Jon Kerri: «Suriyada nizom o’zgarishini istamaymiz»

451
0
WASHINGTON, DC - SEPTEMBER 03: U.S. Secretary of State John Kerry testifies before the Senate Foreign Relations Committee on the topic of "The Authorization of Use of Force in Syria" September 3, 2013 in Washington, DC. U.S. President Barack Obama is attempting to enlist the support of members of the U.S. Congress for military action against the Syrian government for using chemical weapons against its own people last month. (Photo by Mark Wilson/Getty Images)

Jon Kerri: «Suriyada nizom o’zgarishini istamaymiz»

2015 yil 19 dekabrda «Rossiya 1» kanaliga bergan intervyusida «Vashington Suriyadagi rejimni ag’darib tashlashga harakat qilyaptimi?» degan savolga javob berar ekan Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri o’zining mamlakati «Bu mamlakatdagi boshqaruv nizomini o’zgartirishga urinmayotganini» ta’kidladi. U qo’shimcha qilib: «Bu albatta biz Suriya hukumatining hamma tomonini o’zgartirishni istayotganimizni umuman anglatmaydi. Yo’q, bunday emas, chunki biz Suriya davlati muassasalarini saqlab qolmoqchimiz».

Bu gaplar Amerika siyosati munofiqona ikki yuzlama siyosat ekanini ochiq fosh qilib turibdi. Chunki Obama 2011 yil 18 avgustda Asad hokimiyatdan ketishi kerak degan edi. Ana shundan keyin «Asadning hokimiyatda sanoqli kunlari qoldi» va «U qonuniylikni yo’qotdi», deb bildirilgan bir qancha bayonotlar qayta-qayta aytildi. Bu va ana shu bayonotlar o’rtasida Amerika idorasi Asadning son-sanoqsiz jinoyatlaridan ko’z yumishda davom etmoqda. Shuncha rad etib bo’lmas guvoh-dalillar va hisobotlarga qaramay uning jinoyatlaridan ko’z yumib kelmoqda. Ana shu hisobotlarning oxirgisi Xyuman Rayts Votch tashkilotining «Agar o’lim tilga kirganda edi: Suriya qamoqlaridagi ommaviy o’limlar va qiynoqlar» nomli hisobotidir. Tashkilot uni 2015 yil 16 dekabr chorshanba kuni nashr qildi. Tashkilot unda: «Suriya hukumati qamoqlarida qiynoqqa solish, och qoldirish, kaltaklash va turli kasalliklar keng tarqalganini ko’rsatuvchi dalillar»ni topganini ta’kidlagan.

Hisobot Asad qamoqlaridagi minglab mahbuslarning vahshiyona qiynoq ostida o’ldirilishiga olib kelgan vahshiyona jinoyatlar bo’lganini rad etib bo’lmas dalillar bilan isbotlagan.

Hatto Vena konferentsiyasining 2015 yil 30 oktyabrdagi qarorlaridan keyin ham Damashqdagi jinoyatchi rejim Suriyadagi qurolsiz tinch aholi ustiga olovini yog’dirishni davom ettirmoqda. Balki uning jinoyatdagi sherigi Putin xalq bozorlarini, shifoxonalarni, maktablarni va boshqa infrastrukturalarga bombalar yog’dirib Suriya ahlidan yanada ko’p odamlarni o’ldirishda bu tog’utdan ham o’tib ketmoqda. Bu jinoyatlarning barchasi Amerikaning «yashil chiroq» yoqib berishi bilan amalga oshmoqda. Amerika faqat olabo’ji Davlat tashkilotidagina yomonlikni ko’rmoqda. Balki jinoyat elchisi Kerri bu tashkilotga urush qilish uchun «mo”tadil oppozitsiya» kuchlarini rejim kuchlari bilan birlashishga chaqirmoqda.

Shom ahli jarohati ustida Kerri «Amerika Suriya davlati muassasalarini saqlab qolmoqchi» deb jar solmoqda. U qaysi «muassasalar»ni ko’zda tutyapti o’zi? Ular Amerika siyosatiga xizmat qilib kelgan repressiv josuslik muassasalaridir. Vahshiylikda bu muassasalar tarixda yovuz nom qoldirgan Stalin, Gitler, Pinochet rejimlaridagi o’zining o’tmishdoshlari jinoyatlaridan ham o’tib ketdi. Bu yovuz rejimlarning vahshiyona jinoyatlaridan insoniyat peshonasi xijolatdan terlab ketadi.

Biz albatta Amerikaning Islomiy Ummatga qarshi bu kek-adovatidan va ochiq til biriktirayotganidan aslo hayron bo’lmaymiz. Chunki bu Amerika musulmonlar yurtlarida mustamlakachi Yevropaning merosxo’ri bo’lishni ta’ma qilib qolganidan buyon hokimiyat tepasiga birin-ketin kelayotgan Amerika hukumatlarining doimiy odatidir. Lekin biz Kerrining ana shu muloqotning o’zidagi «Vena muzokaralari Rossiya, Qo’shma Shtatlar va Eron bitta pozitsiyani mahkam tutmoqda degan haqiqatni ko’rsatdi, bu pozitsiya Suriya krizisini siyosiy yo’l bilan hal qilishdan iboratdir». Demak Eron rahbarlariga kufr boshchilari Amerika va Rossiya bilan tuzgan «nomuqaddas» ittifoqlari «muborak» bo’lsin. Biz ularga shunday deymiz: o’zingiz ham barbod bo’ldingiz, urinishingiz ham barbod bo’ldi, Shom ahlini qatli om qilish uchun «eng katta shayton»ga xizmat qilishingiz bilan Alloh rahmatidan quvildingiz. Riyoz, Istanbul, Jeneva, Vena va Nyu-York konferentsiyalariga elib-yugurib borayotgan anavi kimsalarga ham quyidagilarni aytamiz: «Olamdagi mustamlakachilarning liderlari ortidan, ayniqsa Suriyadagi baaschi nusayriy rejimning hozirgi tog’ut va uning tog’ut otasi davridagi jinoyatlarini yashirib kelayotgan Amerika ortidan hansirab elib-yugurayotganingizdan uyalib ketishingiz vaqti kelmadimi? Yoki Alloh va Rosuliga qarshi urush qilayotgan BMT Suriya va uning ahliga yoki hamma joydagi musulmonlarga yaxshilikni istaydi, deb hamon xomxayol qilmoqdamisiz? Orangizda zarracha bo’lsa ham yaxshilik saqlanib qolgan kishi bor bo’lsa, unga Amerikaning tuzoq arqonini uloqtirib, Alloh arqoniga mahkam yopishishi vojibdir. Kimki hamon Amerikani rozi qilish uchun elib-yugurayotgan bo’lsa u oxiratdan oldin dunyodayoq rasvolik va sharmandalikka mahkumdir».

 إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ اللَّهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُواْ إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ

«Albatta, kofir bo’lgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yo’lidan to’sish uchun sarflaydilar. Bas, uni sarflaydilar-u, so’ngra o’sha (mollari) o’zlariga hasrat bo’lur, so’ngra mag’lub bo’lurlar. Kofir bo’lgan kimsalar jahannamga to’planurlar» [Anfol 36]

Usmon Baxxosh0hizb-340x264-300x233

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi raisi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.