Suriya muxolafati: de Mistura bizga bosim o’tkazmoqda

418
0

Suriya muxolafati hozirda yangi partiyalarni navbatdagi Jeneva muzokaralarida ishtirok etishga chaqirish orqali muxolafatga «bosim o’tkazishga urinishlar» bo’layotganini qat’an qoraladi hamda o’tish davri hay’ati haqida gapirish o’rniga, Suriya yangi hukumati haqida so’zlar bo’layotganini qattiq tanqid qildi.

Suriyaning sobiq madaniyat vaziri, hozirda muzokaralar oliy hay’ati mutbuot voizi Riyoz Na’son Ag’a shanba kuni «Hadas» kanaliga intervyu berdi. Intervyu chog’ida BMTning Suriyadagi vakili Stefan de Misturaning yangi partiyalarni Jeneva muzokaralarida ishtirok etishga chaqirish bilan muxolafatga bosim o’tkazmoqchi bo’layotganini ta’kidladi.

Uning izohlashicha, de Misturaning bunday qadami ortida – muzokaralarda ishtirok etishga tayyor boshqa partiyalar ham bor, degan ma’no yotadi.

Riyoz Na’son Ag’a de Misturaning biz Jenevada saylovlarni muhokama qilamiz, degan so’zlaridan hayron qolganini bildirar ekan, uning bunday takliflari muzokaralarni barbod qilishini va muxolafatning Jenevaga bormaslikka undashi mumkinligini ta’kidladi. Bu bosqichda saylovlar emas, o’tish davri hay’ati haqida mubohasa qilish muhimroq ekanini qattiq urg’uladi. (Arabiyya net).

Roya gazetasi sharhi:

Muxolafat delegatsiyasining bosimga uchrashi birinchisi emas. Shuningdek, Suriya muzokaralari oliy hay’ati, deya nomlangan hay’at a’zolari ham birinchi marta shunday bayonot bilan chiqmayapti. Ular o’z bayonotlarida bosimga uchrayotganini, qurolli guruhlarga tahdid qilinayotganini, jumladan, Jon Kerri ularni muzokaralarga borishga va Amerika loyihalariga itoat qilishga majbur qilganini aytib keladi. Biroq, shunga qaramay, bu hay’at Amerika shartlarini qabul qilishda davom etmoqda. Amerika bosimlari haqidagi gaplarini esa go’yo – biz muzokaralarda qattiq bosimlar ostida qatnashishga majbur bo’lyapmiz, deya Shom ahlini aldamoqda. Agar bu hay’at a’zolari rostgo’y bo’lib, Shom ahliga nisbatan va ular bergan qurbonliklar oldida xolis turganlarida edi, hay’atni tarqatib yuborishgan va muzokaralardan qutulishgan bo’lardilar. Lekin qayoqda ham bunday qilishsin, axir, ular Amerika va unga tobe davlatlarning qo’g’irchoqlariku?!

Roya gazetasining 2016 yil 9 mart chorshanba kungi 68-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.