Gold: Arab davlatlari Isroil bilan aloqalarini kuchaytirish ilinjida

416
0

Isroil Tashqi ishlar vazirligining maslahatchisi Dore Gold bir qancha Arab davlatlari Isroil bilan maxfiy tarzda yaqindan aloqa o’rnatish uchun harakat olib borayotganligi haqida ma’lum qildi. Gold Arab davlatlarining jamoatchilikdan maxfiy ravishda Isroil bilan aloqalarini rivojlantirish istagi borligini “dramatik o’zgarish”, deya baholadi. Goldning ta’kidlashicha, ba’zi evropa davlatlarining Isroil bilan munosabati yaxshi bo’lmasa-da, biroq Arab davlatlarining unga bo’lgan intilishi juda kuchlidir.

“Gazetalar sahifalarida yoritilmagan holda, qanday bo’lmasin, barcha arab davlatlari Isroil bilan o’zaro yaqin aloqalarni yo’lga qo’yish uchun tayyordir”, “Biz dunyodagi ba’zi davlatlar bilan kelisha olmaganligimiz to’g’ridir. Misol uchun, Yevropa bilan o’rtamizda ba’zi muammolar borligi hech kimga sir emas. Biroq bugungi kunda Isroil uchun ochiq bo’lgan ko’p mamlakatlar bor. Bizni dunyodan uzilib qolganligimizni aytayotganlar nima deyayotganliklarini o’zlari ham bilishmaydi”, dedi Xavfsizlik tadqiqotlari institutida bo’lib o’tgan konferensiyada so’zga chiqqan Gold.

Gold juda ko’p Arab davlatlari poytaxtlariga borib kelganligini bildirdi. Biroq birma bir ularning nomlarini keltirmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.