Javd Rizvon Rizaonning istixora namozi to’g’risidagi savoliga javob

1642
0

Savolga javob

Javd Rizvon Rizaonning istixora namozi to’g’risidagi savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum. Men istixora namozining qandayligini bilmoqchi edim. Istixora qilayotgan (yaxshilikni so’rayotgan) kishi istixora namozidan so’ng tushida biror narsa ko’radimi? Savolim javobi tezroq bo’ladi degan umiddaman, Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Nabiy A ushbu hadisda istixora namozini to’la-to’kis, izohga hojat qoldirmay bayon qildilar:

Imom Buxoriy va boshqalar Jobir ibn Abdulloh Hdan rivoyat qiladilar: Jobir aytadiki, Rosululloh A bizga bunday deya hamma ishlarda istixora qilishni xuddi Qur’on surasidan o’rgatganlari kabi o’rgatardilar:

«إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالأَمْرِ، فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الفَرِيضَةِ، ثُمَّ لِيَقُلْ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ وَأَسْتَقْدِرُكَ بِقُدْرَتِكَ، وَأَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ العَظِيمِ، فَإِنَّكَ تَقْدِرُ وَلاَ أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلاَ أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الغُيُوبِ، اللَّهُمَّ إِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الأَمْرَ خَيْرٌ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي – أَوْ قَالَ عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ – فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ، وَإِنْ كُنْتَ تَعْلَمُ أَنَّ هَذَا الأَمْرَ شَرٌّ لِي فِي دِينِي وَمَعَاشِي وَعَاقِبَةِ أَمْرِي – أَوْ قَالَ فِي عَاجِلِ أَمْرِي وَآجِلِهِ – فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ، ثُمَّ أَرْضِنِي. قَالَ: وَيُسَمِّي حَاجَتَهُ»

«Qachon birortangiz bir ishni qilmoqchi bo’lsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o’qisin, so’ng bunday deb duo qilsin: ey Allohim, men Sening ilming ila istixora qilaman (yaxshilikni so’rayman). Sening qudrating ila qudrat so’rayman. Sening ulug’ fazlingdan so’rayman. Albatta, Sen qodir bo’lursan, men qodir bo’lmasman. Sen bilursan, men bilmasman. Sen g’ayblarni juda yaxshi biluvchi zotsan. Ey Allohim, Agar ushbu ishni men uchun dinimda, hayotimda, ishim oqibatida (yoki hozirgi ishimdayu, kelgusida) xayrli deb bilsang uni menga taqdir qilgin, menga oson qilgin, so’ngra uni menga barakotli qilgin. Agar ushbu ishni men uchun dinimda, hayotimda, ishim oqibatida (yoki hozirgi ishimdayu, kelgusida) yomon deb bilsang uni mendan, meni undan burib yubor. Menga qaerda bo’lsa ham yaxshilikni taqdir qil. So’ngra meni (shu yaxshilik bilan) rozi qilgin. (Kishi shundan keyin) hojatini aytsin» (Imom Buxoriy rivoyati).

Ushbu hadisdan istixora namozining qandayligi aniq ma’lum bo’lib turibdi. Ya’ni kim istixora qilmoqchi bo’lsa (Allohdan yaxshilikni so’ramoqchi bo’lsa), istixora namozini niyat qilib ikki rakat nafl namoz o’qiydi, namozini tugatib bo’lib, hadisda kelgan istixora duosini qiladi, shu bilan istixora namozi yoki istixori duosi tamom bo’ladi. Istixora namozining qandayligi mana shu. Ammo istixora namoziga oid boshqa gaplar ham bor:

1 – Agar kishi bir ishni har tomonlama o’rganib chiqqandan so’ng uni qilmoqchi bo’lsa va shu ishning to’g’riligini ko’proq taxmin qilib, unga kirishmoqchi bo’lsa, ikki rakat namoz o’qiydi, istixora duosini qiladi va shu ishning xayrli bo’lsa, muyassar qilishini va xayrsiz bo’lsa, uzoq qilishini so’rab Alloh Subhanahuga tazarru qilgan holda shu ishga qadam qo’yadi. Boshqacha ibora bilan aytganda, ishni har taraflama o’rganib, uning to’g’riligini ko’proq taxmin qilib ko’rmasdan oldin istixora namoz o’qimaydi. Ishni har taraflama o’rganib, uning to’g’riligini ko’proq taxmin qilgandan keyingina namoz o’qib, o’sha ishdan xayr-barakot so’raydi va ishga qadam bosadi. Hadisga nazar soling, unda

«إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالأَمْرِ، فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الفَرِيضَةِ، ثُمَّ لِيَقُلْ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ…»

«Qachon birortangiz bir ishni qilmoqchi bo’lsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o’qisin, so’ng bunday deb duo qilsin: ey Allohim, men Sening ilming ila istixora qilaman (yaxshilikni so’rayman)…», deyildi.

2 – Nabiy Aning istixorani uxlaganda ko’riladigan tushga bog’laganliklari to’g’risida hech qanday sahih rivoyat kelgan emas. Menga ma’lumki, Rosululloh A odamlarni istixora qilishga ko’p o’rgatganlar, ammo uning natijasini tushga bog’lamaganlar. Yuqorida Jobir rivoyat qilgan hadisdagi

«فَاقْدُرْهُ لِي وَيَسِّرْهُ لِي، ثُمَّ بَارِكْ لِي فِيهِ»

«Uni menga taqdir qilgin, menga oson qilgin, so’ngra uni menga barakotli qilgin», dedilar

hamda

«فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ، ثُمَّ أَرْضِنِي»

«Uni mendan, meni undan burib yubor. Menga qaerda bo’lsa ham yaxshilikni taqdir qil. So’ngra meni (shu yaxshilik bilan) rozi qilgin», dedilar. Bu so’zlardan ul zotning istixorani uxlaganda ko’riladigan tushga bog’lamaganliklari, aksincha, ishni Allohning muyassar qilishiga va uni nasib etishiga bog’laganlari ko’rinib turibdi. Ya’ni kishi istixora qilib, so’ragan ishini amalga oshirishga harakat qiladi, shunda agar o’sha ish xayrli bo’lsa, Alloh bu ishni unga taqdir qiladi va shu ishni unga nasib qiladi. Agar bu ish xayrli bo’lmasa, kishidan bu ishni burib yuboradi. Demak, istixora bu ishni va ishdagi yaxshilikni Alloh Subhanahuning ixtiyoriga topshirishdirki, Allohning O’zi istixorachiga tanlab, rozi bo’lib, nasib qilib bersin. Agar bu ishdan Alloh Subhanahu rozi bo’lmasa, uni istixorachidan uzoq qilsin.

3 – Jobir rivoyat qilgan hadisdagi

«فَاصْرِفْهُ عَنِّي وَاصْرِفْنِي عَنْهُ، وَاقْدُرْ لِي الْخَيْرَ حَيْثُ كَانَ، ثُمَّ أَرْضِنِي»

«Uni mendan, meni undan burib yubor. Menga qaerda bo’lsa ham yaxshilikni taqdir qil. So’ngra meni (shu yaxshilik bilan) rozi qilgin», degan so’zni ba’zi kishilar bunday tushunadi: Ko’ngilning chopishi Alloh ixtiyor qilganining alomatidir, shu ma’nodaki, qachon istixorachining ko’ngli chopsa, ishga kirishsin, ko’ngli siqilsa, undan uzoqlashib, qilishni tark etsin, chunki uning o’sha ishdan uzoq bo’lishi yurakning istamasligi va siqilishidir… Shavkoniy «Naylul avtor»da Navaviyning bunday deganini rivoyat qiladi: «Istixorachi istixora qilgandan so’ng ko’ngli chopganini qilishi kerak. Ammo ko’nglining chopishiga tayanib olmasligi kerak. Chunki istixora qilishidan oldin o’sha ishga nafsi-havosi tortgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun u avvaldanoq ixtiyorini tark qilgan bo’lsin. Aks holda, Allohdan istixora qilgan bo’lmay qoladi, balki o’z nafsi-havosidan istixora qilib so’ragan bo’lib qoladi. Gohida u sidqidildan yaxshilikni talab qilmagan, (o’zini) ilm va qudratdan xoli deb bilib ilm va qudratni Alloh uchun deb tasdiqlamagan bo’lishi ham mumkin. Agar u bu ishda sidqidil bo’lsa (o’zini) ilm va qudratdan, ilm va qudratni o’ziniki deb bilishdan xoli deb biladi». Navaviy fikri shu. Ammo mening ko’proq to’g’ri deb bilgan fikrim shuki, bu alomat sahih emas. Chunki bu haqda nususda kelmagan. Shuningdek, ayrim kishilarning bu xususda tayangan hadisi sanadi juda ham zaifdir. Hadis ulamolari shunday deganlar. Bu hadis quyidagicha:

Ibn Saniy «Amalul Yavm va Layl»da ushbuni (rivoyat qilgan) ishlab chiqqan: Bizga Abu Abbos ibn Qutayba Asqaloniy bunday xabar qildi. Unga Ubaydulloh ibn Himyariy Ibrohim ibn Ulo ibn Nazr ibn Anas ibn Molikdan, u otamdan, u otsidan, u bobosidan rivoyat qildi: Anas aytadiki Rosululloh A bunday deydilar:

«يَا أَنَسُ، إِذَا هَمَمْتَ بِأَمْرٍ فَاسْتَخِرْ رَبَّكَ فِيهِ سَبْعَ مَرَّاتٍ، ثُمَّ انْظُرْ إِلَى الَّذِي يَسْبِقُ إِلَى قَلْبِكَ، فَإِنَّ الْخَيْرَ فِيهِ»

«Ey Anas, qachon bir ishni qilmoqchi bo’lsangiz, Allohdan etti marta o’sha ish borasida istixora qiling, so’ng yuragingiz chopganga qarang. Zero, yaxshilik o’shandadir». Ibn Hajar «Fathul Boriy»da bunday deydi: «… «Azkor»da Navaviy «Istixoradan keyin qalbi chopgan ishni qiladi», deydi va bunga Rosulullohning Anasga aytgan «Qachon bir ishni qilmoqchi bo’lsangiz, Allohdan etti marta o’sha ish borasida istixora qiling, so’ng yuragingiz chopganga qarang. Zero, yaxshilik o’shandadir», hadislarini dalil qildi. Agar bu hadis isbotlansa, u tayaniluvchi rivoyat bo’lur edi. Biroq uning sanadi juda ham zaifdir…».

Shuning uchun qo’limizda birinchi nuqtada aytgan narsamizdan boshqasi qolmadi. Ya’ni hadisda shunday deyilmoqdaki, ishni qilishga qaror qilinganidan keyin, ya’ni ishni to’liq o’rganib chiqishga va ishga kirishishni to’g’ri deb bilishga asoslanib ishga kirishiga qaror qilinganidan keyin istixora qilinadi. Bunday tushunishning to’g’riligini Hokimning o’z «Mustadrak»ida Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilgan ushbu hadis ko’rsatib turibdi: Rosululloh A bunday marhamat qildilar:

«اكْتُمِ الْخطْبَةَ ثُمَّ تَوَضَّأْ فَأَحْسِنِ وُضُوءَكَ، ثُمَّ صَلِّ مَا كَتَبَ اللَّهُ تَعَالَى لَكَ، ثُمَّ احْمَدْ رَبَّكَ وَمَجِّدْهُ، ثُمَّ قُلِ: اللَّهُمَّ إِنَّكَ تَقْدِرُ وَلَا أَقْدِرُ، وَتَعْلَمُ وَلَا أَعْلَمُ، وَأَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ، فَإِنْ رَأَيْتَ لِيَ فِي فُلَانَةٍ، – يُسَمِّيهَا بِاسْمِهَا – خَيْرًا لِي فِي دِينِي وَدُنْيَايَ وَآخِرَتِي فَاقْدُرْهَا لِي، فَإِنْ كَانَ غَيْرُهَا خَيْرًا لِي فِي دِينِي وَدُنْيَايَ وَآخِرَتِي فَاقْدُرْهَا لِي»

«Qayliq qizning kimligini yashiring. So’ng chiroyli suratda tahorat olib, Alloh sizga buyurgan namozni o’qing. So’ng Allohga hamd ayting, Uni ulug’lang. Shundan keyin bunday deya duo qiling: ey Allohim, Sen qodir bo’lursan, men qodir bo’lmasman. Sen bilursan, men bilmasman. Sen g’ayblarni juda yaxshi biluvchi zotsan. Ey Allohim, Agar falon qizni – o’sha qizning nomini aytadi – men uchun dinim, hayotim va oxiratimda xayrli deb bilsang uni menga taqdir qilgin. Agar undan boshqasi men uchun dinim, hayotim va oxiratimda xayrli bo’lsa o’shani menga taqdir qil». Ushbu hadisdan istixorachida ma’lum bir ayolga uylanish qarori bo’lganligi, lekin uni izhor qilmay yashirgani, so’ng shu ishda Allohga istixora qilib, uni Alloh Subhanahuning qo’liga topshirib qo’ygani yaqqol ko’rinib turibdi. Toki, Alloh o’sha ishda xayrlik bo’lsa, unga nasib qiladi. Agar o’sha ishdan boshqa ishda xayrlik bo’lsa, o’shani nasib qiladi. Bunda uxlaganda ko’riladigan tushga yoki ko’ngilning chopishiga bog’langani yo’q.

Xulosa qilib aytganda, istixora mavzusida men boshqa fikrlardan ko’proq to’g’ri deb bilgan fikrim bunday:

Kishi biror ishni qilmoqchi bo’lsa, avvalo uni har tomonlarini o’rganib chiqadi. So’ng shu ishni qilishni to’g’ri deb bilib, qilmoqchi bo’lsa, o’shandagina ikki rakat namoz o’qiydi va istixora duosini qiladi. Alloh Subhanahuga bu ishda xayrlik bor bo’lsa, uni nasib qilishini, agar yomonlik bo’lsa, undan burib yuborishini so’ragan holda, ishga qadam qo’yadi.

Ya’ni to ishni hamma tomonlarini o’rganib, bu ishni qilishni to’g’ri deb bilmaguncha, istixora namozi o’qimaydi. Ishni hamma tomonlarini o’rganib, uni qilishni to’g’ri deb bilsa, namoz o’qib, istixora duosini qiladi va ishga kirishadi… Hadisga boqing:

«إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالأَمْرِ، فَلْيَرْكَعْ رَكْعَتَيْنِ مِنْ غَيْرِ الفَرِيضَةِ، ثُمَّ لِيَقُلْ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْتَخِيرُكَ بِعِلْمِكَ…»

«Qachon birortangiz bir ishni qilmoqchi bo’lsa, farzdan tashqari ikki rakat namoz o’qisin, so’ng bunday deb duo qilsin: ey Allohim, men Sening ilming ila istixora qilaman (yaxshilikni so’rayman)…». (Imom Buxoriy rivoyati). Ushbu hadisdan mening boshqa fikrlardan ko’ra ko’proq to’g’ri deb hisoblagan fikrim mana shu. Ya’ni kishi istixora namozini o’qib, ortidan ikki ishdan birini tushida ko’rishni, yoki unga moyillik topishni kutib turmaydi. Chunki hadis

«إِذَا هَمَّ أَحَدُكُمْ بِالأَمْرِ…»

«Qachon birortangiz bir ishni qilmoqchi bo’lsa…», demoqda. Hozirgina aytganimdek, mening boshqa fikrlardan ko’proq to’g’ri deb hisoblagan fikrim mana shu.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

1 jumodul-avval 1437h. 10 fevral 2016m.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.