O’zbekiston prezidenti o’zbekmi?!

553
0

0_67366_d7bec044_XL

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov O’zbek telekanali 20 iyunda efirga uzatgan maxsus ko’rsatuvda Moskva ko’chalarini supirib yurgan o’zbek millatiga mansub mehnat muhojirlarini “dangasalar” deb sifatlab, ularni “tilamchilar”ga tenglashtirdi.

“Dangasalar deb kimni hisoblayman? Ho’v Moskvani borib ko’chalarini, maydonlarini supuradiganlarni. O’tta nima yo’q… Odam jirkanadi, ki o’zbek millatidan shunaqa borib, o’ziga bir burda non topish uchun shu yoqqa borishi kerak ekan. Ha, O’zbekistonning o’zida hech kim ochlikdan o’layotgani yo’q!”.”O’zbekistonda bugungi kunda atayin izlasang ham tilamchi topa olmaysan. Endi tilamchi bo’lib, ko’chaga chiqib, qo’lini uzatib so’rash, odamning or-nomusiga qattiq tegadi. O’zbek millati nima bilan ajralib turadi boshqalardan? Or-nomusi bilan. O’lim bilan barobar emasmi bu?! Bunaqalarni dangasa deymanki, katta pul tezroq topish uchun u yoqqa borib, sharmanda qiladi hammamizni,” – deb aytdi tele ko’rsatuvda prezident Karimov.

Yurtboshining aytgan gapi shu bo’lsa nima ham deyish mumkin. Hozirgi kunda musulmonlarni shunaqa kimsalar boshqarmoqda.

Axir bir o’ylab ko’ring, begona erning qiyinchiliklariga chidab, oila a’zosiniboqayotganva davlat iqtisodi uchun muhim hissa qo’shayotgan kishilar dankasa bo’lishi mumkinmi?! O’zbekistonlik mehnat muhojirlarining uyga yuborayotgan mablag’lari Rossiya markaziy banki ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili deyarli 6 milliard dollarni tashkil etgan.Xalqaro tashkilotlar hisob-kitobiga ko’ra, bu malag’ mamlakat yillik yalpi ichki mahsulotining 10 foizdan ko’prog’ini tashkil qiladi. Ko’cha supirib bo’lsa ham halol pul topayotgan bo’lsa ulardan jirkanishimiz kerakmi?! Bu prezident musulmonmi o’zi?!

O’zbekistondan Amerikaga borib yashayotgan Buxoro yahudiylar diasporasi uchun Karimov janoblari davlat byudjetidan ulkan mablag’ ajratib turishi hammaga ma’lum. O’zbekiston iqtisodiga bir tiyinlik ham hissa qo’shmaydigan yahudiylarga byudjetdan pul ajratib, davlatga daromad olib kelayotgan o’zbeklardan prezidentning jirkanishini qanday tushinish mumkin?!

Axir “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat”, deb 23 yil mobaynida o’zbek xalqini qashshoqlik botqog’iga botirgan ana o’sha Karimovning o’zi emasmi?! Qo’lida guldek hunari bo’lgan mutaxassislar agar o’z yurtida ish topganda begona yurtda sarson bo’lib yurarmidi?!

To’g’ri, Karimov aytganidek, o’zbek xalqi nomusli xalq. Ammo biz Karimovning nomusini hech ko’rmadik. Bir qarasang Rossiya prezidentini quchog’ida yotgan bo’lsa, bir qarasang, Amerika prezidentini oldida dumini likkillatib turgan bo’ladi. Yana bir qarasang qayta Rossiga yalinib oyog’ini o’payotgan bo’ladi. Demak bizni kim sharmanda qilyapti?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.