Sariev: YeOIIga kirish Qirg’izistonni inqirozdan saqlab qoldi

458
0

Qirg’iziston bosh vaziri Temir Sariev “Birinchi radio” bilan qilgan jonli muloqotida, ittifoqqa qo’shilishni foydalari salbiy jihatlaridan ustun bo’lganini aytib o’tdi.

“YeOIIga qo’shilish tarixiy qaror bo’lgan. Agar kirmaganimizda vaziyat 2-3 barobar murakkab bo’lar edi. Gap shundaki, bizning asosiy bozorimiz Qozog’iston va Rossiyadir”, – dedi Sariev.

Uning so’zlariga ko’ra, asosiy hamkorlar ayrim qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda, ammo vaqt o’tishi bilan buni engib o’tishadi.

Bosh vazirning qayd etishicha, “O’zimizni ittifoqqa a’zo bo’lmagan qo’shnilar bilan taqqoslab ko’rishimiz mumkin. Neft va gaz bo’lishiga qaramay, milliy valyutasi qadrsizlanib bormoqda, bizniki esa quvvatini saqlab turipti”.

Turkiston:

Qirg’iziston hukumat xalqning xohish istagiga zid ravishda mamlakatni YeOIIga olib kirganidan so’ng vujudga kelgan vaziyat, xalq boshidan o’tkazayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarni xaspo’shlash yo’lini qidirishmoqda. Temir Sariev bu ishda o’zini aybdor qilib qo’yishlari mumkinligini bilgani sababli ham bu ittifoq keltirgan “foydalar”ni bo’rttirib ko’rsatiga intilmoqda. Aslida esa vaziyat nihoyatda murakkabligicha qolmoqda va “asosiy hamkorlarda” vujudga kelgan vaziyat bir necha yillarsiz izga tushmasligi ma’lum.

Bojxona xizmati ma’lumotlariga ko’ra, 2014 yilda Qirg’iziston Qozog’istonga umumiy qiymati 340 million dollardan ziyod tovar eksport qilgan bo’lsa, ittifoqqa a’zo bo’lgan 2015 yilda 150 million dollarlik tovar sotgan xolos. Ikki davlat o’rtasidagi umumiy savdo hajmi 2015 yilda 472 million dollarni tashkil etgan va bu ko’rsatkich 2014 yilga nisbatan ikki barobarga ozayib ketdi. Rossiya bilan bo’lgan savdo aylanmasi ham maqtanarli darajada emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.