Qozog’iston parlamenti quyi palatasiga saylovoldi tashviqot kampaniyasi boshlandi

432
0

Qozog’iston milliy parlamentining quyi palatasi – Majilisga deputatlar saylash bo’yicha siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot kampaniyasi boshlanmoqda. Majilisda o’ringa ega bo’lish uchun mamlakatda qayd qilingan 7 partiyadan 6 tasi kurashni boshladi, bu partiyalar: “Nur Otan” (Vatan nuri), Qozog’iston kommunistik xalq partiyasi, “Ak jol” (Oq yo’l) demokratik partiyasi, “Birlik” partiyasi, Umummilliy sotsial-demokratik partiya va Xalq-demokratik vatanparvarlik partiyasi “Aul” (Ovul).

Partiya ro’yxatlariga kiritilgan nomzodlarning umumiy soni 234 nafarni tashkil qildi. Nomzodlarning o’rtacha yoshi 52 yoshni tashkil qildi, eng yosh nomzod esa 26 yoshda. Qozog’iston Markaziy saylov komissiyasida ma’lum qilinishicha, nomzodlardan 187 nafarini (79,9 foiz) erkaklar va 47 nafarini (20,1 foiz) ayollar tashkil qilmoqda. 233 nafar nomzod oliy ma’lumotga ega. Nomzodlardan har to’rtinchisi muhandis, har beshinchisi iqtisodchi yoki huquqshunos. Barcha nomzodlar qonunchilik va konstitutsiya talablariga mos kelish bo’yicha tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o’tganlar.

Turkiston:

Qozog’istonni 27 yildan beri boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboev o’tgan yili muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o’tkazishga “ruxsat” bergan va bunga asosiy sabab sifatida “2016 yilda prezidentlik va parlament deputatligiga saylov o’tkazilishi rejalashtirilgani, ammo konstitutsiya bir yilda ikkita saylov o’tkazishga yo’l bermasligi” munosabati bilan prezidentlik saylovini muddatidan oldin o’tkazishga qaror berganini aytib o’tgan edi.

Aslida esa shoshilinch va muddatidan oldin prezidentlik saylovini o’tkazishga Qozog’iston iqtisodida boshlanayotgan inqiroz va bu inqirozni oddiy xalq o’z turmushida his qilib ulgurmasidan oldin o’tkazib olishga bo’lgan urinish edi. Tashqi qarz evaziga farovon yashashga ko’nikib qolgan xalq esa bunday qiyinchiliklarni ko’tara olmasligi va ommaviy norozilik to’lqini chiqib ketishi mumkin edi. Nazarboev esa bunday tartibsizliklar vaqtida xalqdan saltanat so’rashni va o’ziga yana bir bor ishonch bilrishilarini so’rashni xohlamas edi. Qozog’iston Rossiya etovidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bir a’zosi bo’lganligidan Rossiyaga qarshi qo’llana boshlangan jazo choralari unga ham o’z ta’sirini o’tkazishi aniq edi.

Bundan tashqari qozoq hukumati milliy valyuta tenganing qadrini saqlab qolish uchun o’n millardlab dollar sarflashiga qarmay buni uddasidan chiqa olmadi, qadrini saqlash uchun yana ortiqcha mablag’ sarflashni esa iqtisod ko’tarmaydigan holga kelib qolgan edi. Shu sababli ham hukumat tangani erkin suzuvchi holtda qo’yish kerak degan qarorga keldi. Bunday qilishdan oldin esa prezidentlik saylovi o’tkazib olishga qaror qildi. Muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari o’tishi bilan tenganing qadri ikki barobardan ortiqroqqa qadrsizlanib ketdi.

Bundan tashqari bugungi kunda Qozog’istonning tashqi qarzi 155 milliard dollardan ko’p bo’lib, ertami kechmi buni qaytarishi kerak bo’ladi. O’zi shundoq ham AQSh dollaridan ipoteka kreditlarini olgan Qozog’iston xalqida norozilik alomatlari kundan-kunga ziyoda bo’lib boryapti. Uzoq yillardan beri hokimiyat tepasida turgan va “ertaga qichishadigan joyini” bugun qashib qo’yishga usta bo’lib ketgan Nazarboev endilikda 2016 yil 20 mart kuni muddatidan oldin parlament saylovlari o’tkazishga qaror qildi. Chunki xalqning yashash darajasi yanada tubanlashadi. Bu esa o’z navbatida bir qator noroziliklarni keltirib chiqaradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.