Aksiliklar so’ngi talablarini qo’yishdi

417
0

Aksi xalqi hukumatga so’ngi talablarini qo’ydi va bu talablar bajarilmaydigan bo’lsa muddatsiz aktsiyalar uyushtirishlarini ma’lum qilishdi.

Aksi aholisining OAV orqali qilgan murojaatlariga ko’ra, ular qo’ygan talablar 10 fevralga qadar bajarilmasa, xalq norozilik namoyishiga chiqadi.

Ular o’z murojaatlarida, shu kunga qadar hukumat vakillariga tinimsiz murojaat qilib kelishganini, biroq bundan hech qanday natija chiqmaganini ma’lum qilishdi.

“Ijtimoiy fond to’lovlarini avvalgi holatiga keltirish, elektr energiyasiga bo’lgan tarifni 700 kvt soatdan oshiqchasiga bo’lgan qo’shimcha to’lov va majburiy sug’urta to’g’risidagi qonunni umuman bekor qilish, qo’shni O’zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya masalasini tezlik bilan xal qilish, Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi tarafidan beriluvchi yordam pullari ajratilishini soddalashtirish hamda go’daklar rizqiga ko’z olaytirishni to’xtatish talablarini qo’yamiz”, – deyiladi murojaatda.

Aksiliklarning bildirishicha, 2010 yilgi qonli voqealarga qadar Bakiev hukumati elektr energiyasi narxini 1,50 tiyinga ko’targanida hozirgi hukumat boshida turganlar shov-shuv qilib, xalqning yonini olishgan edi. Afsuski o’zlari hokimiyat tepasiga kelganlaridan so’ng elektr narxini 2,54 tiyinga qadar ko’tarish orqali xalqning sabrini to’ldirishmoqda.

Turkiston:

Qirg’iziston siyosiy elitasi muxolifatni har xil uslublar bilan zaiflashtirib, jamiyatdan chetlatib yubordi. Endi, xotirjam, “xalqni mitingdan to’smanglar, mayli chiqishsin, noroziliklarini izhor etib o’z haq huquqlaridan foydalanishsin” deb siyosiy populistik bayonotlar berishayapti. Ular xalqqa qo’rqmay zulm qilib borishayapti. Chunki har qanday xalqning norozilik yig’inlari, agar ularning oldilarida etaklay oladigan etakchi quvvati bo’lmasa, ular olomon deyiladi. Bu yig’in vakillari biror siyosiy manfaatlarni maqsad qilmagan xavfsiz bir to’da odamlar yig’iniga aylanib qoladi. Hukumat esa, siyosiy rahnamolarining maslahatlari bilan, etakchilikka yaroqli yoki amaldagi etakchi siyosiy shaxslarni, ko’l ostidagi barcha (prokuratura, sud, IIM, GKNB va boshqa) kuch mexanizmlari vositasida bir chetdan jismonan jamiyatdan chetlatish ishlarini olib borayapti. Olomon yana norozilik bildiraveradi, hukumat yana o’z zulmlarini davom ettiraveradi. Lekin o’sha olomonning, zulmni his qilish darajasi ortib borverishi, davlat xavfsizligi uchun o’ta xatarlidir. Chunki bu portlovchi juda kuchli olomonni quvvatidan foydalanib qolishi mumkin bo’lgan boshqa kuchlar paydo bo’lib qolishi mumkin. O’shanda olomon xalqqa aylanib, bir maqsad sari yo’nala boshlaydi.

Hukumatning, xalqqa zulm qilib, o’zining faoliyati uchun uning mulklarini sotish va fuqorolarga soliqlar miqdorini oshirib boraverishdan o’zga chorasi deyarli qolmadi. Fuqorolar ham, ustilariga o’zlari olib kelishgan hukumatlarining zulmlarini qattiq his qilib borishayapti. Bu Qirg’iz davlati uchun o’ta xavfli holat. Bu holatdan chiqish uchun, etakchi guruh vakillari bir ovozdan, amalda tekshirilgan va qayta riaktsiyasi hozircha uncha kuchli bo’lmagan uslubni davom ettirishni ma’qul ko’rishadi. Ular Hizb-ut –Tahrir, Jamoat-ut –Tablig’ singari mavjud va faoliyat olib borayotgan yoki “Islom davlati” singari nomigagina paydo bo’lgan sarob singari vahimali o’ylab topilgan bir qator jamoalarga qarshi kurashni kuchaytira boshlashadi. Ular Islom va musulmonlar tarafidan ulkan va kutilmagan, beo’xshov bir qator qo’rqinchli holatlarni o’ylab topishadi. Matbuot hujumlari uyushtirib, musulmonlarning Islomni mahkam ushlashlari oqibatidan kelayotgan yomon holatlar haqida gapira boshlashadi. Bu ularga kufr maslahatchilari tomonidan uqtirilgan, chalg’ituvchi, manyovrli uslublaridan biridir.

Qirg’iz elitasining yo’lchi yulduzi bo’lgan Putin Rossiyadagi iqtisodiy krizis ortidan kutiladigan xalq norozilik armiyasidan qutilish uchun, NATOning jig’iga tegib bo’lsa ham urush izlayapti. Rossiyaning maktabida tayorlangan Qirg’iz elitasi ham uslub jihatidan xuddi Putinning yo’nalishidan boradi. Lekin ko’lami kichikroq va chalg’ituv uchun olib boriladigan urush chet elda emas, o’z yurtida o’z fuqorolariga qarshi belgilanishi bilan Rossiyadan farq qiladi xalos. Biz bu holatni Akaevning va Bakievning boshqaruvlari boshi berk ko’chaga kirib qolganida, oxirgi chora sifatida, musulmonlarga qarshi chora tadbirlarni kuchaytirish uslubini qo’llashga harakat qilganlarida ko’rgan edik. Hukumatlar, prizidentlar o’zgardi, lekin siyosiy elita o’zgargani yo’q.

Bizga kelayotgan xabarlarga ko’ra, Qirg’iz militsiyasi bir qator Hizb a’zolari deb gumon qilgan fuqorolarni uylariga bostirib kirishgan emish. Ular hatto ayollarimizni gumon qilishib, ularning uylariga ham o’nlagan avtomatchilar bilan bostirib kirishayapti. Maqsadlari xuddi Putinnikidan farqi yo’q.

Iqtisodiy bo’hron boshlanishidan avval, musulmon jamoalarga zulm qilib, provokatsiya qilib, ular tomonidan o’zlariga qarshi moddiy yoki harbiy yurishlar kutishmoqda. Ularning maqsadi, o’zlarining och ko’zliklari, xato va xiyonatlari oqibatidan xalq boshiga tushib kelayotgan iqtisodiy qashshoqlik holatini, o’zlari uyushtirishga harakat qilishayotgan musulmonlararo yoki musulmonlarga qarshi urush yoxud to’palonlarning oqibatiga bog’lab, yopib yuborishmoqchi bo’lishadi. Lekin xalq endi ularga ishonmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.