O’zbekistonda siyosatga oid fanlar ta’qiqlandi

466
0

O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Alisher Vahabov siyosatga oid fanlar ta’lim tizimidan olib tashlanishi haqida qaror qabul qilinganligini e’lon qildi. Mazkur qarorga ko’ra, O’zbekistondagi o’rta va oliy o’quv yurtlarida siyosatga oid fanlar darsligi o’quv dasturlaridan tamoman olib tashlangan.

Ta’lim tarbiya vazirligi tarafidan chiqarilgan qarorga binoan, universitetlarda bugungi kungacha darslik sifatida o’qitilib kelingan “Siyosat ilmi, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish mafkurasi va amaliy jarayonlar”, darsligidan “Siyosat ilmi”, degan qismi olib tashlangan. Biroq siyosat ilmining uquv dasturlaridan olib tashlanish sabablari qarorda ko’rsatib o’tilmagan.

2013-2014 yillarda siyosiy fanlar bo’yicha universitetlarni bitirgan talabalarga diplom berish bekor qilingan edi. Ammo keyinchalik 2013 yil bitiruvchilariga “siyosat bilimdoni”, degan diplom topshirilgan edi.

Kuzatuvchilarning fikriga ko’ra, O’zbekiston hukumatining “Siyosat ilmi” darsligini bekor qilishiga ushbu darslikning milliy, ya’ni “O’zbek modeli”ni rivojlantirish siyosatiga to’g’ri kemasligi va faqat g’arb tushunchalarini o’z ichiga olganligi sabab qilib ko’rsatilmoqda.

Taniqli o’zbek siyosiy tahlilchisi Farhod Tolibov va O’zbekistondagi bir guruh siyosiy ilmga ega shaxslar “Facebook” ijtimoiy tarmog’i orqali mushtarak ravishda hukumatning mazkur qaroriga o’z noroziliklarini bildirishdi.

Turkiston:

Ustimizdagi mavjud kufr sistemasi BMT tashkiloti vositasida, dunyoning siyosat, iqtisod, ta’lim va harbiy sohalariga taalluqli asosiy tarmoqlarni globallashtirib (markazlashtirib) oldi. Buning bilan ular, dunyoning qaysi mamlakati qaysi tarmoqni rivojlantirishi kerak deb hisoblashsa, o’sha yurt fuqorolarining ta’lim programmalarini ham shu yo’nalishga muvofiq qilib belgilab beradigan bo’lishdi. Bu ishni ular qandaydir rezolyutsiyalarni qabul qilib olish bilan, o’zlari uchun xalqaro qonunlar ko’rinishida sistemalashtirib olishdi.

BMT dunyo ta’lim sistemasini, etakchi katta G’arb davlatlari uchun manfaatli qilib berish amaliyotlarini, YuNYeSKO, YuNISYeF kabi qo’li ostidagi tashkilotlar vositasida shakllantiradi va nazorat olib boradi. Bu missiyani amalga oshirishni mavjud dunyo sistemasi o’zining hayotiy masalasi bo’lgan muhim tarmoqlar safiga qo’shadi. Shuning uchun bu sohadagi olib borilayotgan ishlari uchun muayyan mintaqalarda moliyaviy, siyosiy, harbiy va iqtisodiy sohalaridagi barcha bosim bera olishi mumkin bo’lgan sharoitlarni safarbar qiladi.

Misol sifatida keltirsak: – Kufr sistemasi hatto Saudiya Arabistonidagi islomiy o’quv yurtlari vositasida “takfir” tushunchasini paydo qildi. Buning uchun ular, bu oliygohlardagi va ungacha bo’lgan maktab programmalaridagi ta’lim berish asosini buzib yuborishdi. Ta’lim programmalar, talabalarni to’g’ri sog’lom ijtihodiy usul ilmidan ajratib olish va uning o’rniga nususlardan soxta uslublar bilan, quvvati etishmagan deyarli barcha talaba ijtihod qilishi mumkin bo’lgan buzuq usul qoidalari ishlab chiqishdi. Natijada buzuq ijtihodiy usuli fiqh, kufrning siyosiy manfaatlariga xizmat qilib kelayotgan buzuq tushunchalarini paydo qildi. Yana shuningdek, Suniylar ichida Eronga qarshi muhit paydo qilishda ham, xuddi shu nosog’lom ta’lim programmasi mahsuloti bo’lgan ziyolilar qatlamini vosita qildi. Chunki ularga ta’lim berish programmasi ichida Suniylarni Shi’alarga qarshi nafrat o’yg’otish asosi atayin kiritilgan.

YUNYESKO toshkilotining asosiy vazifasi, agrar sanoatiga yo’naltirilgan mamlakatlardagi ta’lim programmasini faqat agrosanoatni rivojlantirish tomon yo’naltirilishini nazorat qilib turishdan iborat. Oliy g’oyalarni ko’zlab yoki og’ir va engil sanoatni rivojlantirish sari yosh avlodni yo’naltirish asosiga tuzilgan o’quv programmasi, YuNYeSKO bilan kelishilgan holda amalga oshirilmasa, bu mamlakat har tomonlama bosimlar ostida qolib ketadi.

Shuning uchun, kufrga malay bo’lgan Karimov singari ustimizdagi xoin etakchilarimiz, kufrning yuqoridagi uzoq muddatda bizlarni shol holatiga olib kelish asosida olib borilayotgan loihalarini, bevosita amalda tatbiq qilib berishadi. Ular kufrning bu rejalarini tatbiq qilib berishlarida, bir birlari bilan kim o’zarga musobaqa qilayotgandek shijoat bilan ish olib borishadi.

O’zbekistonda Karimov rejimi, fuqorolarni kiril alifbosidan lotin alifbosiga o’tkazib olish bilan, bir qator etakchi siyosiy va ziyoli qatlamni hayotdagi ta’sir darajasini pasaytirib olgan edi. Endi siyosiy ilmlar olish imkoniyatlarini to’sib olib, yangi siyosatchilar etishib chiqishi mumkin bo’lgan muhitni barbod qilmoqchi. Albatta kufr sistemasi asoschilari buning uchun xafa bo’lishmaydi, aksincha…

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.