Mahdi Toib: Eron xohlasa 10 soniyada Isroilni yo’q qilishga qodir

549
0

Eron revolyutsion gvardiyachilar armiyasining qo’mondonlaridan biri shiya ruhoniysi Mahdi Toib o’zining bayonotida, Eron hujumga o’tsa 10 soniyada Isroilni yo’q qila olishi mumkinligini olg’a surdi.

Mahdi Toibning bildirishicha, Isroil Eronga atom bomba otadigan bo’lsa, 7 daqiqada Eron hududlariga etib keladi. Ammo Eron davlati Livan janubi, G’azo va G’arbiy qirg’oq tarafidan 10 soniya ichida Isroilning atom inshootlariga zarba berishi mumkin. Natijada yadroviy portlashni yuzaga keltirish orqali Tel-Avivni yo’q qilish 10 soniyada amalga oshadi.

Uzoq yillardan buyon Isroil va AQShga qarshi vajohatli chiqishlari bilan tanilgan Eron G’arb manfaati uchun Suriyada va Iroqda mazhablaro nizo chiqarishda faol ishtirok etib kelayotgani hech kimga sir emas. AQSh va G’arb bilan bitim imzolagandan keyin ham uning Isroilga po’pisa qilishi mintaqa aholisining yana ishonchini qozonishga harakat qilayotganidan darakdir. Hujjat ul-Islom sanalgan Mahdi Toibning “Eron 10 soniyada Isroilni yo’q qilish qudratiga ega”, degan da’vosi “Unda nima uchun Eron shu vaqtgacha Isroilni yo’q qilmadi”, degan savolni yuzaga keltirishi tabiiy.

Isroil va AQShga qarshi gapirishga odatlangan Eron bundan avval maxfiy uchrashuvlar orqali Isroil bilan Qurol yaroq oldi-sotdi qilganligi oshkor bo’lib qolgan edi. Endi esa AQSh, Isroil va boshqa g’arb davlatlari bilan aloqalarini oshkoro tiklagan Eron hukumati Yaman, Suriya, Iroq va Afg’oniston kabi davlatlarda katta notinchliklar yuzaga keltirish rolini o’ynamoqda.

Boshqa bir tarafdan Isroil matbuotida Eronning hech qachon Isroil davlati uchun tahdid bo’lmaganligi haqida maqolalar chop etila boshladi. Isroilning mashhur gazetalaridan biri “Gaarets”ning yozishicha, Eron Isroilning haqiqiy dushmani bo’lmagan. Gazetaga ko’ra, 10 mingdan 25 mingtagacha bo’lgan yahudiylar Eronda tinch, osuda hayot kechirib kelishadi.

“Eronning ortib boryotgan kuchi va yadroviy bitimlar haqida qonuniy savollar berish uchun yaxshigina sabablar mavjud bo’lishi mumkin. Ammo Eron irqchi (nattsist) Germaniya emas”, deya yozadi “Gaarets” gazetasining yozuvchisi Peter Beynart.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.