Hukumat Islom diniga qarshi kurashish orqali xristian dinini yoyilishiga imkon bermoqchimi?

672
0

So’ngi yillarda, ayniqsa Temir Sariev Qirg’iziston bosh vaziri etib tayinlanganidan buyon rasmiy hukumat Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi olib borayotgan kurashini yanada kuchaytirib bormoqda. Rossiya ruxsati va ko’rsatmasi asosida hukumat rahbarligiga kelgan Sariev o’z kuch va g’ayratini mamlakatda chuqur ildiz otgan korruptsiya, qashshoqlik va ishsizlikni bartaraf etishga sarflash o’rniga, Islom dini va uning ko’rinishlarini jamiyatdan surib chiqarishga sarflab kelmoqda. Albatta, Sarievdan ham, prezidentdan ham shunday yo’l tutishlikni Rossiya talab qilib, kerak bo’lsa ularga Islom dini va musulmonlarni yomon ko’rsatish uchun maxsus stsenariylar ham tuzib bermoqda. Ular esa bu ish Qirg’iziston musulmonlari e’tiqodiga mos kelish-kelmasligidan qat’iy nazar bu topshiriqlarni ko’r-ko’rona bajarib kelishmoqda.

Bosh vazirlikka tayinlanganidan so’ng Temir Sariev boshchiligida o’tgan deyarli barcha yig’ilishlarda asosiy mavzu Islom dini va uning ko’rinishlarini jamiyat ichida yoyilishiga yo’l qo’ymaslikka barib taqalmoqda. Jumladan, 2015 yilning 27 iyun kuni bo’lib o’tgan diniy siyosat muhokamasiga bag’ishlangan hukumat yig’ilishida Sariev ichki ishlar vazirligi va milliy xavfsizlik davlat qo’mitasi rahbarlariga diniy o’quv yurtlari va madrasalarni tekshirish vazifasini topshirgan bo’lsa, 16 iyulda bo’lib o’tgan ta’lim masalalari bo’yicha yig’ilishda mamlakatda masjidlar soni oshib borayotganidan xavotirga tushganini ma’lum qilgan edi. 24 iyul kuni Issiqko’l viloyatida bo’lib o’tgan ichki ishlar organlari tezkor xizmat faoliyatining 2015 yil birinchi yarmi yakunlari bo’yicha o’tkazilgan yig’ilishda Temir Sariev, “Qirg’izlar hech qachon hijob va salla kiymaganlar”ini ta’kidlab, “Qirg’iziston hijob va salla kiyganlarga ochiq qarshi chiqishi kerak”ligini alohida qayd etib o’tgan edi.

Prezidentdan tortib Temir Sarievgacha, kuch organlaridan boshlab ta’lim vazirligigacha barcha rasmiylarning asosiy e’tiborlari Islom dini va musulmonlarga qarshi kurashga qaratilgan holda, ularga omonat qilib berilgan o’z fuqarolarini Islom dinidan yuz o’girib xristian diniga kirib ketayotganidan zarracha tashvishga tushishayotgani ham yo’q. Bu muammoni bartaraf etish, o’z fuqarolarini va o’zlarini Allohning azobidan qutqarib qolish haqida o’ylab ham ko’rishayotgani yo’q.

Qirg’iziston musulmonlari diniy boshqarmasi rasmiysi tomonidan o’tgan yili e’lon qilingan ma’lumotda xristian dinini qabul qilgan qirg’izlar soni 15 mingdan oshib ketgani aytilgan edi. Rasmiy hukumat shu vaqtga qadar bu ishga e’tibor qaratmay kelmoqda.

Soqol qo’ygan, hijob kiyib ro’mol o’ragan, jamiyatni halol va haromga rioya qilish, Allohning barcha buyruq va qaytariqlariga amal qilishga da’vat qilayotgan musulmon va muslimalarni qirg’iz urf-odatlariga hiyonat qilganlikda ayblab kelayotgan rasmiy hukumat, o’z dinini sotganlar haqiqiy qirg’iz mentaliteti, qirg’iz urf-odatlariga hiyonat qilganlar ekanligi to’g’risida bir og’iz ham gapirishni lozim topmadi. Holbuki, Prezident ham, Temir Sariev ham Qirg’iziston xalqi ustidan to’la javobgar bo’lib, ertaga Qiyomat kuni o’z raiyati ustidan Allohning oldida javob berishadi. Perzidentlik yoki bosh vazirlik faqatgina amal emas, balki bu – mas’uliyatdir. Qirg’iziston xalqi esa ular uchun omonat bo’lib, bu omonat ustida hisob-kitob bo’lishi muqarrardir.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Ma’qil ibn Yasor roziyallohu anhu aytadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deyayotganlarini eshitdim: “Alloh taolo qaysi bandani bir jamoatga rahbar qilsa-yu, lekin bu kishi jamoatiga xiyonat qilib o’lsa, Alloh taolo unga jannatni harom qiladi”.

Abdurahmon.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.