Myanma hukumati Rohinga musulmonlariga qarshi irqiy tozalashdan daromad topmoqda

482
0

Inson huquqini himoya qilish huquq guruhi «Fortify Rights» (uning qarorgohi Bangkokda joylashgan) 7 noyabrda bir qisqacha bayonot tarqatib unda Myanmadagi hukumatning Rohinga musulmonlari bilan savdolashishga va ularni Myanmadagi Rohin viloyatidan qochishga majbur qilishga bosh qo’shganini bildirgan. Guruhning bildirishicha viloyat xavfsizlik kuchlari rejim amalga oshirgan quvg’indan qochayotgan Rohinga musulmonlaridan yoki bu musulmonlarni qayiqlarda dengizga o’tkazib qo’yish bilan bemalol shug’ullanayotgan kontrabandachilardan moliyaviy to’lovlarni yig’ib olishgan. Bu erda hatto Myanma dengiz kuchlari Rohinga musulmonlarini jinoyatchi to’dalar boshqarayotgan odam savdosi kemalariga eltib qo’yish bilan shug’ullanayotganini ko’rsatib turgan hisobotlar ham bor.

Myanma politsiyasi yoki dengiz kuchlari yoki armiya mas’ullari 50dan 100tagacha qochoqni tashiydigan har bir kichik kemadan 500dan 600 dollargacha ishlab olishi mumkin. «Fortify Rights» direktori Metyu Smit buni shunday sharhladi: «Hukumat ma’murlari rohingaliklar hayotini toqat qilib bo’lmaydigan holatga aylantirib ularni qochib ketishga majbur qilibgina qolmay balki ularni qochqinga aylantirishdan pul ham ishlab olishmoqda… Myanma ma’murlari bu regional krizisdan xunuk tarzda daromad olish bilan shug’ullanaverar ekan bu krizis tobora chigal tus olib boraveradi».

Assoshieyted Press agentligi o’nlab Myanma askarlari Bengal ko’rfazida Rohinga musulmonlari bilan to’la kemaga chiqib olib ularni jo’nab ketishlariga ruxsat berishdan oldin ulardan zo’ravonlik bilan pullarni yig’ib olish uchun bu musulmonlarni tayoqlar va temir kaltaklar bilan kaltaklashayotgani haqidagi tafsilotlarni nashr qildi.

Sharh: Myanmadagi vahshiy rejim Rohindagi musulmon birodarlarimizga va opa-singillarimizga qarshi keng doirada amalga oshirayotgan qiynoqlar va quvg’inlar albatta bir jirkanch va juda mahzun qiladigan ishdir, bugina emas balki bu birodarlarimiz va opa-singillarimiz chekayotgan aziyatlar ana shu jinoyatchilar uchun bir pul topadigan manbaga aylanib qoldi. Oxirgi haftalarda Rohinga musulmonlarining qochishi yanada ulkan tus oldi, ular Rohin viloyatidagi uy-joylarini tashlab qochishdi. Rohinga qochoqlari vaziyatini kuzatish guruhi Arakan loyihasiga ko’ra kuniga 900 kishi yuk kemalarida mamlakatni tashlab qochib ketmoqda. Faqat o’tgan uch hafta oralig’ida 14500 rohingalik dengiz orqali Tailandga – oxiri Malayziyaga etib olish umidida – qochib o’tishdi.

2012 yil iyunidan boshlab yuz mingdan ko’proq rohingalik qayiqlarda Myanmani tark etdi, ular buddistlar va ularning rejimi amalga oshirayotgan irqiy zo’ravonlikdan qochib ketishga majbur bo’lishdi. Inson huquqi faollari bu ko’chib ketishni Vetnam urushidan buyon Osiyodagi qayiqlarda eng katta ko’chishlardan biri deb baholashdi. Kontrabandachilar ulardan ko’pini qul qilish va ezib ishlatish sharoitlarida ushlab turishibdi, bu qochoqlar yomon muomala va qiynoqqa to’la hayotdan aziyat chekishmoqda.

Oxirgi paytlarda Rohinga musulmonlarining Myanmadan qochishi yanada ko’paygani sababi qisman ular uchrayotgan qamoqqa olishlar, kaltaklashlar va zo’ravonlarcha hibsda ushlab turishlarga borib taqaladi. Myanma hukumati yurgizayotgan va «Rohin ish rejasi» deb atalayotgan vatanga yangidan qayta joylashtirish siyosati ham Rohinga musulmonlari o’rtasida umidsizlikni yanada oshirayotgan yana bir sabab hisoblanadi. Bu siyosat musulmonlarni o’z yurtini tashlab ketishga majbur qilmoqda. Bu reja davom etayotgan irqiy tozalash kampaniyasining bir qismi hisoblanadi, bu rejani rejim Myanma sohillarida yashaydigan musulmonlarga qarshi amalga oshirmoqda. Bu reja bo’yicha Rohinga musulmonlariga o’zlari va oilalari bu mamlakatda 60 yildan ko’proq vaqtdan beri yashashayotganini isbotlab berishlari shart qilib qo’yiladi. Agar ular yashab qolish uchun etarli dalil keltira olishsa o’shanda ular «fuqarolik»ni qo’lga kiritishadi, bu fuqarolik ularga oddiy fuqarolardan ham ko’ra kam huquqni beradi. Hatto mana shu holatda ham ulardan rohingaliklar sifatidagi o’zliklaridan voz kechishlari talab qilinadi va ular bengaliyaliklar deb ro’yxatdan o’tkaziladi. Bu esa tabiiyki zimdan ularning qo’shni Bangladeshdan kelgan noqonuniy muhojirlar deb hisoblanishlarini anglatadi, bu esa hukumatga keyinchalik ulardan fuqarolikni olib qo’yish va agar hukumat istasa ularni ko’chirib yuborish imkonini beradi. Yashab qolish uchun dalil keltirolmaganlarni yoki «bengaliyaliklar» deb ro’yxatdan o’tishdan bosh tortganlarni esa ko’chirib yuborish yoki chodirli lagerlarga joylashtirish mumkin. Xyuman Rayts Votch tashkiloti bu rejani «eng kamida irqiy kamsitish va doimiy fuqarolikni yo’q qilishdan boshqa narsa emas» deb baholadi. Bularning barchasi olam rahbarlari, jumladan Amerika prezidenti Obama ham shu haftada Myanmada o’tkaziladigan Sharqiy Osiyo sammitiga hozirlik ko’rayotgan bir vaqtda yuz bermoqda.

Bu yil bu sammitga Birma hukumati mezbonlik qiladi. G’arb hukumatlari Iroq va Suriyani hozirda bombardimon qilinishini oqlashga oid rejalarining bir qismi sifatida o’zlarini inson huquqlariga ahamiyat bergan qilib ko’rsatishmoqda. Holbuki ular o’z boshqaruvidagi ozchilik millatlarni qo’rquvga solayotgan, irqiy tozalash kampaniyasida ishtirok etayotgan va quvg’inga uchragan musulmonlarning ommaviy ko’chib ketishidan daromad olayotgan bir vahshiy diktator rejim mezbonlik qilayotgan sammitga hozir bo’lishdan sharmandali tarzda o’zlarini juda baxtiyor his qilishmoqda. Sammitga to’planayotgan bu G’arb hukumatlarining barchasi Myanmadagi rejimning ish yuritishini ma’qullamasliklari haqida zaif bayonotlarni berdi.

Aslida esa bu hukumatlar o’zlarining bu mamlakatdagi yirik moliyaviy investitsiyalarini va strategik manfaatlarini xatarga qo’yishga aniq tayyor emas. Rohingaliklarga qarshi uzluksiz olib borilayotgan bu quvg’in kampaniyasi davomida Qo’shma Shtatlar o’zining bu mamlakat bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirishni davom ettirdi va bu rejimni demokratik islohotlar o’tkazgani sababli, Rohinga musulmonlariga yanada ko’proq quvg’in qilinishdan boshqa narsani olib kelmagan ana shu islohotlar sababli tashqi siyosati muvaffaqiyatga erishgani bilan tabrikladi. Albatta bu dahshatli munofiqlik kapitalistik hukumatlarning inson hayoti va hurmatiga hech qanday e’tibor bermasligini va ularning bor g’ami faqat dollarni hurmat qilishdangina iborat ekanini yana bir bor aniq ko’rsatib turibdi. Bu shuningdek musulmonlarning o’z muammolarini hal qilishda xalqaro hamjamiyatga suyanishlari aslo mumkin emasligini ham ta’kidlab turibdi. Chunki Alloh Subhanahu va Taolo bizga buni O’zining ushbu qavli bilan eslatib turibdi: «Allohdan o’zga «do’stlar»ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o’zi uchun) uy qurib olib, (o’sha uyidan panoh istagan) o’rgimchakka o’xshaydi. Agar ular bilsalar edi albatta uylarning eng nimjoni o’rgimchak uyasidir» [Ankabut 41]

Bundan tashqari rohingalik birodarlarimiz va opa- singillarimiz uchrayotgan bu og’ir vaziyat islomiy olam hokimlarini qandaydir raddiya berishga qo’zg’amadi. Bu hokim to’da bu mazlumlarga yordam bermay, tek turaverish bilangina kifoyalanmay balki hamon chegaralarni yopib olib, bu mazlumlarga qandaydir tinch boshpana berishdan bosh tortib kelmoqda. Bu hokimlar Birmadagi rejim amalga oshirayotgan jirkanch amaliyotlar oqibatida musulmonlarning terrorga uchrayotganini yoki dengizda g’arq bo’lib ketishayotganini ko’rishdan haqiqatdan baxtiyordir. Bo’layotgan bu hodisalarning barchasi rahm-shafqat qilmaydigan bu rejimlarni yo’q qilib Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini tiklashga o’ta muhtojlik borligini eslatib turibdi. Xalifalik quvg’inga uchragan hamma musulmonlarga o’z chegaralarini ochib qo’yadi, ularning yaxshi hayot kechirishlarini ta’minlaydi, o’zining harbiy kuchlarini harakatga keltirib ularning dushmanlariga qilgan jinoyatlari falokatlarini totkizadi.

Manba: Muxtorot jurnali 76-son

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.