy mabdaiy harakatga qarshi: – bunda ular hamkorlik, bir birini to’ldiruvchi o’zaro paralell amaliyotlar va umumiy manfaat ustidagi strotegiyalar asosida harakatlanishadi. Misol uchun, Suriyadagi musulmonlarning inqilobiy xalq harakatlariga qarshi birlashgani kabi. Yoki Qirg’iziston singari kichik mamlakatlarda o’zlari ekstremizm va terrorizm deb atab olishgan islomiy harakatlarga qarshi kurash maqsadida va islomiy qadriyatlarni rivojlanib borishini oldini olish maqsadida ajratiladigan olamiy mablag’lar to’planadigan jamg’armalar ham misol bo’lishi mumkin. Bu jamg’armalar ularning hammasining ma’qulligi va roziligi asosida yig’iladi va islomiy mamlakatdagi malay hokimiyatlariga tarqatilib turiladi.

Ikkinchisida esa, har biri o’z manfaatlaridan kelib chiqib, har xil va ko’pincha bir birlariga qarshi yoki tomon tomonlarga bo’linishib olib harakatlanishadi. Ukrainani tortib olishdagi G’arb bilan Rossiya o’rtalaridagi kurash singari. Bunga Gruziyada bo’lib o’tgan rangli inqilob, deb nomlab olishgan qo’zg’alonlar misol bo’la oladi. Bu ishlarning barchasi kufr etakchi mamlakatlarining bir birlariga qarshi o’z manfaatlari yo’lida guruhlarga bo’linib amalga oshirishgan yirik amaliyotlari jumlasiga kiradi.

Qozog’istondagi yuqorida imzolanayotgan bitimlarni va tayorlanayotgan strotegik hamkorliklarning hammasini mustamlakachi mamlakatlarning ikkinchi frontdagi faoliyatlari sirasiga kiritish mumkin. Bu ularning bir necha yillardan buyon Rossiyani holsizlantiish uchun hamkorlikda olib borishgan iqtisodiy va siyosiy bosimlarining yakuniy qismi desa bo’ladi. Ya’ni, AQSh boshchiligida YeIga a’zo davlatlarning deyarli hammasi bir bo’lib, Rossiyani iqtisodiy qamal qilishdi. Oqibatida Putin Rossiyaning taqriban 900 milliard dollorga teng jamg’arma fondini tugatib borayapti.

 Rossiya holdan toyib borayapti. U birin ketin o’zining strotegik ahamiyatli mustamlaka mamlakatlaridagi o’rinlarini yo’qotib borayapti. Chunki olamiy kufr sistemasida mustamlakachi davlat qo’l ostidagi mamlakatlar bilan har bir sohada hamkorlik qila olishi va uni kashshoqlik darajasiga tushib qolishiga yo’l bermaslik uchun unga mablag’lar yoki imtiyozli qarzlar berib tura olishi muhim ahamiyatli ishlardan hisoblanadi. Oxirgi vaktlarda Rossiya nafaqat tashqi mustamlakalari bilan, balki ichki iqtisodiy aloqalarini ham bir oz izdan chiqarib yubordi. YeI Rossiyaning aynan shu holatidan foydalanib qolmoqchi bo’ladi. Ilgariroq YeI Qirg’izistonga ham bir qator iqtisodiy imtiyozlar berib yuborgan edi. Bunda ham, Rossiyaning chekinishi oqibatida ochiq qolib borayotgan barcha iqtisodiy tarmoqlarni to’ldirish imkoniyati paydo bo’lib borayotganligida, vaziyatdan YeI foydalanib olmoqchi bo’layapti.

Bundan tashqari Xitoy ham shu kunlarda “ShOS” tashkilotini o’z qo’liga olib, Rossiya boshchilik qilgan “ODKB “ tashkilotiga qarshi bir qator bayonotlar tarqatdi. “ODKB” O’rta Osiyo mintaqasining xavfsizligini ta’minlashda etarli quvvatga ega emas. Shuning uchun Xitoy “ShOS” tashkilotining xavfsizlik tarmog’ining mintaqadagi ta’sir quvvatini kuchaytirish kerak, deydi.

Rossiya Tojikistonda qolgan harbiy bazasini kuchaytirishga kirishdi. U hozir iqtisodiy, saqofiy va siyosiy mustamlaka qilish sohalarining birortasida ustivor holatda emas. Vaziyat esa, kapitalistik kufr sistemasining tabiatiga ko’ra, xuddi o’rmon siyosati singari yiqilib borayotganlarni suyab qo’yilmaydi. Aksincha, ularni o’ldirish va eb yuborish payiga tushushadi.

Qozog’iston Rossiyaga ishonmaydi. Undan qo’rqadi. Chunki Putin Suriyadan chiqib borishi bilan yangi urush maydoni qidira boshladi. Qozog’iston xuddi Ukraina va Belorusiya singari urush paydo qilish uchun o’ta qulay mintaqa hisoblanadi. U erda haligacha rus saqofati o’ta kuchli saqlanib qolgan. Buni bilgan Nazarbaev kiril alifbosidan lotin alifbosiga o’tishga harakat qilyapti. Bu Rossiyaning saqofiy mustamlakadan qutulishning asosiy va avvalgi qadamlaridan hisoblaniladi. Bundan tashqari Qozoq hukumati Rossiya telekanallarini ham qisa boshladi. Endi esa, G’arb mamlakatlarini o’ziga jalb qilib, ularni strotegik hamkor qilib olish bilan, o’z mintaqasida ularning ham manfaatlari bo’lishi uchun harakat qilayapti. Bu Qozoqlarga Rossiyadan xavotirlarini bir oz bo’lsa ham kamaytiradi degan umid beradi. Chunki YeI, Xitoy va AQSh kabi mamlakatlar o’z investitsiyalarini olib kirishi bilan, o’z moddiy manfaatlarini himoya qilishga harakat qilishlari ham tabiiy holat. Xalqaro siyosatda ular Rossiyadan ancha ildamlab borishayapti. Demak ular Rossiyaga bosim bera olish quvvatiga ega.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.