Qirg’iziston xukumati 2016 yil uchun byudjetni 22 milliard somdan ziyod kamomad bilan berkitdi

477
0

Qirg’iz xukumati, 2016 yilning byudjetning daromad qismini 124,4 mlrd som deb qarab chiqdi. Bu YaIMning 24.8%ni tashkil qiladi. Jami byudjetdan ketishi lozim bo’lgan xarajatlarni esa, 146.9 mlrd som deb xisoblab chiqdi. Bu YaIMning 29.3%ni tashkil etadi.

Respublika byudjetining umumiy kamomadi 22 mlrd 454 mln som xisoblandi. Bu esa YaIMning 4.5%ni tashkil etadi.

Qirg’iziston singari qashshoq davlatlar rasmiylarining asosiy ishlari, xuddi mana shu kamomadlarni, yilning asosan ikkinchi yarim qismigacha to’g’rilash uchun xarakat va o’y fikrlar bilan o’tkazishadi. Ular o’zlarinining asosiy vazifalari mamlakatning iqtisodiy rivojlantirish xaqida bosh qotirish ekanligini umuman unutib qo’yishgan. Xukumatlar xar qancha almashtirilmasin, yangi kelganlari xam xuddi shu urfga aylangan sistema asosida ishni davom ettiraverishadi. Chunki bu, Qirg’iziston dastur sifatida qabul qilib olgan buzuq asosga qurilgan noto’g’ri, olamiy xalqaro globallashgan va demokratiya aqidasi ustiga qurilgan kapitalistik tuzumning xatosidir.

Qirg’iziston xukumati, Leninning “ikki qadam oldinga, bir qadam orqaga” shiori ostidagi xarakatiga o’xshash strotegiyani olib borishayapti. Ular fuqorolar ustiga soliqlarni birdaniga bir necha tarmoqlarda teng ko’tarib yuborishdi. Jiddiy norozichilik keltirib chiqaradigan bir necha tarmoqlarga qo’yilgan qo’shimcha soliq xaqidagi qonunlarni ortga chaqirtirib olishdi. Bu qonun loixalarni shov shuvli qilib, jamoatchilik muxokamasiga qo’yib, odamlarni, jamoatchilikni diqqatini tortdi.

Norinda o’zlariga, ya’ni yuqori tog’li xududlarda yashovchi fuqorolarga qo’shimcha mablag’ ajratishni qisqartirish xaqidagi qonunga qarshi miting bo’lib o’tdi. Majburiy sug’urta xaqidagi qonunni xatto deputatlar qo’llab berishmadi. Deputat Salyanova esa, nikoxga taalluqli bir arzimas lekin musulmonlarni tuyg’ulariga tegadigan bir loixani Jogori keneshga va jamoatchilikka ko’tarib chiqdi. Bu, jamoatchilikni chalg’itish uchun o’ylab topilgan, musulmonlarni seskantirib, asosiy maqsadlardan boshqa arzimas tomon sari yo’naltirib turish uchun atayin o’ylab topilgan makkorlik edi. Bu ishga Salyanovaning aqli etgan emas. Balki bu uning xozirdagi partiyasining etakchisi o’ylab topgan nayrangdir. Notijada bir – ikki qonun qabul qilinmadi. Lekin ba’zi qonunlar qabul qilinmasligini bu nayrang loixasi asoschilari bilishgan. Ular Norin xalqi miting qilganida, borib ular bilan uchrashishdi va bir qator muammolarni xal qilganga o’xshash va’dalar berib kelishdi.

Bu elita ichidagi nayrangchi loixachilar xukumat tomonidan uyushtirilgan №50 qamoqxonasida bo’lib o’tgan aperatsiyasi barbod bo’lib, jamoatchilik bu ishga qattiq kirishib borayotganida, ularni chalg’itish maqsadida, Janar Akaevning parlament ichidagi masjidlar to’g’risida aytgan gaplarini sensatsiya qilib yuborishgan edi. So’ng Malikovga qarshi atayin uyushtirilgan, ko’chada pichoqlab ketishlari amaliyotidan xam unumli foydalanishdi. Buning bilan ular jamoatchilik e’tiborini jiddiy va ularga zararli bo’lgan ishlardan chalg’itib yuborishdi.

Yuqorida xam, erga qo’yilgan solig’ni deyarli o’n barobarga oshirilishi, aeroportdagi xar bir uchayotgan odam uchun kiritilgan yangi tarifi, bojxonaga YeAYeZSga qo’shilishimiz ortidan kiritilgan bir qancha yangi o’zgartirishlar…. yana bir qator qonunlar fuqorolarning e’tiborlaridan chetda qoldirildi. Xukumat, atayin bir ikki qonunni ortga surish bilan xalqni chalg’itib, o’nlagan qonunlarni qabul qilib oldi.

Lekin shu yili Qirg’iziston uchun, avvalgi barcha xatolari uchun to’lov yili bo’lishi kutilmoqda. Qirg’iziston o’z siyosatini Rossiya bilan paralel boradigan strotegik, siyosiy va iqtisodiy xamkorlik asosiga qurib oldi. Natijada Rossiyaning barcha omadsizliklari va unga qarshi sanktsiyalari bizga xam o’z ta’sirlarini ko’rsatdi.

Endi Qirg’iz etakchilari Rossiya bilan yomon va dushmansimon xarakatlar bilan o’z aloqalarini buza boshlashayapti. Xukumatning uzoqni ko’ra olmasligi, siyosiy onglarining zaifligi va o’zbilarmonliklari, Qirg’izistonni nafaqat qashshoqlikka balki xafsizlik jixatidan xam o’ta xavotirli xolatga olib bormoqda.

Qirg’izistonning shu kungi xolatiga kelib qolishidagi umumiy ko’rinish va sabablar shunday. Lekin endi bu xolatdan chiqib ketish uchun xokimiyatimiz nimalar qila boshladi va kilishga majbur. Bular albatta fuqorolarga solig’ solishni ko’paytirish mexanizmini kuchaytirishdan o’zga chorani bilishmaydi. Krizis xolati, fuqorolarni xam, xalqni xam teng o’z domiga tortib boraveradi. Shunda, xukumat o’z qo’l ostidagi kuch quvvatidan foydalanib, fuqorolarga bosim qilib, ulardan mumkin qadar ko’proq solig’ undirib olish xaqida fikrlaydi. Korruptsiya kuchayadi, noroziliklar xam tabiiy ortib boraveradi. Bu boshi berk siyosiy etakchilik bo’lib, xukumat xalq oldidagi majburiy to’lovlarini to’lashi uchun, o’sha xalqning o’zidan mumkin qadar ko’proq tortib olish yo’llarini izlashdan o’zga choralar topa olishmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.