Rossiyadan harbiy yordam

358
0

001

Rossiyada chop etiladigan «Kommersant» gazetasining Rossiya Federatsiyasi Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovga tayanib yozishicha, Rossiya yordam sifatida Qirg’izistonga 1,1 milliard dollarlik harbiy texnika beradi.

Gerasimovning aytishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi balansida turgan texnikalar, jumladan, vertolyotlar, zirxli avtomobillar, o’qotar qurollar va aloqa vositalari Qirg’izistonga etkazib beriladi.

Shuningdek, harbiy yordam Tojikistonga ham ko’rsatiladi. “IRNA” axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Tojikiston parlamentida Rossiyaga qarashli 201 diviyaziyasining Tojikistonda qolish muddatini uzaytirish borasida bitim ratifikatsiya qilingan. Agentlikning bildirishicha, Rossiya harbiylarining Dushanbeda yana 30 yil qolishi ikki davlat mas’ullari tomonidan tasdiqlangan. Kelishuviga ko’ra, 30 yildan keyin tomonlar xohshiga binoan bu muddatni yana 5 yilga o’zaytirish imkoni ham bor.

Ekspertlarning fikricha, Rossiya tomonidan Bishkek va Dushanbega harbiy-texnik yordamning berilishi 2014 yilda NATO qo’shinlarining Afg’onistonni tark etishi bilan bog’liq. Shu tariqa Rossiya mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlash bahonasida amerikalik harbiylarning Markaziy Osiyoda muqim qolishining oldini olmoqchi.

Turkiston:

NATOning Afg’onistonni tark etishi yoki faoliyatini o’zgartirishi, Rossiyani mintaqadagi muammolar girdobiga tortishi mumkin.

AQSh bu ishga erishishda, Rossiyaning siyosiy doirasining zaiflashib, xalqaro siyosiy institutlarining deyarli faoliyati to’htab qolganidan, Putinni siyosiy vaziyatlarga baho berishda o’ta zaifligidan foydalanadi. Bu xato Rossiyaning mintaqadagi vaziyatlarni tartiblashtirish masuliyatini o’z qo’liga olishidan boshlanadi. U NATOni mintaqadagi javobgarligini tark etishiga yo’l bermasligi va o’zi keltirib chiqargan barcha muammolarini bartaraf etishga majburlash uchun xalqaro hamjamiyatni ko’tarishga xarakat qilishi lozim edi.

Lekin yuqorida aytganimizdek, Putin xuddi Suriyada aldanayotganidek M Osiyoda ham noto’g’ri pozitsiyani egalladi. AQSh bir necha manevrlar bilan Rossiyani chalg’itdi. U O’zbekiston orqali chiqib ketishni Rossiya bilan maslaxatlashmay rejalashtirdi. Xarbiy texnikalarni modrnizatsiya (tubdan o’zgartirish) qilishga xarakat qila boshladi. Rossiya yuqoridagi ekspertlar aytishayotgandek, NATOni mintaqada joylashib olishini oldini olishni xarakat markazi qilib olib fikrlay boshladi.

Rossiyaning shu yo’sindagi xarakatlari nimaga olib kelishi mumkin? M Osiyo Afg’oniston bilan birlashib, ikki lagerga bo’linib, Rossiya va AQSh kuchlari tomonidan dastaklanib turuvchi harbiy quvvatlar paydo qilinadi. Bu ishlar Rossiya bilan AQSh o’rtalarida xatto maslaxatlashilgan xolda borishi ham mumkin. Lekin xozirgi vaziyatda AQSh hech narsa yutqazmaydi, aksincha Afg’oniston muammosidan qutuladi. Rossiya esa, o’zini go’yoki xalqaro siyosatda ishtirok etayotgandek ko’rayotgani bilan, shu ishning ortidan xatto ichki parokandalikka uchrashi ham mumkin. Albatta bularning re’jalari vaziyatlarga ko’ra o’zgaruvchan. Vaziyatlar esa, kufr sistemasi ostidan va nazoratidan chiqib, ular tushuna olmaydigan Islom sistemasi asosiga qayta boshladi.

Albatta bu xozircha Suriyada yaqqol ko’rindi, lekin butun dunyoning printsipial pozitsiyalarini tubdan o’zgartirib yubordi. Ular xozirda shu Islom sistemasi asosidagi yo’nalishlarni tarqalishiga qarshi hech qanday chora topa olishmay vaximaga tushishdi. Lekin islomiy fikriy etakchilik asosidagi bu sistema albatta kengayadi. Demak yuqoridagi kabi kufrning bizlarning ustilarimizdagi iflos re’jalari, musulmonlar dunyoning har joyida va har bir xarakatimizda Islomga sistema sifatida qaytishimiz bilan ko’tarilar ekan insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.