“Xavfsiz shahar” loyihasini Xitoy kompaniyasi amalga oshiradi

440
0

“Xavfsiz shahar” loyihasini Xitoy kompaniyasi amalga oshiradi

“Xavfsiz shahar” loyihasining ikkinchi bosqichi boʻyicha tenderni Xitoyning “Shenzhen Sunwin Intelligent Co. Ltd” kompaniyasi amalga oshiradi. Bu haqda 16-sentyabrda Aloqa va axborot texnalogiyalari boʻyicha davlat qoʻmitasining matbuot xizmati xabar qildi.

 Tenderda gʻolib boʻlgan kompaniya Qirgʻizistonning 17 shahar va 73 aholi punktlarida nazorat vidokameralarini oʻrnatib, yoʻl xarakati qoidalari buzilishini roʻyxatga oladi. “Xavfsiz shahar” loyihasining birinchi bosqichi joriy yil fevral oyida boshlanib, unda “Vega” kompaniyasi 35 million dollarga nazorat kameralar kompleksini oʻrnatgan edi.

 Qirgʻiziston tashqi qarzining teng yarimiga yaqini, aniqrogʻi, 1,7 milliard dollari Xitoydan olingani maʼlum. Endilikda Xitoy mamlakatda iqtisodiy manfaatlaridan tashqari, axborot kurashida ham qadam tashlay boshladi. Bunga Rossiyaning iqtisodiy jihatdan zaiflashib borayotgani katta imkoniyat paydo qilmoqda. Buni yuqoridagi kabi strategik loyihada Xitoy kompaniyasi rus kompaniyalarini ortda qoldirgani tasdiqlab turibdi.

 Bunga qadar Xitoy Qirgʻizistonda odamni qiyofasida taniydigan kameralar tizimini oʻrnatishi xabar qilingandi. Bitim 2019-yilning 4-martida Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi va xitoylik CEIEC (China National Electronics Import & Export Corporation) kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan. Loyiha 2022-yilga qadar bir nechta bosqich bilan amalga oshiriladi. Moliyaviy jihati “xalqaro aloqalar” doirasida Xitoy tomonidan taʼminlanadi.

 Xitoy mazkur loyihalar orqali bugungi kunda Shinjonda amalga oshirayotgan qatagʻon siyosatini ertaga Qirgʻizistonda ham davom ettirishni koʻzlamoqda. Xitoyning shu kabi “xavfsizlik” nazoratlari sababli bugun Shinjonda uch millionga yaqin uygʻur, qozoq, qirgʻiz, dungan millatidagi musulmonlar qamoqxonalarga tashlangan. Bu qamoqxonalarga chet elda qarindoshi borlar, xitoy tilini bilmaganlar, xitoy qonunlarini bilmaganlar, islomiy qadriyatlarga amal qilganlar tashlanmoqda. Ularga majburiy tarzda xitoy tili, qonunlari, inqilobiy qoʻshiqlar oʻrgatiladi hamda dini va chet eldagi qarindoshlardan voz kechish talab qilinadi. Shu kabi zulmlar sababli mamlakatdan qochib chiqqan musulmonlar Markaziy Osiyo va Turkiyaga joylashishgan. Bu malakatlardagi sotqin hokimlar sababli ularning iymoni va hayoti yana tahdid ostida qolmoqda.

 Shu sababli biz Xitoy kompaniyalariga investorlar deb emas, balki Xitoy bosqinchiligining bir boʻlagi sifatida qarashimiz, shuningdek, Xitoydan kelayotgan tahdidni koʻra olishimiz zarur.

Mumtoz Mavoraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.