“Injirlik bazasi yopilsin, AQSh quvib chiqarilsin”, kompaniyasi davom etmoqda

432
0

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limi bir necha kun muqaddam “Injirlik bazasi yopilsin, AQSh quvib chiqarilsin”, nomli kompaniya boshlaganligini e’lon qilib, barcha musulmonlarni ushbu kompaniyani dastaklashga chaqirgan edi. Ummatning dardiga beparvo bo’lmagan Musulmonlar darhol bu chaqiriqqa ijobiy javob berishib, mazkur kompaniyani qo’llab quvvatlashini bildirishdi. Bular orasida ko’zga ko’ringan etakchi shaxslar ham mavjud. “Hür Dava” partiyasi Istambul shu’basining rahbari Erdal Elibuyuk, “Yeni Akit” gazetasining jurnalisti Ahmed Varol, “Kalem-Der” jamiyatining rahbari Ahmed Kalkan, “İmkan-Der” jamiyatining rahbari Murat O’zer va “Global media”ning bosh drektori Hamza Er shular jumlasidan.

“Hür Dava” partiyasining rahbari Erdal Elibuyuk Injirlik havo bazasini AQShga topshirilishini siyosiy qullik sifatida baholadi. Elibuyukka ko’ra, AQSh qaerga kirib borgan bo’lsa, echim o’rniga faqat muammo keltirib chiqargan.

“Biz Amerika Iroqda, Pokistonda nimalar qilganligiga guvoh bo’ldik. U tumshug’ini tiqqan barcha erlarda muammoni hal qilish o’rniga uni battar chigallashtiradi. Shu bois “Injirlik bazasi yopilsin, AQSh quvib chiqarilsin”, kompaniyasini qo’llab quvvatlaymiz”, dedi Elibuyuk.

“Yeni Akit” gazetasining jurnalisti Ahmed Varol AQShning Injirlik havo bazasidan foyladanishiga azaldan qarshi ekanligini bildirdi. Varolning ta’kidlashicha, AQShning maqsadi o’z-o’zidan ma’lum, u IShIDga qarshi urushmayapti. IShID uning uchun bir bahonadir xolos.

“AQSh ham, uning koalitsiyasi ham IShIDga qarshi urushayotgani yo’q. Aslida bu urush Suriyadagi qarshilik harakatini puchga chiqarish va boshi berk ko’chaga kirib qolgan Asad rejimiga yo’l ochish maqsadida amalga oshirilmoqda. So’nggi hodisalarda shuni guvohi bo’ldikki, AQSh Injirlik havo bazasidan IShIDga qarshi emas, Suriyadagi qarshilik harakatiga va tinch fuqarolarga qarshi hujumlarni amalga oshirdi. Shuning uchun Injirlik bazasi yopilsin, AQSh quvib chiqarilsin”, dedi Ahmed Varol.

“Kalem-Der” jamiyatining rahbari Ahmed Kalkan Hizb ut-Tahrir boshlagan kompaniyani chin ko’ngildan qo’llab quvvatlashini bildirdi. Turkiya hukumati G’arb davlatlarini, xususan Amerikani do’st sifatida qabul qilganligini afsus bilan tilga olgan Ahmed Kalkan AQSh Turkiyaga o’zining mustamlakasi sifatida qarashiga urg’u berib o’tdi.

“Afsuski, mamlakatimizdagi bazalar vositasida musulmonlarning ustiga bombalar yog’dirilmoqda. Musulmonlar esa sukut saqlamoqda. Shuning uchun “Amerika bu erlardan daf bo’lsin, harbiy bazalari yopilsin”, degan talabni erkakcha, musulmoncha hayqiriq sifatida baholayman”, dedi Ahmed Kalkan.

Shuningdek, “İmkan-Der” jamiyatining rahbari Murat O’zer AQShning Injirlik havo bazasiga o’rnashib olishi hech qanday shar’iy sababi yo’qligini bildirdi. Murat O’zerga ko’ra, buning iqtisodiy va siyosiy tarafdan manfaati bor, deyish ummatni aldashdan boshqa narsa emas.

“O’zingizga ma’lumki, 1991 yilda boshlangan Ko’rfaz urushi oqibatida Iroqda bir yarim million musulmonlar vahshiylarcha qatl qilindi. Ularni qirg’in qilgan samalyotlar mamlakatimizdagi Konya va Injirlikdagi harbiy bazalardan havoga ko’tarildi. O’sha paytda hokimiyatni egallab turgan siyosatchilar buning evaziga iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni qo’lga kiritish haqida aytishgan edi. Biroq u Turkiyaning iqtisodiga yuz milliardlagan zarar keltirdi. Ko’rinib turganidek, bu bazalarning Turkiya siyosatiga ham, iqtisodiga ham hech qanday foydasi yo’q”, “Xususan Turkiya xalqi bilib qo’yishi kerak bo’lgan haqiqat shuki, 28 tadan ortiq ekanligi aytilayotgan bu bazalar aslida Turkiyani changalda ushlab turish uchun kerakdir. Bu bazalar Turkiyani sovet ittifoqi tahdididan himoya qilish uchun qurilganligi aytalar edi. Hozirgi paytga kelib Sovet ittifoqidan darak ham qolmadi. Shunday ekan, nima uchun bu bazalar hali ham saqlanib turipti? Turkiya halqi va hokimlari bu savolni o’zlariga berishlari kerak. AQShning va mustamlakachi davlatlarning manfaati uchun ochilgan bu urushlarning insoniy va moliyaviy talofatlarini nima uchun bizning musulmon xalqlarimiz to’lamoqda? Bugungacha 350 ming musulmonni vahshiylarcha qatl qilgan Asad rejimiga qarshi ishga solinmagan samalyotlar nima uchun bugunga kelib IShID bahonasida minglagan musulmonlarning qatl qilinishi uchun ishlatilmoqda? Shu bois Injirlik bazasi yopilsin, AQSh quvib chiqarilsin”, deya so’ziga yakun yasadi “İmkan-Der” jamiyatining rahbari.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.