Rossiya OAV: Qirg’iziston va Rossiya o’rtasida keskinlik ortib bormoqda

432
0

“REGNUM” axborot agentligi chop etgan haftalik reyting natijasiga ko’ra, Rossiya bilan bo’lgan munosabatlarda keskinlik darajasi oshib borayotgan davlatlar ichida Qirg’iziston etakchilikni egalladi.

Haftalik reyting axborot agentligi ekspertlari tomonidan tuzilib, Rossiya va xorijiy davlatlar o’rtasidagi ikkitomonlama munosabatlardagi keskinlik darajasini belgilab beradi. Reyting 100 balli shkala bo’yicha baholanib, 1 ball – a’lo darajadagi munosabatlarni bildirsa, 100 esa urush holatini anglatadi.

Agentlikning tushintirib o’tishicha, ball kancha past bo’lsa ikkitomonlama munosabatning yaxshiligini, o’sib borishi esa uni yomonligini ko’rsatadi.

O’tgan hafta davomida Rossiya bilan keskinlik darajasi o’sib borayotgan etakchi davlatlardan biri Qirg’iziston bo’ldi. Reyting ekspertlarining fikricha, Qirg’iziston va Rossiya munosabatlarida keskinlikni ortishiga YeOIIga kirish vaqtida mamlakat olgan imtiyozlarga qaramay, rossiyalik sarmoyadorlar uchun investitsiya muhitini keskin yomonlashib ketishi o’z hissasini qo’shgan.

O’tgan haftada e’lon qilingan reytingda, shuningdek, Moldova va Saudiya Arabistoni etakchi o’rinlarni egallashgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.