Atambaev: “IShID” meni qo’rquvga solmaydi

380
0

“Men musulmonlar radikallashuvi kamayib boryapti, deb hisoblamayman”, dedi Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 24 dekabr kuni yil yakunlari bo’yicha o’tkazgan matbuot anjumanida.

U ayrim mamlakatlarda oq do’ppi kiyish taqiqlangani, qaerdadir soqol qo’yish mumkin emasligini eslatib o’tdi. “Taqiqlash hech qaerga olib bormaydi. Eng osoni taqiqlash. Ammo men musulmonlar radikallashuvi kamayib boryapti deb o’ylamayman. Mana qo’shnilarimiz “Tablig’” jamoasini taqiqlashdi, ular yo’q bo’lib ketdi deb o’ylaysizmi? “Tablig’” jamoasi da’vatchilarku. Ular ham biz aytgan narsani aytishadi. Ularni o’z holiga tashlab qo’ymaganimiz boshqa ish”, – dedi Atambaev.

U “o’zining qarindoshlari uch oy aroq ichishini, keyin uch oy da’vat qilishlarini” aytib o’tdi.

“Endi yangi tizim joriy etildi, agar ular da’vatga chiqishmoqchi bo’lsa, u holda aniq mezonlar, tanlangan mavzu rejalari bor. Agar buni taqiqlasang, u holda ular boshqa yo’lga kirib ketishadi. Radikallar kamaygani yo’qku. Aksincha, yoppasiga taqiq qo’yilgan mamlakatlarda ko’payib borishmoqda. Butunlay taqiq qo’yish kerak emas, odamlar qo’llariga qurol olishadi. Biz o’z yo’limizdan bormoqdamiz. Meni “IShID” qo’rquvga solmaydi, men Qur’onni bir necha bor o’qib chiqqanman va har qanday teolog bilan suralar bo’yicha bahslashishim mumkin. “Tablig’” jamoasini taqiqlamay biz to’g’ri ish qildik”, – deya ta’kidlab o’tdi Atambaev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.