Soqol qo’yganligi uchun urib o’ldirishdi

423
0

28 avgust kuni Tojikistonning Vahdat viloyatida ichki ishlar xodimlari 23 yoshli Umar Bobojonovni soqoli tufayli qo’lga olishib, boshqarmaga olib borishdi. Uzoq vaqt tergov o’tgazililgandan so’ng uni qattiq do’pposlashdi. Natijada uning a’zolari shikastlanib, og’ir ahvolda kasalxonaning reanimatsiya (jonlantirish) bo’limiga joylashtirildi. Umar Bobojonovning do’stlaridan biri Zohirjon Sohibovning aytishiga qaraganda, ularni hech qanday shaklda ogohlantirmay, IIB boshqarmasiga olib ketishgan.

“Biz Vahdat shahridagi “Modar (Ona)” haykalining yon-atrofida aylanib yurgan edik. To’satdan uchta mashina kelib to’xtadi. Ulardan 6-7 kishi tushishdi, meni va Umarni ichki ishlar bo’limiga olib ketishdi. Uni rosa do’pposlashdi. Keyin Umarni og’ir ahvolda kasalxonaga olib bordik”, deydi Zohirjon.

Yuzlagan insonlar Vahdat shahri markaziy kasalxonasiga to’planishib e’tiroz bildirishdi. Umar Bobojonov olgan jarohati tufayli 3 sentyabr kuni kechasi, o’ziga kelmay olamdan o’tdi.

Ismini oshkor qilmagan shaxsning aytishicha, aslida Umar aynan do’pposlangan soatning o’zida jon bergan. Ammo bosh vrach ichki ishlar xodimlarining talabiga binoan bu narsa haqida xech kimga aytmagan, hatto marhumning yaqinlarini reanimatsiya xonasiga ham kiritmagan.

Mazkur hodisa ortidan, ya’ni 4 sentyabr kuni soat 3 chamasi Umar Bobojonovning yaqinlaridan iborat bir guruh qurolangan shaxslar yashirin holatda shahar aeroport mavzesida joylashgan harbiy qismlarning biriga kirishib militsiya xodimlariga o’q uzishdi. Natijada 10dan ortik militsiya xodimlari vafot etdi. Davlat mudofaa vazirining sobiq o’rinbosari Abduhalim Nazarzoda (hoji Halim) bu guruhga boshchi deb gumon qilinmoqda .

Ayni paytda Romit darasida qonli to’qnashuvlar davom etmoqda va qurbonlar soni tobora ortmoqda.

Manba: Ozodagon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.