O’zbekiston yaqin janglar uchun mo’ljallangan R-73E aviaraketalarini sotib olishni rejalashtirmoqda

604
0

“Buks” kompaniyasi bosh direktori Yuriy Klishin “RIA Novosti”ga bergan irtervyusida ma’lum qilishicha, O’zbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan va yaqin janglar uchun mo’ljallangan R-73E raketalarini sotib olishni rejalashtirmoqda.

“2016 yilda tashkilot raketalar etkazib berish bo’yicha Qozog’iston, O’zbekiston va Kuba bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgan”, – dedi Klishin, ammo tuzilajak shartnomalar tafsilotini ma’lum qilmadi.

Uning so’zlariga ko’ra, sobiq ittifoq hududidagi qariyb barcha mamlakatlar qurolli kuchlarida 20 kilometrgacha balandlikdagi nishonni yo’q qilishga qaratilgan “havo-havo” toifasidagi bu kabi raketalar mavjud.

O’zbekiston ham 2016 yilda Rossiyaning yaqin janglar uchun mo’ljallangan aviatsiya raketalariga ega bo’lishi mumkin.

Uzunligi qariyb uch metr, og’irligi 110 kilogramm “havo-havo” toifasidagi R-73E aviatsiya raketalari 5 metrdan 20 kilometrgacha balandlikda bo’lgan nishonni yo’q qila oladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.