AQSh Patriotlarini olib chiqib ketmoqchi

408
0

AQSh tashqi ishlar vazirligi Turkiyada joylashtirilgan raketaga qarshi Patriot tuzilmalarini olib chiqib ketishi haqida Turk hukumatiga bildirdi. Bundan avval Germaniya ham Patriotlarini olib chiqib ketishi haqida qaror qabul qilgan edi.

AQSh tashqi ishlar vazirligi tarafidan chiqarilgan bayonotda aytilishicha, agar ehtiyoj tug’iladigan bo’lsa AQSh raketaga qarshi Patriot tuzulmalarini bir hafta ichida Turkiya hududlariga qayta joylashtirishga tayyordir.

“AQShning Patriot batareyalari Nato missiyasining bir qismi sifatida Turkiyaga joylashtirilgan. Kundan kunga ortib borayotgan tahdidlarga qarshi turish va AQSh bilan ittifoqdosh yoki hamkor davlatlarni, jumladan Turkiyani himoya qilish sharti bilan Patriot batareyalari Turkiyadan chiqarilib Amerikaga joylashtiriladi. Turkiya kabi ittifoqdoshlarini himoya qilish uchun AQSh va Nato zimmasiga olgan majburiyatlar boqiydir. Agar raketa mudofaa tizimlariga yana ehtiyoj tug’ilsa AQSh Patriot tuzilmasini va soha mutaxassislarini bir hafta ichida Turkiyaga qayta joylashtirishga tayyordir”, deyiladi AQSh tashqi ishlar vazirligi tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Biroq Nato AQSh va Germaniyaning Turkiyadan Patriot batareyalarini olib chiqib ketish qaroridan xushlanmayapti. Nato mas’uliga ko’ra, Suriyadan keladigan xavf-xatar hali ham davom etmoqda.

“AQSh va Germaniyaning qarorlariga hurmat bilan qaraymiz. Germaniya Suriyadan keladigan raketa tahdidining ozayishi Patriot batareyalarini olib chiqib ketishning asosiy omili ekanligini aytmoqda. AQSh esa Patriot batareyalarini yangilab yana qayta joylashtirishini bildirdi. AQSh va Germaniya o’rnatib qo’ygan Patriotlar turk xalqini Suriyadan keladigan raketalar tahdididan himoya qilishga katta ta’siri bo’ldi. Nato Turkiya bilan birga kuchli qarshilikni vujudga keltirishda va ittifoqning janubiy-sharqiy hududlarini himoya qilishda davom etmoqda”, “Har qanday holatda ham, Suriya raketalarining Turkiya uchun havf tug’dirish ehtimoli oz bo’lsa-da, biroq muxolif kuchlarga qarata otilgan raketalar Turkiyaga kelib tushish havfi mavjud”, dedi nomi oshkor qilinishini istamagan Nato mas’uli.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.