Qirg’iziston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ishonchili hamkori

457
0

RF Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova matbuot brifingida, Qirg’iziston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi eng muhim va ishochili hamkorlaridan biri ekanligini aytib o’tdi.

Uning so’zlariga ko’ra, Moskva Bishkek bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mavjud aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor.

“Mamlakatlarimiz o’rtasidagi strategik hamkorlik faqat kuchayib bormoqda. Albatta, biz Bishkekning bu yo’nalishdagi sa’y-harakatlarini yuksak baholaymiz. Qirg’iziston misolida Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchili hamkorni ko’ramiz va u bilan bundan buyon ham o’zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda davom etamiz. Biz paydo bo’ladigan masalalarni, agar shunday masala yoki muammolar paydo bo’ladigan bo’lsa, o’zaro xurmat asosida ko’rib chiqiladi”, – deya ta’kidlab o’tdi Zaxarova.

Turkiston:

Qirg’iziston hukumatining Rossiyaga bo’lgan ishonchi va ixlosi kundan-kunga so’nib borayotgani ayon bo’la boshladi. Buning dastlabki ko’rinishi 2015 yil 21 dekabr kuni Moskva shahrida bo’lib o’tgan KXShTga a’zo davlatlar rahbarlari yig’ilishidan so’ng namoyon bo’ldi. Mazkur yig’ilish vaqtida Putin bilan yuzma-yuz suhbatlashgan qaytgan Atambaev 24 dekabr kuni yil yakunlari bo’yicha o’tkazgan matbuot anjumanida Rossiya Qambarota -1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini bunyod etish bo’yicha shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortayotganini, shu sababli ham Putinga “Xafa bo’lmang, biroq biz boshqa hamkor izlashimiz kerak”, deb ochig’ini aytganini ma’lum qilgan edi.

Atambaevning bu bayonoti ortidan Qirg’iziston hukumati 31 dekabr kuni Qambarota -1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha Rossiya bilan erishilgan kelishuvni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Bunga Rossiya hozirgi iqtisodiy holatida yirik loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’minlay olmasligi asosiy sabab sifatida keltirib o’tildi.

10 fevralga kelib esa Qirg’iziston 2015 yilning 20 avgustidan boshlab bir tomonlama bekor qilingan hukumatlararo hamkorlik kelishuvini qayta tiklash harakatiga tushib qoldi. Shu kuni Jogorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov AQShning Qirg’izistondagi favqulotda va muxtor elchisi Sheyla Guolt bilan uchrashdi va hukumatlararo kelishuvni qayta tiklashga kelishib oldi.

Tabiiyki, Qirg’izistonning bu harakatlari Rossiya e’tiboridan chetda qolayotgani yo’q. Rossiya nafaqat Qirg’izistonni, balki sobiq sho’rolar mustamlakasi bo’lgan Markaziy Osiyo respublikalarini o’z ekinzori sifatida ko’rishga ko’nikib qolgan. Bu mintaqada o’z nufuzi va ta’sirini saqlab qolish uchun har qanday jirkanch ishlar amalga oshirishdan ham tap tortmaydi. Zaxarovaning bugungi bayonoti ham shundan darak berib turipti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.