Tunis parlamenti Islom ahkomlarini uloqtirmoqda

434
0
Parliament members listen as new Tunisian Prime Minister Mehdi Jomaa, center, delivers his speech at the National Assembly in Tunis, Tuesday Jan. 28, 2014. After decades of dictatorship and two years of arguments and compromises, Tunisians finally have a new constitution laying the foundations for a new democracy. The document is groundbreaking as one of the most progressive constitutions in the Arab world — and for the fact that it got written at all. (AP Photo/Hassene Dridi)

Tunis parlamenti Islom ahkomlarini uloqtirmoqda

Tunis parlamentining spirtli ichimliklarga solingan soliqlarni pasaytirishga bog’liq qarorga ovoz berishi ijtimoiy aloqa saytlarida tanqidlarga uchradi. Ba’zilar bundan Nahza harakatiga hujum qilishda foydalandi. Chunki bu harakat hokimiyatda turgan davrida spirtli ichimliklar narxini oshirgan edi.

Feysbukdagi Rosd Tunisiya (Tunis monitoringi) sahifasida spirtli ichimliklarga solingan soliqlarni pasaytirish bilan bog’liq moliyaviy qonun loyihasi qaroriga 108 deputatdan 96 nafari ovoz bergani aks etgan video lavha tarqatildi. Video lavhaga – xalq kengashi deputatlari spirtli ichimliklarga solingan soliqni pasaytirishga ovoz berishdi, so’ng shom namozini o’qish uchun tanaffus talab qilishdi, deya izoh qoldirilgan! (Qudsul arabiy gazetasi).

Roya gazetasi sharhi:

Spirtli ichimliklar savdosi va iste’moliga oid qonunning chiqarilishi va bu mahsulotlar iste’molini yanada osonlashtirish uchun ularga solingan soliqlarni pasaytirish kabi, bugun Tunis parlamentida bo’layotgan ishlar ikki narsaga dalolat qiladi: Birinchidan: Tunis parlamentida ham islomiy olamdagi boshqa parlamentlar kabi Alloh joriy qilgan halol-haromning hech qanday ahamiyati yo’q. Qonunlarni qabul qilishda ham halol va harom asos qilib olinmagan. Aksincha, Allohni qo’yib, parlamentning o’zi qonun chiqaradi!! Ikkinchidan: Tunis hukumatida ishtirok etayotgan va parlamentda a’zolari bo’lgan Nahza harakati ham Allohning shariatiga e’tibor bermaydi. Islomiy harakat deya berilgan uning islomiylik sifati haqiqatdan uzoq bo’lib, bu narsa kundan-kunga o’z isbotini topmoqda. Gap shundaki, a’zolari musulmon bo’lishi bilangina harakatning o’zi islomiy bo’lib qolmaydi. Balki u o’zining fikrlari, ahkomlari va barcha pozitsiyalarida Islomni asos qilib olishi lozim. Bugun Nahza rahbarlari Islomdagi ko’plab qat’iy asoslarni devorga uloqtirgan ekan, uning a’zolariga nima bo’ldi? Nega ular bunday zalolatni qabul qilmoqda? Tunis ahliga nima bo’ldi? Nega ular Allohni qo’yib, o’zlari qonun chiqarayotgan parlamentga sukut saqlamoqdalar? Axir ular yolg’iz Alloh Taolo qonun chiqaruvchi ekanini, u tuzib bergan qonunlarni barcha hayotiy ishlarda butunicha tatbiq qilish lozimligini va bu narsa dinning qat’iy asoslaridan biri ekanini bilmaydilarmi??!! Alloh Taolo aytadi:

إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ ۚ ذَٰلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

«Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir. U zot sizlarni faqat O’zigagina ibodat qilishga buyurgandir. Eng to’g’ri din mana shudir. Lekin odamlarning ko’plari buni bilmaydilar» [Yusuf 40]

Roya gazetasining 2015 yil 16 dekabr chorshanba kungi 56-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.