Hukumat Rossiya bilan GESlarni qurish bo’yicha kelishuvini bekor qildi

396
0

Prezident Almazbek Atambaev 24 dekabr kuni yil yakunlari bo’yicha o’tkazgan matbuot anjumanida Rossiya Qambarota -1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini bunyod etish bo’yicha shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortayotgani sababli “Putingga “Xafa bo’lmang, biroq biz boshqa hamkor izlashimiz kerak”, deb ochig’ini aytgani”ni ma’lum qilgan edi.

Atambaevning bu bayonoti ortidan Ukrainaning Qirg’izistondagi elchisi Nikolay Doroshenko “Maral” radiosi bilan qurgan suhbatida Ukraina gidroenergetika tarmog’ida tajribaga ega bo’lganligi sababli Qirg’iziston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan edi.

“Albatta, Ukraina Qirg’iziston bilan barcha tarmoqlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor. Gidroenergetika tarmog’i Qirg’iziston bilan Ukraina hamkorliginini bir bo’lagi bo’lib qoladi. Yaqinda prezident Almazbek Atambaevning GESlar to’g’risidagi bayonotini eshitdim. GESlarni qurish bo’yicha Ukraina tajribasi 70- yillarga borib taqaladi. Bunday yirik inshaotlarni qurish yangi texnologiya yordamida amalga oshiriladi. Ukraina bu tarafdan ham katta imkoniyatlarga ega. Agar Qirg’iziston hukumati qiziqish bildirsa, elchixona Qirg’iziston va Ukraina energetika tarmog’i vakillari o’rtasida forum o’tkazishga tayyor. Sababi Ukraina yirik GESlarni barpo etishda maxsus jihozlar bilan to’liq ta’minlay oladi. Bu Qirg’iziston uchun ham juda manfaatli deb o’ylayman”, – degan edi Doroshenko.

31 dekabr kuni esa, Qirg’iziston hukumati Qambarota -1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish va ekspluatatsiya qilish bo’yicha Rossiya bilan erishilgan kelishuvni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qildi.

Hukumat matbuot kotibi Baqit Asanovning xabar qilishicha, hukumatning bugungi yig’ilishida iqtisodiyot vaziri o’rinbosari Oybek Kaliev, Rossiya hozirgi iqtisodiy holatida kelishuvdagi yirik loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’minlay olmasligini bo’yniga olgani sababli kelishuv bekor qilinganini ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.