Misrning sobiq muftiysi spirtli ichimliklar sotish halol deb fatvo berdi

418
0

Misrning sobiq muftiysi Ali Juma musulmonlar uchun spirtl ichimliklar sotish joiz deb fatvo berdi. Bu haqida u Misrning “SVS” sun’iy yo’ldoshli telekanali orqali namoyish etiladigan “Alloh yaxshiroq biladi” dasturida aytib o’tdi.

Sobiq muftiyning so’zlariga ko’ra, musulmonlar tomonidan spirtli ichimliklar sotish “odatiy ish” hisoblanadi. Shuningek u musulmonlarni spirtli maxsulotlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanishlariga ruxsat berdi.

“Musulmonlar spirtli ichimlik sotishlari mumkin, ammo uni iste’mol qila olmaydilar”, – dedi Juma.

Turkiston:

Bu saroy ulamolari Allohning diniga qarshi jur’at qilishda go’yoki bir-birlari bilan musobaqa qilishayotganga o’xshaydilar. Ular egallab turgan mansablaridan ayrilib qolmaslik yoki qo’ldan boy bergan joylarini qayta egallash ilinjida Allohning va Payg’ambarimizning ochiq kelgan, barcha uchun tushinarli bo’lgan hukmlarini ham o’z nafslari, xojalari roziligi yo’lida burib talqin qilishdan tap tortmaydigan bo’lib qolishdi.

Musulmonga aroqni faqatgina iste’mol qilish yoki sotish emas balki bu savdodan tushgan pulni eyishlik ham qati’y harom qilingandir.

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda U zot:

“Alloh taolo aroqni, uni siqqanni va siqtirganni, ichganni, tashiganni va unga yordam berganni, sotganni va sotib olganni, ichuvchiga berganni, ichkilik sotiladigan va tarqatiladigan erlarni, pulini eganni la’natladi” deganlar. (Abu Dovud, Bayhaqiy, Hokim rivoyatlari).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.